https://oz.sputniknews.uz/20210803/rubl--dunyoning-eng-kam-baholangan-valyutalaridan-biri-19933031.html
Rubl – dunyoning eng kam baholangan valyutalaridan biri
Rubl – dunyoning eng kam baholangan valyutalaridan biri
Sputnik O‘zbekiston
"Bikmak indeksi"ga ko‘ra, bir dollar 30 rubl turishi kerak. Shu fikr to‘g‘rimi? Dollar aslida necha pul turishi kerak? 03.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-03T17:53+0500
2021-08-03T17:53+0500
2023-04-05T18:34+0500
kolumnistlar
dollar
aqsh dollari
rubl
iqtisod
valyuta kurslari
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18801950_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_14e1d8e807d73c906ca5199222cb60a4.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Amerikalik iqtisodchilar hisob-kitobiga ko‘ra, bir dollar aslida 30 rubl turishi kerak. Bu 2013-yilga qaraganda kamroq. Hamma gap “Bigmak indeksida”Iqtisodchi haziliRossiya rubli dunyoning eng kam baholangan valyutalaridan biridir. Undan kam qadrlangan valyuta faqat Livan funtidir. Iqtisodchilar bunday xulosaga “Bigmak indeksi”ga asosan kelishgan. Unga ko‘ra, burger dunyoning barcha mamlakatlarida bir xil baholanishi kerak. Qayerda burger AQShdan ko‘ra arzonroq bo‘lsa, demak u yerning valyutasi kam baholangan va aksincha.Ushbu mantiqqa asosan dunyoda to‘rtta valyuta keragidan ortiqcha baholangan ekan. Ular Venesuela (-47%) bolivari, Shveysariya franki (+24%), Norvegiya va Shvetsiya kronalari (-11%, - 9%)“Bigmak indeksi”ni 1986-yilda The Economist jurnali tomonidan hazil tariqasida o‘ylab topilgan edi. Iqtisodchilar xulosasiga ko‘ra, bu valyutalar nomasmiy paritetini aniqlashning eng oson uslubi bo‘lgan: ikki valyutaning bir-biriga nisbatan qiymatini o‘xshash tovarlar narxi orqali aniqlash. Keyinchalik “Bikmak indeksi” hazil toifasidan chiqish chinakam baholash toifasiga o‘tdi. Va uniyil davomida 2 marotaba hisoblab boriladi.O‘xshash tovar sifatida Makdonalds restoranining gamburgeri tanlangan, chunki u deyarli barcha mamlakatlarda sotiladi. Asosiysi – gamburger dunyoning barcha mamlakatlarida deyarli bir xil: non, pishloq, qiyma go‘sht va sabzavotlardan iborat.So‘nggi reytinglarga ko‘ra, bigmak AQShdan ko‘ra arzonroq bo‘lgan mamlakatlar – avstraliya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Ozarbayjon, Turkiya, Janubiy Afrika.Ommabop lekin obyektiv emasRossiya rublining kam baholangani haqida ko‘p yillardan beri gapirib kelinadi. Bigmak indeksiga ta’sir qiluvchi omillar ham juda ko‘p. Masalan ijara narxlari va maoshlar turli davlatlarda turlicha.Undan tashqari burger narxini McDonald's kompaniyasi mahalliy aholi daromadi hamda xaridorlrik imkoniyaitga qarab belgilaydi. Undan tashqari, burger narxiga raqobat va soliqlar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham “bigmak indeksi” obyektiv emas.Uning o‘rniga boshqa tovarlardan foydalansa ham bo‘ladi. Masalan eng kerakli mahsulotlar, xom-ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar to‘plami narxlarini solishtirish orqali. Ularning narxini bozor shakllantiradi, qandaydir yagona xususiy korxona emas.Gap bigmakda emasMilliy valyuta kursini mamlakat to‘lov balansining uzoq muddatli dinamikasi belgilaydi. Undan tashqari valyuta kursiga mamlakatdagi pul massasi va inflyatsiya ham ta’sir qiladi. Shuningdek harbir davlatning Markaziy Banki o‘ziga xos pul-kredit siyosati olib boradi va mamalkatda aylanayotgan pul miqdorini nazorat ustida ushlab turadi.Valyuta kurslariga shuningdek bozor ishtirokchilarining kutishlari, xalqaro sanksiyalar ham ta’sir qiladi. Ayniqsa sanksiyalarning Rossiya rubliga jiddiy ta’siri yaqqol sezilgan.CMS Institutening iqtisodiy va moliya bo‘limi xodimi Nikolay Pereslavskiy aytishiga ko‘ra, so‘nggi 7-yil davomida Rossiyaga rubliga geosiyosat jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar va neft narxining tushib ketishi Rossiya rublining qadrini 2 baravar tushirib yubordi. Sanksiyaldar bo‘lmaganda hozir Rossiya rubli kamida 1,5 baravar qimmatroq bo‘lardi.NIma bo‘lganda ham yil oxiriga qadar dollar kursi 70dan pastga tushishi amri mahol. Kurs 73-77 o‘rtasida bo‘lish ehtimoli yuqori. Lekin siyosiy xatarlar tufayli 80dan ham oshib ketish ehtimoli ham bor, deydi iqtisodchi. Yevro esa – 85-90 o‘rtasida bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20190407/Neft-dollar-tizimi-bir-kunda-ulashi-mumkin---Reuters--11166963.html
https://oz.sputniknews.uz/20210727/aqsh-moliya-vaziri-defolt-xavfi-haqida-ogohlantirdi-19843711.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18801950_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fa059cf2c9949421a13540b3bd116acd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolumnistlar, dollar, aqsh dollari, rubl, iqtisod, valyuta kurslari, rossiya
kolumnistlar, dollar, aqsh dollari, rubl, iqtisod, valyuta kurslari, rossiya
Rubl – dunyoning eng kam baholangan valyutalaridan biri
17:53 03.08.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) "Bikmak indeksi"ga ko‘ra, bir dollar 30 rubl turishi kerak. Shu fikr to‘g‘rimi? Dollar aslida necha pul turishi kerak?
