Sharmandali o‘q uzish: amerikaning F-35 qiruvchisi o‘zini pushkadan otib qo‘ydi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishIstrebitel-bombardirovshik F-35. Arxivnoe foto
Istrebitel-bombardirovshik F-35. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
Obuna bo‘lish
AQSh Dengiz piyodasi korpusining F-35B qiruvchi-bombardimoni Arizona shtatidagi "Yuma Reynj" poligonida o‘ziga o‘zi o‘q o‘zishi oqibatida qulab tushdi. Yetkazilgan zarar miqdori 2,5 million $dan ortiqni tashkil etadi
AQShning eng yangi, eng qimmat va foydasiz F-35 Lightning II qiruvchisi kuzatuvchilarni o‘zining aql bovar qilmas “xatoliklari” va “sarguzashtlari” bilan hayratga solmoqda va bu bilan amerika texnologiyalarini nomukammal harbiy texnika yo‘nalishidagi savdoda ustunligini alohida ajratib ko‘rsatmoqda. Ba’zan "ko‘rinmas" o‘zini o‘zi otib qo‘ymoqda.
AQSh dengiz piyoda korpusining (DPK) F-35B qiruvchi-bombardimonchisi Arizona shtatidagi “Yuma Reynj” poligoni ustida o‘zi tomonidan uzilgan o‘q oqibatida (jangovar boyepripas aviatsiya pushkasi stvolidan uchib chiqishi zahoti portlagan edi) urib tushirildi. Samolyot korpusiga katta zarar yetkazilgan. Uchuvchi jarohat olmagan, ammo u katta qiyinchilik bilan F-35B ni aviabazaga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.
Istrebitel F-35 Lightning II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2021
AQSh nega F-35 qiruvchisi seriyali ishlab chiqarilishini yana kechiktirdi
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 2,5 million dollardan oshadi. Bu voqea juda, deyarli ishonib bo‘lmaydigan darajada g‘alati.
Dengiz piyodasi uchun F-35B korpusi konfiguratsiyasi 25 millimetrli GAU-22/A Gatling (GPU-9/A) kalibrli aviatsiya pushkasi bilan jihozlanadi va u korpusning pastki qismida joy olgan. “Yuma Reynj” poligoni ustida yarim zirhli, parchalanuvchi-portlovchi, yonib-havoda iz qoldirib uchadigan o‘q-dorilar - PGU-32/B SAPHEI-T ishlatilgan. Odatda ulardagi portlovchi moddalar nishonga yaqin qolganda qisqa muddatli kechikish bilan ishga tushardi.
Dengiz piyodalari korpusi rasmiy vakili kapitan Endryu Vudning aytishicha, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Versiyalarning biri sifatida – qiruvchi arsenaliga tasodifan tushib qolgan sifatsiz o‘q-dorilar ko‘rib chiqilmoqda. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, mart oyida yuz bergan “A-sinfiga mansub hodisa” muammolar kompleks xarakterga egaligini va F-35ning texnologik jihatdan “xomligini” tasdiqlamoqda.
Amerikanskiy istrebitel F-35B  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2020
Amerika "ko‘rinmasi"ning yangi fojiasi: F-35 havoda o‘z zapravkachisini taran qildi
Lockheed Martin tomonidan ishlab chiqilgan, ko‘rinuvchanligi kam, ko‘p funksiyali "beshinchi avlod" F-35 Lightning II qiruvchi-bombardimonchisi potensial (yuqori texnologiyali) dushmanning radarlarida yaxshi ko‘rinadi; hamda havodagi jangda 4+ avlodiga mansub undan tezkorroq va manyovrlar jihatdan ustun bo‘lgan qiruvchilarga nisbatan oldindan yutqazishga mahkum, qolaversa, jangovar vaziyatda yerdagi nishonlarni yo‘q qilish bo‘yicha yuqori samaradorlikni biror marta isbotlamagan.
F-35 konstruksiyasidagi fundamental kamchiliklar shu qadar ahamiyatli va bartaraf etilmas darajadaki, Pentagon 20-yil davomida - 2000-yil oktabrdagi birinchi parvozdan buyon - F-35A modifikatsiyasi (Harbiy havo kuchlari uchun), F-35V (Dengiz pexotasi korpusi uchun), F-35S (harbiy dengiz floti uchun) ommaviy ishlab chiqarilishiga ruxsat bermadi. Qo‘shma Shtatlarning yevropalik ittifoqchilari har qanday qulay bahona evaziga bunday qimmat va befoyda qiruvchilarni sotib olishdan voz kechishga urinayotgani bejiz emas. Misol uchun, Buyuk Britaniya mart oyida "iqtisodiy inqiroz tufayli" F-35Vga buyurtmalarni 65 foizga qisqartirgan.
