G‘arb tashvishga tushgan: toliblar AQSh iqtisodiyotini bir yoqlik qilishlari mumkin

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Afganistane posle smeni vlasti
Situatsiya v Afganistane posle smeni vlasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Ilgari dollar 1975-yilda AQSh Vyetnamdan ketayotgan paytda jiddiy shikastlangandi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Irina Badmayeva. Dollarning galdagi barbod bo‘lishi bashorat qilindi. Bu safar “afg‘on omili” tufayli. Ilgari xavotirli prognozlar uchun AQSh iqtisodiyotning beqarorligi sabab edi: davlat qarzining oshishi va trillionlab mablag‘lar quyilishi. Toliblar dunyo dedollarizatsiyasini tezlashtiradimi – RIA Novosti o‘rgandi.

Galdagi qulash

“Goldman Sachs Asset Management” sobiq raisi va Buyuk Britaniyaning sobiq moliya vaziri Jim O’Nill amerika pul birligi taqdiridan xavotir bildirmoqda. U yetakchilik qo‘ldan boy berilgan deb hisoblaydi. Boz ustiga jahon valyutasi maqomi ham savol ostida. Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarining shoshilinch olib chiqib ketilishi vaziyatni faqat yomonlashtirapti.
Dollar 1975-yilda AQSh Vyetnamdan ketayotgan paytda jiddiy shikastlangandi. Biroq Yaponiya, Germaniya va Xitoy kursning sezilarli o‘zgarmasligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘llaridan kelganini qilishdi. Pekin moliya bozorlarinida yuan ishtirokini kengaytirishdan bosh tortgan – ichki va xalqaro bozorlarda.
Hozir o‘yin qoidalari boshqacha. Iqtisodiy o‘sish drayveri Osiyo tomon ko‘chmoqda. Bu yerda aynan XXR ustunlik qilmoqda. O‘tgan asr o‘rtasidan xitoyliklar jahon YaIMda ulushlarini to‘rt baravarga ko‘tarishdi, deyarli 20 foizgacha. AQShniki esa 24.
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2021
Rubl – dunyoning eng kam baholangan valyutalaridan biri
Xalqaro valyuta jamg‘armasi SDR savatini qayta ko‘rib chiqmoqda.Agar yuan mustahkamlansa, jahon moliya tizimi o‘zgaradi, deydi Jim O’Nill.
Yevropa markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda xalqaro zaxiralardagi amerika valyutasi ulushi 61,7 foizgacha qulagan – 20-yil ichidagi minimum. O‘tgan yili 60 dan pastga tushdi – bu 1995 yidan buyon ilk holat.
AQSh monetar hukumatining ham bunda qo‘li bor. Pandemiya avj olgan paytda pul ishlab chiqaruvchi uskunalarni bor quvvati bilan ishlatishdi. Iqtisodiyotga trillionlar kiritishdi. Inflatsiya 5,4 foizga yetardi – 13 ichidagi maksimum.
Dollar sur’atini hozir “bir qadam oldinga, ikki qadam ortga” sifatida ta’riflash mumkin, shu bois xavotirli prognozlar muntazam paydo bo‘lib turibdi. Kobuldan o‘ng‘aymagan evakuatsiyani amalga oshirish – yana bir ortiqcha sabab.
Afg‘onistonda ro‘y berayotganlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xatarlari yo‘q, deb o‘ylashadi aksariyat iqtisodchilar. Bu mamlakatning jahon iqtisodiyotiga ta’siri sariq chaqachalik. Raqobatchilar esa amerika valyutasini jiddiy siqib chiqara olmaydilar.
“Yaponiya – iqtisodiy va harbiy-siyosiy ma’nolarda AQShning dumi. Mustaqil hech qanaqa chora ko‘rmaydi. Hatto vashington bilan munosabatlari yomonlashgan Xitoy ham avvalgidek amerika bozoriga tobe. Pekin vaziyat keskinlashtirmaydi”, - deb hisoblaydi RUDN iqtisodiyot fakulteti dotsenti Vladimir Grigoryev.
Nyu-Yorkskaya fondovaya birja, raspolojennaya na ulitse Uoll-Strit. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Qaytmas nuqtaga yetishdi: tahlilchilarning AQSh iqtisodiyotidan hafsalasi pir bo‘ldi
Dollar harbiy-siyosiy kuch, texnologik yetakchilik va moliyaviy manipulyatsiyalar evaziga bardosh beradi.
Asosiy muammolardan biri – pul massasining o‘sishi. Lekin barcha ta’sir ko‘rsatish dastaklari AQSh Federal zaxira tizimining qo‘lida. Regulyator yil oxiriga qadar keskin siyosatga o‘tishi mumkin: asosiy stavkani ko‘taradi va bu milliy valyutani mustahkamlaydi.
Buning dalili allaqachon bor: 18-avgust kuni FZT qo‘mita yig‘ilishi bayonnomasini chop qildi. Investorlar unda o‘zlari izlagan narsani topishdi: pul ishlab chiqaruvi uskunani to‘xtatishadi. Bozor bu noyabrda ro‘y berishiga umid qilmoqda.
2022 yilda esa stavka ko‘tarilishi kutilmoqda va bu ham dollarni qo‘llaydi.
Yagona qulashi mumkin bo‘lgan ssenariy –agar AQSh yana bir katta va qimmatli urushga boshini suqsa. Biroq Oq uy aynan bu ssenariydan qochmoqda.

