Toshkent xalqaro kinofestivalida 150 ta jahon filmlari namoyish etiladi
© Sputnikpress-konferensiya, posvashennaya startu XIV Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya "Jemchujina shelkovogo puti"
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Kinofestival doirasida Xiva, Buxoro, Samarqand va Nukusda afsonaviy o‘zbek filmlari taqdimoti tashkil etiladi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. "Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida 150 ta jahon filmlari namoyish etiladi. Bu haqda kinofestivalga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
© Sputnikpress-konferensiya, posvashennaya startu XIV Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya "Jemchujina shelkovogo puti"
press-konferensiya, posvashennaya startu XIV Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya "Jemchujina shelkovogo puti"
© Sputnik
Xalqaro tadbir doirasida jahonning 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlari namoyish etiladi. "Jahon kino kunlari" doirasida esa Osiyo, Amerika va Yevropaning 22 ta davlati o‘zlarining eng yaxshi filmlarini namoyish etadi.
Ular orasida Rossiya, Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Italiya, Turkmaniston, Turkiya, Fransiya, Estoniya, Janubiy Koreya va boshqalar bor.
“Yangi O‘zbekistonda yaratilgan shart-sharoitlar jahonga mashhur kinoijodkorlar bilan hamkorlikda salmoqli xalqaro loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishiga ishonamiz,” – deydi XIV Toshkent xalqaro kinofestivali Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.
© Sputnikpress-konferensiya, posvashennaya startu XIV Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya "Jemchujina shelkovogo puti"
press-konferensiya, posvashennaya startu XIV Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya "Jemchujina shelkovogo puti"
© Sputnik
Shuningdek, kinofestival doirasida Xiva, Buxoro, Samarqand va Nukusda afsonaviy o‘zbek filmlari taqdimoti tashkil etiladi. Jami 60 dan ortiq film va 80 dan ortiq multfilmlar namoyish etiladi.
"O‘zbek kinematografiyasining yuz durdonasi" dasturidan "Oq laylaklar, oppoq laylaklar", "Toshkent – non shahri", "G‘o‘r yoshligim", "Nafosat", "Tohir va Zuhra", "Mahallada duv-duv gap", "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "O‘tgan kunlar", "Inson qushlar ortidan boradi" kabi milliy filmlarning oltin to‘plami o‘rin olgan.
“Ko‘pchilik xorijiy produserlar O‘zbekistonda film olish uchun mamlakatdagi lokatsiyalarni, chiroyli tabiatni ko‘rib rozilik berishmoqda. Hozirda qo‘shma loyihalar uchun 25 million yevro miqdorida mablag‘ ajratilgan”, - dedi "O‘zbekfilm" kinokonserni direktori Bahodir Adilov.
Shuningdek, kinofestivalda "ShHT mamlakatlari kino kunlari", "Hujjatli filmlar kunlari", "Retro kino kunlari", "O‘zbekiston kino kunlari", Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti ("TURKSOY") kinoforumi, "MDH mamlakatlari milliy kinostudiyalari rahbarlarining uchrashuvi" bo‘lib o‘tadi. Jahon yulduzlari ishtirokida ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent kinofestivali kinofestival 13-18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unga dunyoning 40 dan ortiq davlatidan 500 ga yaqin aktor va aktrisalar, rejissor va operatorlar, produser va kinotanqidchilar, kinoshunoslar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.