Ukraina muxolifati Zelenskiyga impichment jarayonini boshlamoqchi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Obuna bo‘lish
Ukrainaning “Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi Vladimir Zelenskiyga impichment jarayonini boshlashini ma’lum qildi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Ukrainaning “Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi bir qator ukrain telekanallarini yopish qaroridan keyin prezident Vladimir Zelenskiyga impichment jarayonini boshlaydi. Bu haqda fraksiya hamraisi Vadim Rabinovich ma’lum qildi.
Predsedatel LDPR Vladimir Jirinovskiy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2021
Jirinovskiy o‘zining Ukraina prezidenti etib saylanish imkoniyatiga baho berdi
“Yaqin kunlarda bizning keyingi qadamlarimizni belgilab beradigan partiyaning favqulodda qurultoyini o‘tkazamiz. Yodda tuting, siz na partiyamiz, na millionlab saylovchilarimiz og‘zini yopasiz... Saylovchilar va mamlakat ustidan kulgan prezident Zelenskiyga impichment jarayonini boshlaymiz”, - dedi Rabinich Oliy radadagi chiqishi davomida.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z farmoni bilan Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining qator ukrain telekanallariga qarshi besh yil muddatga sanksiya joriy etish qarorini amalga kiritgan edi. Xususan, “112.Ukraina”,” NewsOne” va “ZIK” telekanallari taqiqqa tushgan. Ushbu kanallarda ko‘pincha "Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi deputatlari chiqish qilishgan.
Yangiliklar lentasi
0