Dollarsiz hech qayoqqa

Mana bir necha o‘n yildirki dollarni moliya maydonidan siqib chiqarishga urinishmoqda. Yevro va dollar ulushi xalqaro operatsiyalarda haqiqatdan asta-sekinlik bilan oshmoqda. Lekin unutmaslik kerakki, YeI va XXR asosan eksport qiladi, AQSh esa ularning asosiy sotish bozori.
Boz ustiga Yevropa pandemiyadan keyin sekinroq va og‘irroq qayta tiklanmoqda. “Yumshoqlik va turli xillik xalaqit berapti. Germaniya, Fransiya, Avstriyadan tashqari boshqa mamlakatlar ham bor. Agar Janubiy Yevropa loaqal mehnatning umumevropa taqsimlanishida ishtirok etsa, Shimoliy va Boltiqbo‘yi, Chexiyadan tashqari, butun mintaqani pastga tortuvchi iqtisodiy daxmaza. Tan olish kerakki, yevro dollardan keyin eng kuchli valyuta”, - deydi Vladimir Grigoryev.
Zalivka nefteproduktov v tankeri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2020
Xitoy AQShni neftni qayta ishlashda siqib chiqardi: bundan Rossiya yutadimi?
Dunyoda Amerikanidan keyingi ikkichi iqtisodiyot – Xitoyniki. Shunga qaramasdan yuan global savdo-sotiqda unchalik ommabop emas, deb qo‘shimcha qiladi mustaqil moliya maslahatchisi Anna Xarchenko.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning markaziy banklari zaxiralarida 11,1 trillion dollarga teng keladigan pul massasi saqlanadi. Ulardan olti trillionga yaqini dollarda, atigi 2,3 yevroda saqlanadi.
“Mablag‘larni saqlashda aynan dollarni hamisha tanlashadi. Ayniqsa, Rossiyada. 2014-yildan rubl amerika valyutasiga nisbatan ikki yarim baravarga arzonlashdi. Pandemiya boshlanishi bilan qulash – 25 foiz atrofida”, - deydi Moliyalarni boshqarish oliy maktabining tahliliy tadqiqotlar bo‘limi rahbari Mixail Kogan.
Ammo xatarni kamaytirish uchun tuxumlarni bitta savatga joylashtirish yaramaydi. Diversifikatsiya qiling, deb maslahat berishadi tahlilchilar. Boz ustiga valyuta kapitalni ko‘paytirmadi. Yuqori inflatsiya va past stavka foizlarini inobatga olib zarar ko‘rish osonligini anglash qiyin emas.
Iqtisodchilar ortiqcha mablag‘larni aktivlarga yo‘naltirishni tavsiya qilishmoqda: aksiyalar, obligatsiyalar, ko‘chmas mulk. Yil oxiriga qadar dollar, hoynahoy, 73-80 rubl atrofida bo‘ladi. Yevro kursi – 1,13-1,14. Bozorga moliyaviy yangiliklarni tarqatishda davom etishadi. Shubhasiz, dunyodagi epidemologik vaziyatni ham.
Kupura, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Rossiya dollardan voz kechishi uchun necha yil kerak bo‘ladi – ekspert javobi
Yangiliklar lentasi
0