https://oz.sputniknews.uz/20210729/shavkat-mirziyoev-olmaliqda-yangi-mis-boyitish-fabrikasiga-tamal-toshi-qoydi-19866548.html
Shavkat Mirziyoyev Olmaliqda yangi mis boyitish fabrikasiga tamal toshi qo‘ydi
Shavkat Mirziyoyev Olmaliqda yangi mis boyitish fabrikasiga tamal toshi qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
Olmaliqdagi yangi mis boyitish fabrikasining yillik quvvati 60 million tonna bo‘lib, u yerda mis, oltin va kumush metallari qazib olinadi. 29.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-29T13:29+0500
2021-07-29T13:29+0500
2021-07-29T18:27+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
olmaliq kmk
klaster
olmaliq mis boyitish fabrikasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1d/19875864_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_5a0c1031b88af206daa32b5bc5be7b56.jpg
TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi "Yoshlik I" koni negizida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. Yangi mis boyitish fabrikasining yillik quvvati 60 mln tonna bo‘ladi va u ikki bosqichda amalga oshiriladi: Yangi konda qimmatbaho metallarni qazib va ajratib olishning samarali va zamonaviy uslublaridan foydalaniladi. Xususan, misni flotatsiya usuli bilan ajratib olish, sorbsion eritmaga o‘tkazish orqali oltin ajratib olish va boshqa texnologiyalar.Yangi korxonada texnologik jarayonlar maksimal darajada avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Xususan, maydalangan ruda, tayyor mahsulot va chiqindi rudalar barcha o‘z omborlariga yoki eritish sexlariga konveyer yordamida avtomatlashtirilgan tartibda yuyuboriladi. Olmaliqdagi ushbu mis boyitish korxonasini qurish uchun O‘zbekiston Rossiyaning Yetakchi konsorsiumi - Enter Engineering kompaniyasi hamda "Gazprombank"ning "Uralmashzavod" korxonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Kelishuvga asosan Enter Engineering va "Uralmashzavod" Olmaliqdagi mis boyitish kombinatini qurib "tayyor holatda" O‘zbekistonga topshirishi kerak. Bunda Enter Engineering obyekt qurilishi va loyihalash ishlarini bajaradi "Uralmashzavod" esa - kerakli aspob va uskunalarni yetkazib beradi. Olmaliqdagi yangi mis boyitish korxonasi 2024-yilda ishga tushganidan so‘ng bu yerda 6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210729/olmaliqda-dunyodagi-eng-yirik-oltin-va-mi-zahiralari-joylashgan---prezident-19869644.html
https://oz.sputniknews.uz/20210729/olmaliqda-xom-ashyodan-tayyor-mahsulotgacha-sanoat-klasteri-yaratiladi--prezident-19870256.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1d/19875864_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_250311b3be5bb40c08e2cd8c3ef49388.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, shavkat mirziyoyev, olmaliq kmk, klaster, olmaliq mis boyitish fabrikasi
iqtisod, shavkat mirziyoyev, olmaliq kmk, klaster, olmaliq mis boyitish fabrikasi
Shavkat Mirziyoyev Olmaliqda yangi mis boyitish fabrikasiga tamal toshi qo‘ydi
13:29 29.07.2021 (yangilandi: 18:27 29.07.2021) Olmaliqdagi yangi mis boyitish fabrikasining yillik quvvati 60 million tonna bo‘lib, u yerda mis, oltin va kumush metallari qazib olinadi.
TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi "Yoshlik I" koni negizida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Yangi mis boyitish fabrikasining yillik quvvati 60 mln tonna bo‘ladi va u ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1 bosqich: 2021 -2025 yillarga qadar 290 ming tonna mis katodi, 38 tonna oltin va203 tonna kumush;
2 bosqich: 2024-2028 yillarda 400 ming tonna mis katodi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush olish rejalashtirilgan.
Yangi konda qimmatbaho metallarni qazib va ajratib olishning samarali va zamonaviy uslublaridan foydalaniladi. Xususan, misni flotatsiya usuli bilan ajratib olish, sorbsion eritmaga o‘tkazish orqali oltin ajratib olish va boshqa texnologiyalar.
Yangi korxonada texnologik jarayonlar maksimal darajada avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Xususan, maydalangan ruda, tayyor mahsulot va chiqindi rudalar barcha o‘z omborlariga yoki eritish sexlariga konveyer yordamida avtomatlashtirilgan tartibda yuyuboriladi.
Olmaliqdagi ushbu mis boyitish korxonasini qurish uchun O‘zbekiston Rossiyaning Yetakchi konsorsiumi - Enter Engineering kompaniyasi hamda "Gazprombank"ning "Uralmashzavod" korxonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Kelishuvga asosan Enter Engineering va "Uralmashzavod" Olmaliqdagi mis boyitish kombinatini qurib "tayyor holatda" O‘zbekistonga topshirishi kerak. Bunda Enter Engineering obyekt qurilishi va loyihalash ishlarini bajaradi "Uralmashzavod" esa - kerakli aspob va uskunalarni yetkazib beradi.
Olmaliqdagi yangi mis boyitish korxonasi 2024-yilda ishga tushganidan so‘ng bu yerda 6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.