Adliya vazirligi qayd etilmagan tug‘ilganlik va o‘lim holatlarini xatlovdan o‘tkazishni boshladi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishShaxsni tasdiqlovchi hujjat
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2024
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘ylab “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Adliya vazirligi qayd etilmagan tug‘ilganlik va o‘lim holatlarini xatlovdan o‘tkazishni boshladi, deya ma’lum qildi vazirlik matbuot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva.
Respublika bo‘ylab “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. U Adliya vazirligi tomonidan 20-martiga qadar davom etadi.

“Aksiya doirasida qayd etilmagan tug‘ilganlik va o‘lim holatlari respublika miqyosida xatlovdan o‘tkaziladi, fuqarolarning ushbu turdagi murojaatlari joylardagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali tezkorlik bilan qabul qilinadi, shuningdek, sayyor qabullar tashkil etiladi”, - deb yozadi O‘rinboyeva o‘zining Telegram-kanalida.

Adliya vazirligi ota-onalarni farzandiga kino qaxramonlarining ismini qo‘ymaslikka chaqirdi
Aksiya ishtirokchilarining tug‘ilganligi qayd etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi. Yaqin qarindoshlarining o‘limi qayd etilib, guvohnoma (ma’lumotnoma)lar beriladi.
Tug‘ilish yoki o‘lim haqidagi faktlarni belgilash yuzasidan sudlarga arizalar kiritiladi va sud hujjati asosida tug‘ilish (o‘lim) qayd etib beriladi. Tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘maklashiladi.
Shuningdek, ko‘chmas mulklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga vakolatli organlar bilan birgalikda amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Noutbuk. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
O‘zbekiston fuqaroligiga talabgorlar uchun yangi xizmat ishga tushiriladi
Yangiliklar lentasi
0