https://oz.sputniknews.uz/20210712/msk-prezident-saylovlariga-shht-kuzatuvchilari-missiyasini-taklif-etdi-19646680.html
MSK prezident saylovlariga ShHT kuzatuvchilari missiyasini taklif etdi
MSK prezident saylovlariga ShHT kuzatuvchilari missiyasini taklif etdi
Sputnik O‘zbekiston
Shanxay Hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Vladimir Norov O‘zbekiston prezidenti saylovlariga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanish maqsadida Markaziy saylov... 12.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-12T16:30+0500
2021-07-12T16:30+0500
2021-07-12T16:30+0500
siyosat
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/15/19334503_551:891:2608:2048_1920x0_80_0_0_ce60b84e90a5d2f88e2360b2c0df4529.jpg
TOShKENT, 12-iyul - Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddir Nizomxodjayev Bosh kotib Vladimir Norov va ShHT kuzatuvchilar missiyasini bo‘lajak prezident saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif etdi.Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.Ta’kidlanishicha, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida qator vazirlik va idora rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 8-iyul kuni Bosh kotib saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi raisi Nizomxodjayev bilan uchrashdi.Suhbat avvalida Nizomxodjayev O‘zbekiston va ShHT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, jumladan O‘zbekiston vakillari ShHTning ishtirokchi mamlakatlardagi parlament va prezident saylovlaridagi missiyasida muntazam ishtirok etib kelayotganliklarini yuqori baholab, saylov tizimida amalga oshirilgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, joriy yilda "Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinganligi, ushbu hujjat bilan bir qator qonunlar qatorida Konstitutsiyaga ham o‘zgartirishlar kiritilganligi, shuningdek "O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi yangi qonuni bilan ham saylov tizimiga qator yangiliklar joriy qilinganligi qayd etib o‘tildi.Ta’kidlanganidek, endilikda saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sud tomonidan ko‘rib chiqilishi, O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi a’zolari sonini ko‘paytirish, saylov bulleteniga kiritiladigan nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni kamaytirish borasidagi qoidalar ham yangi qonunda belgilangan. YeXHT DIIHB missiyasining tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan mazkur qoidalar saylovlarning xalqaro standartlar va zamonaviy tendensiyalar asosida o‘tishini ta’minlashga xizmat qilishi alohida e’tirof etildi. O‘z o‘rnida Norov muhim siyosiy jarayonlarni kuzatishda ShHTga a’zo mamlakatlarning yetakchi ekspertlarini jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.Shuningdek, ShHT faoliyati, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasini rivojlantirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeyini oshirish, Buyuk ipak yo‘li qayta tiklanishini faollashtirish, Xitoyning tashqi siyosati, elektron tijorat bo‘yicha tajribasi xususida ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Bosh kotib pandemiya sharoitiga qaramasdan dunyo hamjamiyati saylovlarni demokratik va xavfsiz tarzda o‘tkazishga intilayotganini va bunda jamiyat a’zolarining ham faolligi kuzatilayotganligini alohida e’tirof etdi. Konstruktiv va samimiy o‘tgan muloqot so‘nggida tomonlar hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.
https://oz.sputniknews.uz/20210621/prezident-saylovoldi-jarayoniga-qachon-start-beriladi-19330301.html
https://oz.sputniknews.uz/20210616/ozbekistonda-prezident-sayloviga-qancha-mablag-ajratiladi-19264201.html
https://oz.sputniknews.uz/20210702/pandemiyada-ozbekistonda-saylov-qanday-otkaziladi---guliston-hujjati-haqida-tafsilotlar-19509633.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/15/19334503_337:0:3068:2048_1920x0_80_0_0_2edf317be9641eaec7dd2a5e6fcbb59e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
siyosat, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
MSK prezident saylovlariga ShHT kuzatuvchilari missiyasini taklif etdi
Shanxay Hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Vladimir Norov O‘zbekiston prezidenti saylovlariga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi raisi Nizomxodjayev bilan uchrashdi.
TOShKENT, 12-iyul - Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddir Nizomxodjayev Bosh kotib Vladimir Norov va ShHT kuzatuvchilar missiyasini bo‘lajak prezident saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif etdi.
Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida qator vazirlik va idora rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan 8-iyul kuni Bosh kotib saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi raisi Nizomxodjayev bilan uchrashdi.
Suhbat avvalida Nizomxodjayev O‘zbekiston va ShHT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, jumladan O‘zbekiston vakillari ShHTning ishtirokchi mamlakatlardagi parlament va prezident saylovlaridagi missiyasida muntazam ishtirok etib kelayotganliklarini yuqori baholab, saylov tizimida amalga oshirilgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Xususan, joriy yilda "Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinganligi, ushbu hujjat bilan bir qator qonunlar qatorida Konstitutsiyaga ham o‘zgartirishlar kiritilganligi, shuningdek "O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi yangi qonuni bilan ham saylov tizimiga qator yangiliklar joriy qilinganligi qayd etib o‘tildi.
Ta’kidlanganidek, endilikda saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sud tomonidan ko‘rib chiqilishi, O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi a’zolari sonini ko‘paytirish, saylov bulleteniga kiritiladigan nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni kamaytirish borasidagi qoidalar ham yangi qonunda belgilangan. YeXHT DIIHB missiyasining tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan mazkur qoidalar saylovlarning xalqaro standartlar va zamonaviy tendensiyalar asosida o‘tishini ta’minlashga xizmat qilishi alohida e’tirof etildi.
O‘z o‘rnida Norov muhim siyosiy jarayonlarni kuzatishda ShHTga a’zo mamlakatlarning yetakchi ekspertlarini jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, ShHT faoliyati, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasini rivojlantirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeyini oshirish, Buyuk ipak yo‘li qayta tiklanishini faollashtirish, Xitoyning tashqi siyosati, elektron tijorat bo‘yicha tajribasi xususida ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Bosh kotib pandemiya sharoitiga qaramasdan dunyo hamjamiyati saylovlarni demokratik va xavfsiz tarzda o‘tkazishga intilayotganini va bunda jamiyat a’zolarining ham faolligi kuzatilayotganligini alohida e’tirof etdi.
Konstruktiv va samimiy o‘tgan muloqot so‘nggida tomonlar hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.