AQSh HDKning Large Scale Exercise 2021 mashqlari: Qora dengizga kuch yetadimi?

© Sputnik / Denis Petrov / Mediabankka o‘tishEsmines SShA Donald Cook na voyennix ucheniyax
Esmines SShA Donald Cook na voyennix ucheniyax  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2021
Obuna bo‘lish
AQSh harbiy dengiz kuchlari jahon okeani ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish uchun mutlaqo yetarli emas, Yevropa va Osiyoda dengizda asosiy raqiblari - Rossiya HDF va Xitoy HDKni 36 ta kema va uchta dengiz piyodalari diviziyasi bilan "qo‘rqitishi" haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi.
Qo‘shma Shtatlar 3-avgust kuni so‘nggi 40-yilda eng yirik HDK mashqlari - Large Scale Exercise 2021ni boshladi, tadbir beshta harbiy-dengiz birlashmalari (tezkor flotlar), AQSh dengiz pexotasi korpusining uchta birlashmasini qamrab olgan. Yigirma besh ming nafar harbiy xizmatchilar jalb qilingan. Manyovrlar 16-avgustga qadar davom etadi.
Stars and Stripes nashri xabariga ko‘ra, Large Scale Exercise 2021 (LSE) tadbirlari – 21-asrdagi AQShning ko‘lami bo‘yicha NATO HDKning 1981-yilda bo‘lib o‘tgan Ocean Venture manyovrlari bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan kema va desant mashg‘ulotlaridir.
Voyennie korabli Severoatlanticheskogo alyansa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
NATO Qora dengiz bo‘yicha aniq qarorga keldi - Rossiya javobi qanday bo‘ladi?
Rejalar - katta maydonda dengiz janglarini mashq qilish, okeanda "dushman" ni qidirish, uni aniqlash va yo‘q qilish, shu jumladan, shartli ravishda yadro qurolidan foydalanishdan iborat. Bu sovuq urush standartlariga qaytish, "qat’iyat va yangi imkoniyatlar" namoyishi, Rossiya va Xitoyga Amerika bir vaqtning o‘zida bir nechta frontlarda urush olib borishi mumkinligini anglatuvchi signaldir. Aniqrog‘i, "Qora dengiz, O‘rtayer dengizining sharqiy qismi, Janubiy-Xitoy va Sharqiy-Xitoy dengizida muammolarni hal etib, Amerika qurolli kuchlarini kuchsizlantirish harakatlarini yo‘qqa chiqarishdir".
Esmines VMS SShA Fitzgerald - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2021
Qora dengizga NATOning ikkita harbiy kemasi kirib keldi
LSE 2021 davomida amerika HDK bahsli muhit(LOCE)da turfa dengiz (DMO), ekpeditsiya (EABO) va qirg‘oq oldi operatsiyalarining moslashuvchanligi, shuningdek, yuqori darajadagi jangovar harakatlarni olib borishga tayyorligini namoyon etishi kerak. Taxminlarga ko‘ra, amerika dengizchilari (va sal avval Afg‘onistonda tepki yegan dengiz piyodalari) yuqori texnologiyali dushman bilan jang qilishga, aniq nishonga oladigan qurollar zarbalariga qarshilik ko‘rsatishga tayyor.
Amerikalik strateglarning fikricha, "bir vaqtning o‘zida barcha sohalardan, shu jumladan havo, quruqlik, dengiz, kosmos va kibernetika"dan o‘ta aniq zarbalar berish yagona qo‘mondonligi ostida "eng xiylagan dushmanni ham yo‘q qilish" mumkin. HDK qo‘shma harbiy harakatlarining yangilangan konsepsiyasi bir qarashda AQSh Ikkinchi Jahon Urushidan buyon duch kelmagan "bahsli logistikani" ham inobatga olayotgandek. G‘oyalar va rejalar qay tarzda ro‘yobga chiqarilishini qiziqish bilan kuzatib qolamiz.

