Xitoy yangi zombilardan o‘zini himoya qilishni istaydi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishAksii protesta za demokratizatsiyu viborov v Gonkonge
Aksii protesta za demokratizatsiyu viborov v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2021
Obuna bo‘lish
Hech kim tashqi dunyodan “temir parda” ortida yashirinib olishni istamaydi, lekin har bir davlat o‘zining sog‘lom ta’lim tizimiga ega bo‘lish huquqiga ega.
TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Yaqinda Xitoy xususiy ta’lim sohasida yangi tartib o‘rnata boshladi va darhol G‘arb tanqidi ostida qoldi: Bloomberg agentligi mualliflaridan biri Pekinni darhol “kompartiya diktaturasi” va “demokratiyani siqish”da ayblay boshladi. Umuman, buning hayron qolarli joyi yo‘q, ular Xitoyni har doim ayblab kelishgan, u yerda qanday voqea sodir bo‘lishidan qat’iy nazar.

Aslida Xitoy qanday islohot o‘tkazmoqda?

Birinchi navbatda – bu juda katta mablag‘ masalasi. Xitoyda yuqori texnologiyalar sohasida xususiy ta’lim bozori hajmi 100 milliard dollarga teng deb baholangan. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan korxonalar 2024-yilga kelib 76 milliard dollar daromad olishi prognoz qilinmoqda. Xitoyda xususiy ta’lim – bu so‘zsiz yirik biznes va bu sohada ko‘plab yirik xorijiy kompaniyalar ham ishtirok etmoqda.
© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tish

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari - Sputnik O‘zbekiston
1/3

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tish

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari - Sputnik O‘zbekiston
2/3