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Amerikalik iqtisodchilar hisob-kitobiga ko‘ra, bir dollar aslida 30 rubl turishi kerak. Bu 2013-yilga qaraganda kamroq. Hamma gap “Bigmak indeksida”
Rossiya rubli dunyoning eng kam baholangan valyutalaridan biridir. Undan kam qadrlangan valyuta faqat Livan funtidir. Iqtisodchilar bunday xulosaga “Bigmak indeksi”ga asosan kelishgan. Unga ko‘ra, burger dunyoning barcha mamlakatlarida bir xil baholanishi kerak. Qayerda burger AQShdan ko‘ra arzonroq bo‘lsa, demak u yerning valyutasi kam baholangan va aksincha.
Rossiyada bigmak – 169 rubl turadi, AQShda – 5,65 dollar. Demak bir dollarning haqli narxi – 29,9 rubl bo‘lishi kerak. Lekin bankda kurs – 74,53. Demak Rossiya valyutasi kamida 60%ga kam baholangan.
Ushbu mantiqqa asosan dunyoda to‘rtta valyuta keragidan ortiqcha baholangan ekan. Ular Venesuela (-47%) bolivari, Shveysariya franki (+24%), Norvegiya va Shvetsiya kronalari (-11%, - 9%)
“Bigmak indeksi”ni 1986-yilda The Economist jurnali tomonidan hazil tariqasida o‘ylab topilgan edi. Iqtisodchilar xulosasiga ko‘ra, bu valyutalar nomasmiy paritetini aniqlashning eng oson uslubi bo‘lgan: ikki valyutaning bir-biriga nisbatan qiymatini o‘xshash tovarlar narxi orqali aniqlash. Keyinchalik “Bikmak indeksi” hazil toifasidan chiqish chinakam baholash toifasiga o‘tdi. Va uniyil davomida 2 marotaba hisoblab boriladi.
O‘xshash tovar sifatida Makdonalds restoranining gamburgeri tanlangan, chunki u deyarli barcha mamlakatlarda sotiladi. Asosiysi – gamburger dunyoning barcha mamlakatlarida deyarli bir xil: non, pishloq, qiyma go‘sht va sabzavotlardan iborat.
So‘nggi reytinglarga ko‘ra, bigmak AQShdan ko‘ra arzonroq bo‘lgan mamlakatlar – avstraliya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Ozarbayjon, Turkiya, Janubiy Afrika.
Ommabop lekin obyektiv emas
Rossiya rublining kam baholangani haqida ko‘p yillardan beri gapirib kelinadi. Bigmak indeksiga ta’sir qiluvchi omillar ham juda ko‘p. Masalan ijara narxlari va maoshlar turli davlatlarda turlicha.
Undan tashqari burger narxini McDonald's kompaniyasi mahalliy aholi daromadi hamda xaridorlrik imkoniyaitga qarab belgilaydi. Undan tashqari, burger narxiga raqobat va soliqlar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham “bigmak indeksi” obyektiv emas.
Uning o‘rniga boshqa tovarlardan foydalansa ham bo‘ladi. Masalan eng kerakli mahsulotlar, xom-ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar to‘plami narxlarini solishtirish orqali. Ularning narxini bozor shakllantiradi, qandaydir yagona xususiy korxona emas.
Milliy valyuta kursini mamlakat to‘lov balansining uzoq muddatli dinamikasi belgilaydi. Undan tashqari valyuta kursiga mamlakatdagi pul massasi va inflyatsiya ham ta’sir qiladi. Shuningdek harbir davlatning Markaziy Banki o‘ziga xos pul-kredit siyosati olib boradi va mamalkatda aylanayotgan pul miqdorini nazorat ustida ushlab turadi.
Valyuta kurslariga shuningdek bozor ishtirokchilarining kutishlari, xalqaro sanksiyalar ham ta’sir qiladi. Ayniqsa sanksiyalarning Rossiya rubliga jiddiy ta’siri yaqqol sezilgan.
CMS Institutening iqtisodiy va moliya bo‘limi xodimi Nikolay Pereslavskiy aytishiga ko‘ra, so‘nggi 7-yil davomida Rossiyaga rubliga geosiyosat jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar va neft narxining tushib ketishi Rossiya rublining qadrini 2 baravar tushirib yubordi. Sanksiyaldar bo‘lmaganda hozir Rossiya rubli kamida 1,5 baravar qimmatroq bo‘lardi.
NIma bo‘lganda ham yil oxiriga qadar dollar kursi 70dan pastga tushishi amri mahol. Kurs 73-77 o‘rtasida bo‘lish ehtimoli yuqori. Lekin siyosiy xatarlar tufayli 80dan ham oshib ketish ehtimoli ham bor, deydi iqtisodchi. Yevro esa – 85-90 o‘rtasida bo‘ladi.