Afsonalar va reallik

AQSh 6 -floti qo‘mondoni vitse -admiral Jin Blek sal avval: "LSE bizning qo‘mondonlarimizni flotning ochiq okeandan to qirg‘oqqa qadar muvofiqlashtirilgan operatsiyalarni o‘tkazish qobiliyatini namoyish etish uchun dengiz korpusini integrallashtirgan holda, taktikdan tortib strategikgacha bo‘lgan harbiy-dengiz operatsiyalarini butun spektr bo‘ylab tekshiradi".
Ammo bunga qaramay, mutaxassislarda Amerika flotining 36 ta kema va uchta dengiz piyodalari birlashmalari kuchi yordamida bir vaqtning o‘zida Qora, O‘rta yer, Janubiy-Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlarida ustunlik qilish imkoniyati katta gumonlarni tug‘dirmoqda. Bu yerda Dunyo okeanini aytmasa ham bo‘ladi.
Ucheniya Sea Breeze 2021 nachalis s provokatsiy u beregov Krima - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
NATO harbiy mashqlari Qrim yaqinida provokatsiyalar bilan boshlandi - video
Rivojlanish tezligi, raqamlar va sifati bo‘yicha AQSh harbiy -dengiz kuchlari potensial raqiblardan ortda qolmoqda. Amerika aviatashuvchi zarba guruhlarining "gollivudcha" imkoniyatlari aviatsiya, submarinalar, kemalarga qarshi qirg‘oq raketa tizimlari, xuddi shunga o‘xshash havodan hujumga qarshi mudofaa va raketalarga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan ko‘rsatiladigan qarshiliklarga tengdir.
G‘arb tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy va Rossiya harbiy flotlari dengizda son jihatdan mutlaq ustunlikka ega - 1380 ta kemalar 490 ta amerika kemalariga qarshi. Amerika HDK kemalar (490ta) soni bo‘yicha dunyoda XXR harbiy floti (777 dona), Rossiya Federatsiyasi (harbiy flotlari (603 dona) va KXDR harbiy floti (492 dona)dan keyin to‘rtinchi o‘rinnigina egallaydi.
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, HDK tarkibida 297 ta jangovar kemalar bor, Xitoyda esa 335 ta suv usti kemalari mavjud. Qanday bo‘lmasin, farq ahamiyatli. Agar AQSh HDKning umumiy tonnajini hisobga oladigan bo‘lsak, hammasi unchalik yomon emas, biroq Rossiya va Xitoyning gipertovushli yuqori aniqlikka ega raketa qurollari, qudratli torpedalar, uzoq masofali havodan hujumga qarshi mudofaa va raketa hujumlariga qarshi tizimlarini hisobga olganda, amerika aviatashuvchilari va raketa tashuvchi esmineslari kafolatlangan mag‘lubiyat uchun oson nishonlardek taassurot uyg‘otadi. Eslatib o‘taman, Pentagon gipertovushli raketalarga ega emas.
Korabli Kaspiyskoy flotilii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Rossiya turli flotlar kemalarini Qora dengizda jamlamoqda – nega?
LSE 2021 manyovrlari faqat AQSh HDKni qamrab olgan, lekin ittifoqchilar va sheriklar keyingi versiyalarga kiritilishi mumkin. Ehtimol, amerika manyovrlarining "yopiqligi" Pentagon tomonidan 2020-yilning oktabrida bo‘lib o‘tgan maxfiy strategik o‘yin (modellashtirish) paytida yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlash bilan izohlanar. AQSh Qurolli kuchlari Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, general Jon Xaytenning fikricha, shartli raqib axborot maydonida tashabbusni qo‘lga olib "bulut"ni o‘chirib qo‘yganida o‘yin katta muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan edi. Pentagon markazlashtirilmagan muhitda harakat qilishga tayyor emasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Kelajak yuqori texnologiyali qurolli mojarolari esa qulay muhitni va’da qilmayapti.

