https://oz.sputniknews.uz/20210706/toshkent-traktor-zavodi-chirchiqqa-kochiriladi---prezident-19552404.html
Toshkent traktor zavodi Chirchiqqa ko‘chiriladi - prezident
Toshkent traktor zavodi Chirchiqqa ko‘chiriladi - prezident
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Chirchiqdagi qishloq xo‘jalik texnikasi zavodlari negizida Chirchiq shahrida yagona maydonda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri tashkil etiladi. 06.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-06T09:53+0500
2021-07-06T09:53+0500
2021-07-06T09:59+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
chirchiq
klaster
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1174/85/11748500_0:123:3071:1850_1920x0_80_0_0_ea2c6f51606da53410fb86a5ea869c1b.jpg
TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. Toshkentdagi qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi, Agregat zavodi yaqin vaqt ichida Chirchiq shahriga ko‘chiriladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda ma’lum bo‘ldi. Ko‘chirilayotgan korxonalar negizida Chirchiqda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri tashkil etiladi. Buning natijasida ishlab chiqarish tannarxi 20 %ga pasayib, korxonalarning rentabellik darajasi 10 %ga oshishi kutilmoqda.Undan tashqari, O‘zbekiston Moliya vazirligiga klasterni tashkil etish bilan bog‘liq dastlabki xarajatlar uchun 500 milliard so‘m ajratish vazifasi qo‘yildi. Bu mablag‘ tarmoq korxonalarining bino-inshootlari va maydonlari auksion savdolarida sotilishi hisobidan qaytariladi.Yangi korxonaga ishlab chiqarilayotgan texnika narxini arzonlashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish vazifasi yuklatildi. Xususan, Minsk traktor zavodi bilan hamkorlikda ishlab chiqariladigan traktorlarni mahalliylashtirish darajasini kelgusi yil 40 va 2023-yilda 50 foizga, “O‘zKlaas Agro” bo‘yicha bu ko‘rsatkichni 25 foizgacha yetkazish vazifasi qo‘yildi.Shu bilan birga fermerlarga mahalliy texnikani sotib olishga imkon yaratish uchun lizingning boshlang‘ich to‘lovini 25%dan 15 %gaga hamda foiz stavkasini 16 %dan 7 %ga tushirish taklifi bildirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20170522/Ozbekistonda-qishloq-xojalik-texnikasiga-xizmat-korsatish-tizimi-tubdan-yaxshilanmoqda-5454466.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1174/85/11748500_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_b18b4b6256fddcab360bd2180211e635.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, shavkat mirziyoyev, chirchiq, klaster
iqtisod, shavkat mirziyoyev, chirchiq, klaster
Toshkent traktor zavodi Chirchiqqa ko‘chiriladi - prezident
09:53 06.07.2021 (yangilandi: 09:59 06.07.2021) Toshkent va Chirchiqdagi qishloq xo‘jalik texnikasi zavodlari negizida Chirchiq shahrida yagona maydonda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri tashkil etiladi.
TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. Toshkentdagi qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi, Agregat zavodi yaqin vaqt ichida Chirchiq shahriga ko‘chiriladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan
majlisda ma’lum bo‘ldi.
“Rejaga ko‘ra, Toshkent va Chirchiqdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodlari, Agregat zavodi, “Texnolog” va “O‘zKlaas Agro” korxonalari sanoat klasteri usulida yagona maydonda joylashtiriladi. 1 ming 200 ta uskuna va jihoz, 28 turdagi texnika optimallashtirilib, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish 85 foizga, mahalliylashtirish 50 foizga yetkaziladi”, - deyilgan xabarda.
Ko‘chirilayotgan korxonalar negizida Chirchiqda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri tashkil etiladi. Buning natijasida ishlab chiqarish tannarxi 20 %ga pasayib, korxonalarning rentabellik darajasi 10 %ga oshishi kutilmoqda.
Undan tashqari, O‘zbekiston Moliya vazirligiga klasterni tashkil etish bilan bog‘liq dastlabki xarajatlar uchun 500 milliard so‘m ajratish vazifasi qo‘yildi. Bu mablag‘ tarmoq korxonalarining bino-inshootlari va maydonlari auksion savdolarida sotilishi hisobidan qaytariladi.
Yangi korxonaga ishlab chiqarilayotgan texnika narxini arzonlashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish vazifasi yuklatildi. Xususan, Minsk traktor zavodi bilan hamkorlikda ishlab chiqariladigan traktorlarni mahalliylashtirish darajasini kelgusi yil 40 va 2023-yilda 50 foizga, “O‘zKlaas Agro” bo‘yicha bu ko‘rsatkichni 25 foizgacha yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Shu bilan birga fermerlarga mahalliy texnikani sotib olishga imkon yaratish uchun lizingning boshlang‘ich to‘lovini 25%dan 15 %gaga hamda foiz stavkasini 16 %dan 7 %ga tushirish taklifi bildirildi.