NY Times: AQSh o‘z qo‘shinini chiqarsa, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olishi mumkin

Obuna bo‘lish
Voqealarning bunday rivoj topishi Al-Qoida (Rossiya Federatsiyasida ta’qiqlangan) terroristik guruhi Afg‘onistonda yana kuchayishiga olib kelishi mumkin.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. AQSh razvedka xizmati prezident Jo Baydenni agar AQSh toliblar va hukumat o‘rtasida bitim imzolangunga qadar o‘z qo‘shinini olib chiqadigan bo‘lsa, "Tolibon" radikal harakati (RFda ta’qiqlangan) ikki-uch yil ichida Afg‘onistonning kattagina qismida nazorat o‘rnatishi mumkinligi haqida xabardor qildi.
Bu haqda o‘z manbasiga tayangan holda New York Times nashri xabar bermoqda.
Amaldorlarning fikriga ko‘ra, voqealarning bunday rivoj topishi “Al-Qoida” guruhi (RFda ta’qiqlangan) Afg‘onistonda yana kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Ilgariroq, AQSh prezidenti Jo Bayden davlat rahbari sifatida birinchi matbuot-anjumanida Vashington “taktik sabablarga ko‘ra” Afg‘onistondan 1-mayga qadar Qatarda imzolangan bitimga muvofiq qo‘shinlarni olib chiqa olmasligi, bu qiyin masala ekanligini ma’lum qilgan edi.
“Taliban” snova nastupayet: v Afganistane proizoshla seriya teraktov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Pentagon Afg‘onistonni tark etmoqda – 193 milliard $ nimaga sarflandi?
Toliblar ushbu bitimga sodiqligini ta’kidlab, AQShni uni buzmaslikka chaqirishdi.
Aks holda, Afg‘onistonda urushning davom etishi amerika zimmasiga tushadi, deya qo‘shimcha qildi ular.
2020 yil fevral oyi oxirida Qatarda bo‘lib o‘tgan marosimda AQSh va Tolibon 18-yildan ortiq davom etgan urushdan so‘ng birinchi tinchlik shartnomasini imzoladilar. Bu 14 oy ichida Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqib ketishni va mahbuslar almashinuvidan so‘ng afg‘onlararo muloqot boshlanishini nazarda tutadi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2020
Afg‘on qozoni qaynamoqda: Amerikaliklar ketmoqda, tolibon qurollanmoqda
Afg‘onistonda hukumat kuchlari va mamlakatning qishloq joylarida katta hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarga qarshi hujumni boshlagan Tolibon harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud. Shuningdek, mamlakatda "Islom davlati" (ID, Rossiya Federatsiyasida ta’qiqlangan) terroristik guruhining ta’siri kuchaygan. Milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab aksilterror operatsiyalarini o‘tkazmoqdalar.
Yangiliklar lentasi
0