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari

© AFP 2023 / Dale de la Rey

Gonkongdagi norozilik namoyishlari

Gonkongdagi norozilik namoyishlari - Sputnik O‘zbekiston
3/3

Gonkongdagi norozilik namoyishlari

1/3

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari

2/3

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari

3/3

Gonkongdagi norozilik namoyishlari

Masalan Gonkong birjasida 20 ta ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalar bor. Ularning aktivlarining umumiy hajmi 24 milliard dollarni tashkil qiladi. Hukumatning yangi qaroridan so‘ng – ushbu kompaniyalar aksiyalari pastga quladi. Ya’ni yangi qonun xususiy ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan xorijiy biznesga jiddiy zarba berdi. Va albatta bu zarba bejizga berilgani yo‘q.
Masalani chuqurroq o‘rganib chiqqanda, aslida nima bo‘layotganini, birinchi navbatda, bu “avtoritar rejimning o‘zga madaniyatlarga qarshi kurashi” emasligini tushunsa bo‘ladi. Bu yerda birinchi navbatda boshqa qadriyatlar o‘rin olgan.
Xitoy Davlat kengashi (Hukumat) tomonidan qabul qilingan qonunlarning ikkita asosiy jihati haqida qo‘yida batafsil aytib o‘tmoqchimiz.
Birinchidan, bundan buyon bolalarga ta’lim berishda dam olish kunlari, kanikullar va kechki vaqtdan foydalanish qat’iy ta’qiqlanadi. Shuningdek olti yoshdan yosh bolalarni nazoratsiz va cheksiz o‘qitish ta’qiqlanadi.
Ushbu choralar qabul qilinishi sabablari bilan qiziqsak, xitoy, yapon va boshqa osiyo jamiyatlarida mavjud bir muammoni payqash mumin. Bu yerda aksariyat ota-onalar o‘z farzandlariga imkon qadar ertaroq va imkon qadar ko‘proq bilim berishga harakat qilishadi. So‘nggi vaqtlarda bunday “ilmga tashnalik” jamiyatda ko‘plab noxush holatlarga sabab bo‘layotgani aniqlangan.
Strani mira. Kitay  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2020
"Zarbalar almashinuvi". Mutaxassis Xitoyning Gonkong tufayli AQShga qarshi choralari haqida
Ta’kidlash joizki, butun xitoy sivilizatsiyasi (va qo‘shni madaniyatlar ham) an’anaviy ravishda ilm olishga ga juda yuqori hurmat bilan qaraydi. Nafaqat gumanitar bilim balkim boshqa sohalarda ham. Tarixdan ham ma’lumki, 19-asrdan boshlab xitoy migrantlari qayerga bormasin, birinchi ishlab topgan puliga bolalariga ta’lim berish an’ana bo‘lgan. Xuddi shunday fenomen 1980-yillarda boshlangan Xitoy ta’lim islohotlarida ham aks etgan edi. Ehtimol shu sababdan bir vaqtlar qoloq va qashshoq bo‘lgan Xitoy, bugun texnologik yetakchi davlatga aylangan.
Lekin tinimsiz o‘qitishdan jamiyatning yosh qatlami orasida turli ijtimoiy-tibbiy muammolar hem kelib chiqmoqda. Xususan, Xitoy va Yaponiyada va yana ayrim boshqa Osiyo davlatlarida haddan ortiq “ta’lim”dan qiynalib ketgan maktab o‘quvchilari orasida o‘z-o‘zini o‘ldirish holatlari keskin ortgani kuzatilmoqda. Ommaviy ta’limning mana shunday asoratlari ham Hukumat nazaridan chetda qolgani yo‘q.
Ikkinchidan, bu yerda albatta siyosat ham aralashgan. Malasan, musiqa, san’at va yuqori texnologiyalar sohalarida faoliyat yuritayotgan ta’lim biznesi – yangi qonundan hech qanday zarar ko‘rmaydi. Lekin maktab ta’limi sohasiga aralashishni istayotgan xususiy biznes - jiddiy nazorat ostiga tushadi. Xorijiy kompaniyalar bundan buyon ushbu sohaga kiritilmaydi.
Bugungi kunda maktab va universitet ta’limi – bu nafaqat shunchaki siyosat, balkim global fuqarolar urushida ayni jang maydoniga aylangan.
Quyida amerikalik olimlardan birining so‘zlarinia keltiramiz:
"Ma’lumki so‘nggi 40-yilda AQSh universitetlari nafaqat mavjud hukumatga qarshi kurash markazlariga, aksariyat hollarda antikonstitutsion markazlarga aylandi. Ularga tegishga hech kim jur’at eta olmasdi, chunki bu misli “oltin tuxum tug‘uvchi tovuq” edi. Talabalarga federal darajada ta’lim kreditlari berish avj oldi, lekin buning oqibatida ta’lim narxi osmonlarga chiqib ketdi, lekin berilayotgan ta’lim uchun hech kim javobgar bo‘lmay qoldi.
Goroda mira. Pekin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2020
Hoziroq bas qiling. Xitoy chetdan turib Gonkong ishlariga aralashmaslikni talab qilmoqda
Amerika jamiyatida har qanday nufuzli OTMning diplomi muvaffaqiyatli hayot yo‘llanmasiga aylandi. Lekin, bizningcha, yaxshi o‘qitilmagan kadrlarga o‘ng va so‘lga “diplom tarqatish” misli hayvonlarga tamg‘a bosishdek gap...
Bugungi kunda kadrlarning akademik muvaffaqiyatlari tobora kam ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda... Shu o‘rinda jamiyatda o‘z-o‘zidan savollar paydo bo‘lmoqda, nima sababdan biz talabalik kreditlariga subsiya berishimiz kerak? Nima sababdan ta’lim sohasiga qilinayotgan milliardlab investitsiyalar soliqdan ozod qilinishi kerak? Nega sotsiologiya yoki gender tenglik yoki boshqa har qanday sohadar kadr tayyorlash bu “kelajakka investitsiya” hisoblanishi kerak?
Ushbu so‘zlar muallifi amerika konservatorlaridan biri Viktor Devid Xansen. U uzoq vaqtdan beri Amerika va G‘arbda hayotning ayrim sohalari g‘ayritabiiy ravishda chatishib ketganiga e’tibor qaratadi. Xususan, global siyosat, mafkura va yirik biznes - ta’lim, tibbiyot, san’at va boshqa ko‘plab sohalar ichiga chuqur kirib olgani qayd etiladi.
Bunday “mafkuraviy urush” vaqtida nafaqat Xitoy, balkim har qanday o‘z qadrini bilgan davlat o‘z hududiga “xorijiy investitsiyalar” orqali kirib kelishi mumkin bo‘lgan “zombilik virusni” to‘xtatib qolishni istaydi. Ayniqsa bugun emas ertaga portlaydigan “minalar” qo‘yish imkoni keng bo‘lgan ta’lim sohasida.
Oldin Xitoyda har qanday sohaga investitsiya kirituvchi xorijiy sarmoyador uchun to‘siq deyarli yo‘q edi. Lekin ana shunday sarmoyalar oqimi daryo bo‘lib kirib kelgan Gonkongdagi universitetlar esa – kerakli vaqtda - revolyutsiya shtablariga aylandi. Revolyutsiyani esa – asosan talabalar uyushtirdi...
Albatta, hech kim tashqi dunyodan “temir parda” ortida yashirinib olish tarafdori emas, lekin har bir davlat o‘zining sog‘lom ta’lim tizimiga ega bo‘lish huquqiga ega.
Yangiliklar lentasi
0