Kelajakka yo‘l

AQSh Harbiy -dengiz kuchlarining dengiz operatsiyalari boshlig‘i, admiral Maykl Gildey, kecha Large Scale Exercise 2021 manyovrlari jangovar harakatlar olib borish konsepsiyasi ustida tajriba o‘tkazish hamda uzoq yillarga xulosa chiqarish imkonini berishi haqida gapirdi. Kelgusi janglarga tayyorgarlik ko‘rish algoritmi qiziq: "Urush olib borish konsepsiyasi biz sotib oladigan, biz sarmoya kiritadigan jamiki narsalarning asosiga aylanadi va u biz qanday kurashishimiz kerakligi haqida ma’lumot berib turadi".
AQSh HDK Tinch okeani floti qo‘mondoni, admiral Kristofer Greydi LSE 2021 mashg‘ulotlari davomida "harbiy-dengiz urushi san’ati va ilmini rivojlantirish", eksperimental texnologiyalarni baholash, bir nechta dengiz uyushmalarining birlashgan jangovar kuchidan - ma’lumotlar, qurol va platformalardan butun dunyodagi bahsli muhitlarda foydalanmoqchi.
Podnyatie Andreyevskogo flaga na atomnoy podvodnoy lodke Knyaz Vladimir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Busiz iloji yo‘q: Shimoliy dengiz floti NATOga nima bilan javob qaytaradi
Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining raisi, general Mark Milli 2-avgust kuni urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun (o‘zining tarixiy davriyligi tufayli muqarrar bo‘lgan) Qo‘shma Shtatlar yaqin 10-yilda elliktacha yangi texnologiyalarni, jumladan, sun’iy intellektga ega dronlarni o‘zlashtirish kerakligini ma’lum qildi.
Meni nazdimda, amerika strateglarining so‘zlari soni va bu so‘zlarning jo‘shqinligi global mojaro realligidan uzoqlashtirmoqda.
Amerika strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) sal avval Afg‘onistondagi mag‘lubiyatning asosiy sabablarini aniqlagan edi: "Harbiy tarix haqida yetarli bilim yetishmaydi, strategik fikrlash bilan bog‘liq jiddiy muammolar bor". Shuningdek, "qo‘yilgan maqsadlarni kerakli sa’y -harakatlar bilan bog‘lay olmaslik", "Rossiya, Xitoy va Eronga qarshi plasdarm" yaratish istagi, "harbiy ustunlikka ega super derjava maqomi tufayli mag‘rurlik" ham tilga olingan. Xulosa: AQSh harbiy qo‘mondonlari va harbiy amaldorlari "fojiali tarzda yanglishishdi".
Amerikanskiy avianoses CVN-78 Gerald R. Ford - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2021
Dunyo okeanida ustuvorlik qilish: AQSh dengiz flotining 10-yillik rejasi
Meni nazdimda, bu voqea Jahon okeanida takrorlanmoqda. AQSh HDKning Large Scale Exercise 2021dagi global mashg‘ulotlari rejalari ehtimoliy raqibning o‘ta yuqori aniqlikka ega raketali qurol (termoyadroviy haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi) yordamida moslashuvchan qarshi choralar ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi reallikni hisobga olmaydi. Kimgadir ufqda amerika avia-tashuvchi zarba guruhlari paydo bo‘lishi bilan, Rossiya yoki Xitoyning barcha "jonkadagi tuzemchilari" qo‘rquvdan qotib qolishi va ushbu konsepsiyalar va investitsiyalar uyumiga zudlik bilan taslim bo‘lishi kerakdek tuyuladi.
Biroq, iyun oyida Qrim yaqinida Rossiya chegarasini buzgan britaniya qoidabuzar esminetsining yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan bombardimon Qora dengizda "qizil chiziq" kesib o‘tilgan taqdirda AQSh HDKning "bahsli muhit"dagi "ustunligi" hamda "kuch proyeksiyasi" nima bo‘lishini ko‘rsatib berdi.
Xuddi shu tarzda, Pentagonning qo‘rqmas eksperimentchilarini Janubiy-Xitoy dengizi va Sharqiy-Xitoy dengizlarida kutib olishlari mumkin - NOAK HDK qator, shu jumladan, avia-tashuvchi guruhlar ishtirokida mashqlar o‘tkazilishi haqida e’lon qildi.
Yangiliklar lentasi
0