“Hammasi Donbass tufayli” - AQSh Yevropada nimalar uyushtirmoqda

© Foto : eur.army.milAmerikanskie tanki M1A2 Abrams v Yevrope.
Amerikanskie tanki M1A2 Abrams v Yevrope. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2021
Obuna bo‘lish
Agar AQSh Ukrainaga Qrimga yoki Donbassga hujum qil desa - Kiyev oqibatlarni o‘ylamasdan ana shunday qiladi ham.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Donbassda mojaro keskin tus olishi va ukrainalik siyosatchilarning tajovuzkorona bayonotlaridan so‘ng, AQSh Yevropadagi qo‘shinlarini “ehtimoliy krizis” holatidan “muqarrar krizis” holatiga o‘tkazdi.
New York Times xabariga ko‘ra, Pentagon buni Ukraina janubi-sharqida vaziyat keskinlashuvi hamda “Moskva hududda harbiy faollikni oshirishi” munosabati bilan amalga oshirgan.

Kiyev va "qo‘g‘irchoqbozlar"

Ukraina janubi-sharqida cho‘g‘i o‘chmayotgan harbiy-siyosiy mojaro yaqin orada yangi kuch bilan alanga olishi mumkin. Minsk tinchlik shartnomalariga qaramasdan Kiyev uning o‘chog‘iga o‘tin qalamoqda. DNR va LNR so‘nggi kunlarda uyushtirilayotgan provokatsiyalar, qonunbuzarliklar haqida doimiy ravishda xabar qilib kelmoqda. Ukraina harbiy kuchlari (UHK) odatda aholi punktlariga artilleriya va minomotlardan o‘qqa tutmoqda. Tinch aholi orasida qurbonlar bor.
DNR rahbari Denis Pushilin fikriga ko‘ra, vaziyatni urushsiz hal qilishning iloji - deyarli yo‘q.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Ukraina muxolifati Zelenskiyga impichment jarayonini boshlamoqchi
“Kiyev amalga oshirayotgan ishlarga qaraganda, buning etimoli juda kam. DNR va LNR muammoni siyosiy yo‘l bilan hal qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlarni qilmoqda. Afsuski Kiyev mutlaq boshqa kayfiyatda.... Yolg‘on va manipulyatsiya – biz hozircha Ukraina tomonidan faqat shularni ko‘rmoqdamiz. Bunday vaziyatda masalani siyosiy yo‘l bilan hal qilish imkoniyati deyarli nolga teng”, - dedi Pushilin “Rossiya 24” telekanaliga.
Kiyev tomonidan provokatsiya shamoli nafaqat Shart tomonga, balkim G‘arbga ham esmoqda. Yaqinda Pentagon rasmiy vakili Djon Kirbi “Vashington Rossiyaning Ukraina bilan yaqin chegarasida harbiy tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabardor” ekanini ma’lum qilgan edi.
Bu borada Kreml yana takroran ta’kidlaydi: Rossiya armiyasi Ukraina hududidagi janglarda ishtirk etmagan va etayotgani yo‘q. Peskov aytishiga ko‘ra, Donbassdagi mojaroyu – bu Ukrainaning ichki ishidir. Shu bilan birga hech kim “UHK provokatsiyalari tufayli Ukrainada fuqaro urush kelib chiqishini” istamaydi.
"Valday" klubining tahlilchi eksperti Artem Kureyev aytishiga ko‘ra: Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mustaqil qaror qabul qilishga qodir emas va faqat AQSh “musiqasi ostida o‘yinga tushmoqda”.
“Agar Qrim yoki Donbassga hujum qil degan komanda bo‘lsa, Kiyev Ukrainaga yetadigan zararni o‘ylamasdan ana shunday qiladi ham. Ustiga ustak ayni damda Zelenskiyga ham Baydenga ham yirik muvaffaqiyat kerak. Donbass – buning uchun yaxshi joy. Gap faqat yangi tashkil qilingan respublikalar qo‘shinlarining jangga kirishga va Moskvaning ularga yordam berishga qanchalik shayligida. Vashington esa – har qanday holatda ham yutib chiqadi. Ukraina hujumi qaytarilsa – AQSh Rossiyani qoralab, unga qarshi navbatdagi sanksiyalarni kiritadi, jumladan “Shimoliy oqim-2”ga ham.

“O‘zlari amallaydi”