Amerikanskiy istrebitel F-35B  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2020
Parvoz vaqtida F-35ning dumi tushib qolsa, termoyadro bombalari taqdiri ne kechadi

Bosh aylanishdan “falokat”

Yevropa mamlakatlaridan farqli o‘laroq, Yaponiya Mitsubishi Heavy Industrie kompaniyasining Nagoyadagi zavodida F-35A qiruvchilarini yig‘ishni davom ettirmoqda, bu Qo‘shma Shtatlardan tayyor mashinalarni olganda narxlarda minimal foyda tafovutini keltirib chiqaradi, xolos. Yaponiyada ishlab chiqarilgan bir dona F-35 86,3 million dollar turadi, amerikaniki esa - 86,76 million. Jami 13 milliard dollarga 147 ta samolyotga buyurtma berilgan. Shu bilan birga, AQSh Yaponiyaga F-35ning ba’zi nozik texnologiyalariga “dostup” bermagan. Shu bois yapon o‘z-o‘zini himoya qilish havo kuchlari amerika “ko‘rinmasi”ning “yuzini saqlab qolish uchun” ba’zida o‘z uchuvchilarining obro‘sini qurbon qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.
2019 yil bahorida Misava aviabazasi yaqinidagi o‘quv parvozi paytida Yaponiyaning to‘rtta F-35A laridan bittasi soatiga 1000 km dan yuqori tezlikda Tinch okeaniga quladi. Tajribali uchuvchi, mayor Akinori Xosomi negadir katapulta qila olmadi yoki tashvish signalini yubora olmadi, qiruvchi shunchaki g‘oyib bo‘ldi. Keyinchalik halokat joyi, samolyot qoldiqlari va uchuvchi jasadining qoldiqlari aniqlandi. F-35A Lightning II shu qadar vayron bo‘lganki, hodisa sabablari to‘g‘risida fikr yuritish o‘ta qiyinlashdi. Yaponiya harbiy-havo kuchlarining rasmiy bayonoti ham shu darajada paradoksli bo‘ldi: samolyot qulashiga uchuvchining bosh aylanishi sabab bo‘lgan ekan.
Istrebitel-bombardirovshik F-35 na voyenno-vozdushnoy baze Lyuk v Arizone  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2021
F-35 qiruvchisi ustida yana qora bulutlar quyuqlashmoqda
Dunyodagi har qanday armiyadagi eng aql bovar qilmas hodisa - bu boshi aylanadigan qiruvchi-uchuvchisidir. Boshqa tomondan, turli mamlakatlarda ko‘pincha F-35 bortidagi superkompyuter bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelib turadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiy-havo kuchlarining 58-qiruvchi eskadrilyasi F-35A qiruvchi-bombardimonchisi 2020-yil may oyida Florida shtatidagi Eglin bazasi yaqinidagi o‘quv parvozi paytida halokatga uchradi. Uchuvchi omon qoldi va qiruvchi boshqaruvni yo‘qotgani haqida xabar berdi. Injiq mashina. Shuningdek, F-35 kabinasi va boshqaruv uskunalari uchuvchi uchun “o‘ta yuqori texnologik" degan fikr ham mavjud. Masalan, bir donasining narxi 400 ming $ga teng to‘ldirilgan haqiqatli parvoz dubulg‘asinini olaylik.
Lockheed Martin tomonidan bo‘lgan bosimga qaramay, Pentagon 2021-yil yanvarida yana – samolyotning texnik muammolari sababli - F-35 "ko‘rinmaslarining" ommaviy ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yishni noma’lum muddatga qoldirdi. AQSh havo kuchlarining qattiq qarshiligi 2017-yildan beri davom etmoqda va buni tushunsa bo‘ladi. Samolyot hattoki tinch davrda ham xavfli (F-35 avariyalari to‘liqsiz ro‘yxati avvalroq keltirilgan edi). "Ko‘rinmas”ning virtual afzalliklari reallik bilan uchrashuvga dosh berolmaydi –yuqori tezliklarda F-35 parchalanishni boshlaydi va va u endilikda – pasporti bo‘yicha - qisqa muddatga eng yuqori tezlikni olishi mumkin bo‘lgan tovush tezligigacha bo‘lgan samolyotdir.

