https://oz.sputniknews.uz/20230305/bola-tunda-tishlarini-nega-gichirlatadi-32668110.html
Bola tunda tishlarini nega g‘ichirlatadi?
Bola tunda tishlarini nega g‘ichirlatadi?
Sputnik O‘zbekiston
Tishlarni beixtiyor g‘ichirlatish tibbiyotda bruksizm deb ataladi. Kichik yoshdagi bolalarda ushbu holat asosan tunda, uxlayotgan paytda kuzatiladi.
2023-03-05T22:30+0500
2023-03-05T22:30+0500
2023-03-06T11:59+0500
bu qiziq
bola
salomatlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/14/26365693_0:607:2225:1859_1920x0_80_0_0_e72677409b10a232cacfbf6b90be79db.jpg.webp
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Ba’zi bolalar tungi uyquda tez-tez tishlarini g‘ichirlatadi. Bu qanchalik xavfli? Ushbu holatga qanday omillar sabab bo‘ladi? Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Dinara Do‘stmuhammedova shu haqda ma’lumot berdi.Qayd etilishicha, bruksizm bola organizmida sodir bo‘ladigan ayrim jarayonlar sababli yuzaga kelishi mumkin. Xususan, chaqaloqlarda tish chiqishi, kuchli asabiylik, burun bitishi, tepa va pastki tishlar bir-biriga noto‘g‘ri birikishi, mavsumiy allergik xastaliklar, O‘RVI, gripp kabi nafas olish yo‘llari infeksiyalari, vitamin va minerallar yetishmasligi, maktab yoshidagi bolalarda dars yuklamalari va baholar haqida tashvishlanish bruksizmga sabab bo‘lishi mumkin.Mutaxassisga ko‘ra, ko‘pchilik ota-onalar farzandi organizmidagi turli parazitlarni tish g‘ichirlatish sababi deb o‘ylaydi. Biroq o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ularning bir-biriga bog‘liqligi aniqlanmagan.Ta’kidlanishicha, shu sababli bolani kechiktirmay pediatr yoki stomatolog shifokor ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Agar bruksizm stress yoki yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlik natijasida kelib chiqayotgan bo‘lsa, psixolog yoki nevropatolog maslahati zarur bo‘ladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/14/26365693_0:379:2225:2048_1920x0_80_0_0_c7e9952571418adacd958d24d0ee8e89.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bola salomatlik
Bola tunda tishlarini nega g‘ichirlatadi?
22:30 05.03.2023 (yangilandi: 11:59 06.03.2023) Tishlarni beixtiyor g‘ichirlatish tibbiyotda bruksizm deb ataladi. Kichik yoshdagi bolalarda ushbu holat asosan tunda, uxlayotgan paytda kuzatiladi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Ba’zi bolalar tungi uyquda tez-tez tishlarini g‘ichirlatadi. Bu qanchalik xavfli? Ushbu holatga qanday omillar sabab bo‘ladi? Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Dinara Do‘stmuhammedova shu haqda
ma’lumot berdi. “Tishlarni beixtiyor g‘ichirlatish tibbiyotda bruksizm deb ataladi. Kichik yoshdagi bolalarda ushbu holat asosan tunda, uxlayotgan paytda kuzatiladi. Odatda u juda qisqa vaqt, ya’ni 10-15 soniya davom etadi. Bola o‘smir yoshga yetgach, bu holat o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. O‘smirlar va kattalarda esa tish g‘ichirlatish deyarli uchramaydi”, - deydi mutaxassis.
Qayd etilishicha, bruksizm bola organizmida sodir bo‘ladigan ayrim jarayonlar sababli yuzaga kelishi mumkin. Xususan, chaqaloqlarda tish chiqishi, kuchli asabiylik, burun bitishi, tepa va pastki tishlar bir-biriga noto‘g‘ri birikishi, mavsumiy allergik xastaliklar, O‘RVI, gripp kabi nafas olish yo‘llari infeksiyalari, vitamin va minerallar yetishmasligi, maktab yoshidagi bolalarda dars yuklamalari va baholar haqida tashvishlanish bruksizmga sabab bo‘lishi mumkin.
Mutaxassisga ko‘ra, ko‘pchilik ota-onalar farzandi organizmidagi turli parazitlarni tish g‘ichirlatish sababi deb o‘ylaydi. Biroq o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ularning bir-biriga bog‘liqligi aniqlanmagan.
Tunda tishlarini g‘ichirlatadigan bolalarda ko‘pincha bosh og‘rig‘i, lohaslik, uyquchanlik, injiqlik va yig‘loqilik, notinch uyqu, quloqlar bitishi kabi salbiy alomatlar kuzatiladi. Agar bu holat o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, tishlar yemirilishi, tezda chirishi, nutqiy buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, shu sababli bolani kechiktirmay pediatr yoki stomatolog shifokor ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Agar bruksizm stress yoki yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlik natijasida kelib chiqayotgan bo‘lsa, psixolog yoki nevropatolog maslahati zarur bo‘ladi.