Ukraina va AQSh Rossiya qo‘shinlarining navbatdagi harakatlarini “jangga tayyorgarlik” deb olovga yonilg‘i quyishda davom etishaveradi. Bu bilan ular Vashingtondan ko‘proq yordam olishga hatto AQSh qo‘shinlarini Ukrainaga kiritilishiga erishishmoqchi.
AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ukrainalik hamkasabasi Andrey Taran bilan suhbatda “Rossiya provokatsiyalarining oshishini” ayblashdi va Pentagon Kiyev hukumatini Rossiya agressiyasidan yanada samaraliroq himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi. Vashington 2015-yilda Ukrainaga qurol yarog‘ sotib olish va harbiylarni tayyorlash uchun 2 milliard dollardan ortiq pul ajratilganini esga oldi. “Rossiya agressiyasi oshgan taqdirda AQSh Ukrainani bir o‘zini tashlab qo‘ymaydi” deb va’da berdi.
Polsha va Ukraina “Shimoliy oqim 2”ga qarshi birlashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2020
Polsha va Ukraina “Shimoliy oqim-2”ga qarshi birlashdi
AQSh, darhaqiqat, Rossiya bilan mojaroda Kiyevni qo‘llab quvvatlashini va’da berdi. Lekin bu va’da biroz noaniq. Ular Ukraina armiyasini mustahkamlashga, jangovar texnika yetkazib berishga tayyor. Lekin qurolli mojaro boshlansa Amerikalik harbiy mutaxassislar u yerga keladimi, harbiy qo‘shinlarchi? Bunday ssenariy amalga oshsa – bu uchinchi jahon urushi degani”, - deydi Artem Kureyev.
Ekspert Pentagon buni amalga oshirishiga ishonmaydi. Vashington ham so‘nggi 7-yil ichida Ukraina harbiy kuchlari yetarli darajada kuch yig‘ib olgan deb hisoblaydi.
“Masalaning boshqa tomoni – mojaro kuchayishida ular baribir Rossiyani ayblashadi. Bu esa o‘z navbatida yanada qattiqqo‘l sanksiyalarga olib keladi. Aslida birinchi o‘qni kim uzganini – hech kim surishtirib o‘tirmaydi. Vashington ham Brussel ham. Chunki hammasi allaqachon hal bo‘lgan. Masala – Ukraina armiyasi nimaga erishi mumkin va bunga Moskva qanday javob qaytaradi. Yevropada NATO qo‘shinlarining tayyorgarlik darajasining ortishi esa – bu Kiyev uchun belgi hamda Moskvaga o‘ziga xos bosim o‘tkazishdir", - deydi ekspert.
Internetda tez-tez paydo bo‘layotgan, Qrim va Rostov viloyatida Rossiya harbiy texnikasi bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilayotgani haqidagi videolar esa – qo‘shinlarning kundalik harakatlari bilan bog‘liq xolos.
Sotrudnik FSB - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2020
Qrimda Ukraina foydasiga josuslik qilishda gumonlanuvchi ikki kishi qo‘lga olindi
Masalan 2-aprel dan Qora dengiz floti Qrim va Krasnodar o‘lkasida joylashgan qo‘shinlarning rejali tekshirish jarayonini boshlagan edi. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari doirasida dengiz floti va quruqlik kuchlari, havo mudofaasi va aviatsiya himoya va hujum mashqlarini bajarishdi.
Bunday manyovrlar esa qo‘shinlarni u yerdan bu yerga ko‘chirishni talab qiladi, jumladan umumiy yo‘llar orqali ham. Ushbu harakatlar aks etgan videolarni AQSh va Ukraina Rossiya harbiy faolligini oshirayotganining navbatdagi isboti deb hisoblashmoqda.

Eshik va teshik

Shu bilan bir vaqtda Vashington va Kiyev o‘z harakatlari borasida lom-mim deyishayotgani yo‘q. Xususan Yevropadan Ukrainaga ochilgan havo yo‘lagining faollashgani haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Ushbu yo‘l orqali harbiy transport samolyotlari bir necha kundan beri Ukrainaga qandaydir yuklar olib kelmoqda.
Agar bu birgalikda o‘tkazish rejalashtirilayotgan o‘quv-mashqlari bo‘lsa ham, unda ehtimoliy raqib aniq belgilangan, bu – Rossiya. NATO Defender Europe 2021 - so‘nggi 25-yilda eng yirik bo‘lishi kutilayotgan harbiy o‘quv mashqlariga tayyorlanmoqda.
Yaderniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2020
Chexiya razvedkasi 3-jahon urushi xavfi haqida ogohlantirdi
Undan 20 mingdan ortiq Amerika va 17 mingga yaqin boshqa davlat harbiylari ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir doirasida Yevropa, Boltiqbo‘yi, Bolqon yarim oroli hamda Boltiq dengizi qa Qora dengizda hujum va himoya mashqlarini bajarsh rejalashtirilgan.
Ukraina ham ushbu o‘quv mashqlariga jalb qilinadi, chunki unga “NATOning kengaytirilgan imkoniyatlar berilgan hamkori” maqomi berilgan. Defender Europening Rossiyaga qarshi qaratilgani Kiyevda ham tasdiqlandi. Ukrainaning Donbass guruhi bo‘yicha vakili Aleksey Arestovich aytishiga ko‘ra ushbu mashg‘ulotlar “Rossiya bilan urushni mashq qilish uchun kerak”.
Harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov aytishiga ko‘ra, NATOning Yevropadagi mashqlari – bu qo‘shimcha kuchlarni Rossiya chegarasiga yaqinroq olib kelish uchun bahona xolos. Jangovar tayyorgarlikning “krizis muqarrar” degan maqomi ham – buni tasdiqlaydi.
Ekspert xulosasiga ko‘ra, AQSh va NATO, Ukraina janubi sharqida to‘la masshtabli qurolli mojaro sodir bo‘lganda, Rossiyaga qarshi kurashishga tayyor bo‘lgan guruh tayyorlamoqda. O‘quv-mashqari niqobi ostida ular qurolli kuchlarini AQShdan Yevropaga ko‘chirmoqda. Hozir Donbassda 600 mingga yaqin Rossiya fuqarolari bor va Konstitutsiyaga muvofiq biz ularni himoya qilishimiz kerak bo‘ladi. Bunday vaziyatda NATO ushbu mojaroga aralashishini kutish kerak.
Aksariyat ekspertlar xulosasiga ko‘ra, Rossiya va NATO ishtirokida keng ko‘lamli urush bo‘lish ehtimoli katta emas, lekin NATOdagi engqiziqqonlar ham bunday avantura barcha uchun yomon tugashini yaxshi bilishadi.
Yangiliklar lentasi
0