Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil gosudarstvennim vizitom v Bishkek. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi 26-27 yanvar kunlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bishkekda Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumi boshlandi

© PulatovQirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumi
Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna bo‘lish
Forum doirasida taxminan 100 million dollarlik hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Bishkekda Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumi boshlandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Tadbir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatga davlat tashrifi arafasida bo‘lib o‘tmoqda.
Forumda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov, O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov va iqtisodiyot va sarmoya sohasidagi boshqa davlat tuzilmalari vakillarining chiqishlari rejalashtirilgan.
Qirg‘iziston rasmiylari mamlakatning sarmoyaviy salohiyati haqida videorolik taqdim etadi va O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi faoliyati haqida so‘z yuritishadi.
Taxminan 100 million dollarlik hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Tadbirning ochilish va hujjatlar imzolanish marosimidan so‘ng “Iqtisodiy hamkorlik istiqbollari”, “Ishbilarmon hamkorlik va eksport” mavzularida yalpi majlislar, shuningdek, “Mintaqaviy integratsiya va iqtisodiy rivojlanish” mavzularida davra suhbati o‘tkaziladi.
Kunning ikkinchi yarmida B2B uchrashuvlari va Qirg‘iziston-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 11 oyi davomida, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 500 million dollardan oshdi. Ayni ko‘rsatkichni 2 milliard dollargacha oshirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0