https://oz.sputniknews.uz/20230815/ozbekiston-fuqaroligi-talabgorlar-yangi-xizmat-37885066.html
O‘zbekiston fuqaroligiga talabgorlar uchun yangi xizmat ishga tushiriladi
O‘zbekiston fuqaroligiga talabgorlar uchun yangi xizmat ishga tushiriladi
Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida"gi qonunning 19 va 20-moddalarida mamlakat fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsdan davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilish talab etilishi belgilab qo‘yilgan.
2023-08-15T18:28+0500
2023-08-15T18:28+0500
2023-08-15T18:28+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekiston fuqaroligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1d/36420073_0:77:3072:1805_1920x0_80_0_0_5287abf8f96adfad747f9b991b324abd.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Hukumat qarori bilan O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.Ichki ishlar vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda bu imkoniyatni yaratishi kerak.“Elektron xukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali zarur hujjatlarni mas’ul davlat organlari va tashkilotlardan so‘rab olish hamda davlat tilini bilish to‘g‘risidagi malaka sertifikatini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlagan holda elektron tarzda berish tizimi joriy etiladi.Bundan tashqari, talabgorlar hududiy imtihon komissiyasining davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.Apellyatsiya imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali beriladi.Bunday holda, imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida apellyatsiya imtihoni o‘tkaziladi, uning natijasida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:- apellyatsiya qanoatlantirilishini rad etish;- sinov imtihoni natijalarini o‘zgartirish va apellyatsiyani qanoatlantirish;- sinov imtihon natijalarini bekor qilish va takroriy imtihon tayinlash.Talabgor Apellyatsiya komissiyasining qarori ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin."O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida"gi qonunning 19 va 20-moddalarida mamlakat fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsdan davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilish talab etilishi belgilab qo‘yilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1d/36420073_392:83:2713:1823_1920x0_80_0_0_24aad5aebfa818b734f750106adf9555.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston fuqaroligi talabgorlar talablar qonun fukaroligini olish
o‘zbekiston fuqaroligi talabgorlar talablar qonun fukaroligini olish
O‘zbekiston fuqaroligiga talabgorlar uchun yangi xizmat ishga tushiriladi
Talabgorlar davlat xizmatlari portali orqali o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash uchun ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Hukumat qarori bilan O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar
kiritildi. Chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolikni olishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
Ichki ishlar vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda bu imkoniyatni yaratishi kerak.
“Elektron xukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali zarur hujjatlarni mas’ul davlat organlari va tashkilotlardan so‘rab olish hamda davlat tilini bilish to‘g‘risidagi malaka sertifikatini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlagan holda elektron tarzda berish tizimi joriy etiladi.
Bundan tashqari, talabgorlar hududiy imtihon komissiyasining davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
Apellyatsiya imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali beriladi.
Bunday holda, imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida apellyatsiya imtihoni o‘tkaziladi, uning natijasida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
- apellyatsiya qanoatlantirilishini rad etish;
- sinov imtihoni natijalarini o‘zgartirish va apellyatsiyani qanoatlantirish;
- sinov imtihon natijalarini bekor qilish va takroriy imtihon tayinlash.
Talabgor Apellyatsiya komissiyasining qarori ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
"O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida"gi
qonunning 19 va 20-moddalarida mamlakat fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsdan
davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilish talab etilishi belgilab qo‘yilgan.