Suriya prezidenti Bashar Asad Kremlda Putin bilan uchrashdi

© POOL / Mediabankka o‘tishPeregovori prezidenta RF V. Putina s prezidentom Sirii B. Asadom
Peregovori prezidenta RF V. Putina s prezidentom Sirii B. Asadom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2023
Obuna bo‘lish
Suriya prezidenti Bashar Asad Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashib unga Suriya xalqi nomidan minnatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Suriya prezidenti Bashar Asad amaliy tashrif bilan Moskvaga keldi, RIA Novosti xabariga asosan.
Suriya yetakchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Suriyada sodir bo‘lgan yer qimirlashi oqibatlarini bartaraf etishda ko‘rsatgan yordami uchun Suriya xalqi nomidan minnatdorlik bildirdi.

"Birinchidan, men sizga va Rossiya Federatsiyasining zilzilalar oqibatlarini bartaraf etishda yordam bergan barcha vazirliklarga Suriya xalqi nomidan "Spasibo" (rahmat) so‘zini yetkazmoqchiman. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi, uning ekipajlari, barcha yaradorlarni evakuatsiya qilishda bevosita ishtirok etgan harbiylariga”, — dedi Asad Putin bilan muzokaralar chog‘ida.

Rossiya prezidenti ham Suriya jiddiy sinovlarga duch kelganini va Rossiya uning haqiqiy do‘sti ekanini ta’kidladi.
"Suriya xalqi yana bir o‘ta jiddiy muammo, falokat, zilzila bilan yuzma-yuz turibdi. Bu, albatta, vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Biz haqiqiy do‘stlar sifatida sizlarni, o‘zingizga ma’lumki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi bo‘linmalarimizni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqdamiz. Suriyadagi qurolli kuchlar vakillari ham zilzila oqibatlariga qarshi kurashga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadagi hal qiluvchi hissasi tufayli terrorizmga qarshi kurashda sezilarli natijalarga erishildi. Bu ijtimoiy-iqtisodiy va ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish imkonini beradi", - dedi Putin.
Suriya prezidenti Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
“Men hozirdan unumli foydalanmoqchiman, chunki bu mening maxsus operatsiyadan keyingi birinchi tashrifim va Suriyaning maxsus operatsiyani qo‘llab-quvvatlash pozitsiyasini takrorlamoqchiman”, — dedi Suriya prezidenti.
Undan so‘ng, Asad Rossiyaning xalqaro maydondagi mustahkam pozitsiyasi va Suriyadagi terrorizmga qarshi kurashdagi yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Sizga qat’iy pozitsiyangiz, Rossiya Federatsiyasining xalqaro maydondagi mustahkam pozitsiyasi uchun Suriya xalqiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu Suriya Arab Respublikasi suvereniteti va uning birligidan kelib chiqadigan pozitsiyadir.", - dedi u.
Suriya prezidenti tashrifi doirasida ikki davlat qator vazirliklari uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya tomonidan mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, moliya vaziri Anton Siluanov, qurilish vaziri Irek Fayzullin, prezidentning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0