Tizimli nosozlik

AQSh HHKlari uchun har bir samolyot narxi 80 million dollarga tushirildi va shunga qaramay Pentagon F-35 ni "shubhali ishonchliligi, texnik xizmat ko‘rsatishning o‘ta yuqori talablari va yuqori ekspluatatsiya xarajatlari" uchun tanqid qilmoqda. Qiruvchi-bombardimonchi jangovar tayyor deb e’lon qilingani va 2014-yilda AQSh HHK qurollari safiga xizmatga kirganiga qaramay, u hali ham "yuqori intensiv jangga tayyor bo‘lishdan juda uzoq" va "2025 yilgacha tayyor bo‘lishi ehtimoldan yiroq". Ehtimol, bu vaqtga kelib Rossiya va Xitoy oltinchi avlod qiruvchilarini yaratishni boshlashadi.
Repetitsiya Parada Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Rossiya shimoliy hududlarini g‘ayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Eslatib o‘taman, Amerikaning F-35 “ko‘rinmas mahluqi” (istiqbolda yadroviy qurol tashuvchisi) aynan Rossiya Federatsiyasi va Xitoy harbiy salohiyati va ulkan hududlarini nishonga olgan holda yaratilgan. O‘tgan yilning kuzida Qo‘shma Shtatlarda F-35 NATOning Rossiyaga qarshi asosiy quroli deya nom qozondi.
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika F-35 parkining taxminan uchdan ikki qismi F135 dvigatelidagi muammolar tufayli parvozlarni bajarishga qodir emas. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, “chaqmoqlarning” faqat 36% bu vazifani bajarishga tayyor. Umumiy qiymati 1,7 trillion dollardan ortiq bo‘lgan dunyo tarixidagi eng qimmat qurol-aslaha dasturi sanalgan F-35 Joint Strike Fighter ning konseptual, tizimli, texnologik va moddiy-texnik va logistik halokati mablag‘ yetishmasligi tufayli murakkablashmoqda – atigi 10 milliard $ yetmayapti. Va vaqt "ko‘rinmasga" ga qarshi o‘ynamoqda.
Mnogofunksionalniy istrebitel Su-57 na vserossiyskom etape konkursa Aviadarts na aviatsionnom poligone Dubrovichi pod Razanyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2020
Rossiyaning Su-57 qiruvchisi dunyoni egallamoqda. Uning asosiy xususiyati nimada?
F-35 qiruvchisining bekamu-ko‘st emasligi 2008-yilda, RAND tahlilchilari Jon Stillion va Garold Perdue (jangovar tajribaga ega bo‘lgan sobiq harbiy uchuvchilar) tomonidan "Tayvan bo‘g‘ozi urushi" ning kompyuter simulyatsiyasida yaqqol namoyon bo‘lgan edi.
Amerika "chaqmog‘i" ko‘p bosqichli jangda xitoyning to‘rtinchi avlod qiruvchilariga ikki marta yutqazdi (F-35 butunlay yo‘q qilingan edi). Tahlilchilar yangi qiruvchi-bombardimonchi potensial dushmanning zamonaviy samolyotlariga dosh berolmasligi va shunchaki kichik rol o‘ynashini isbotlashmoqchi edi: "U tezlashuvda ortda qoladi, vertikal tezligi ham past, imkoniyatlari jihatdan ortda. Shuningdek, uning maksimal tezligi darajasi ham past. Vertikal tekisliklarda hujum qila olmaydi". Ammo bu xulosalar global, trillionlab mablag‘ sarflanadigan va patologik loyihaning amalga oshirilishini to‘xtata olmadi.
Amerikaliklarning oldindan ko‘zlagan istagi – fizika qonunlariga zid bo‘lsa-da - uchtasi birda bo‘lgan samolyotni yaratish (HHK uchun oddiy, HDK uchun palubali, Dengiz pexotasi korpusi uchun vertikal uchadigan va qo‘na oladigan) F-35 Lightning II ni tinch vaqtda ham “sarguzashtlarga” mahkum etmoqda, qolaversa harbiy mojaroda yuqori texnologiyali dushmanga yutqazmoqda. Ittifoqchi-davlatlarda “ko‘rinmaslarning” o‘jarlik bilan ilgari surilishi esa eng qurmasa moliyaviy yo‘qotishlar oldi olinishini naqd qilmoqda. Bu sarguzashtlarning davomi bor.
Yangiliklar lentasi
0