Mirziyoyev Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi - tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Obuna bo‘lish
Muzokaralar chog‘ida sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish va jarayonlarni raqamlashtirishga doir dastur va loyihalarda XMKning ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-sentabr kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi boshqaruvchi direktori Maxtar Diop boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv avvalida davlat rahbari tarkibida XMK ham faoliyat ko‘rsatuvchi Jahon banki guruhi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanayotgani va strategik sheriklik mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidladi.
Ochiq va konstruktiv muloqot, hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga o‘zaro intilishi tufayli O‘zbekistonda Jahon banki ishtirokidagi qo‘shma loyihalarning portfeli 5 milliard dollarga yetgan hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha ustuvor sohalari va tarmoqlarini qamrab olgan.
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2020
ITB O‘zbekistonda 509,2 mln dollarlik loyihalarni moliyalashtirishni ma’qulladi
2016 yilda respublikada XMK faoliyati qayta tiklandi. O‘tgan davrda Korporatsiya amaliyotlarining hajmi uch barobar ortib, qariyb 200 million dollarni tashkil etdi.
Bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, transport sohasini modernizatsiya qilish, bank sektorini transformatsiya qilish, mikromoliyalash institutlarini isloh qilish, to‘qimachilik tarmog‘iga xalqaro standartlarni joriy etish va boshqa yo‘nalishlarda muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.
Muzokaralar chog‘ida sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish va jarayonlarni raqamlashtirishga doir dastur va loyihalarda XMKning ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik sohasida, biznesni moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini, davlat korxonalarini xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirishdagi ilg‘or tajribani joriy etish borasida hamkorlik qilish, shuningdek, O‘zbekistonda "yashil texnologiyalar"ni tatbiq etish, shu jumladan energetika va qishloq xo‘jaligidagi innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash muhim ekani ta’kidlandi.
Qo‘shma "yo‘l xarita"sini tayyorlash va muntazam ekspertlik uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0