https://oz.sputniknews.uz/20210313/dstlik--ii-zbek-ind-uv-mashulotlari-izin-pallaga-kirdi-17733928.html
"Do‘stlik – II": o‘zbek-hind o‘quv mashg‘ulotlari qizg‘in pallaga kirdi
"Do‘stlik – II": o‘zbek-hind o‘quv mashg‘ulotlari qizg‘in pallaga kirdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. "Do‘stlik – II” hind-o‘zbek hamkorlikdagi o‘quvining mashg‘ulot jarayonlari qizg‘in pallaga kirdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi
2021-03-13T14:31+0500
2021-03-13T14:31+0500
2021-03-13T14:31+0500
dunyoda
armiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0d/17733699_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_597bb18bb17bf1ed89bc34259ff76013.jpg
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. "Do‘stlik – II” hind-o‘zbek hamkorlikdagi o‘quvining mashg‘ulot jarayonlari qizg‘in pallaga kirdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati.12 mart kun Hindiston armiyasi kapitan Shishir Shukla tomonidan avtomagistrallar va aholi yashash punktlariga kirish yo‘llariga qo‘yiladigan mobil blokpostlarda xizmatni tashkillashtirish, avto mashinalar va fuqarolarni tekshiruvdan o‘tkazish, shuningdek shubhali buyumlar va terrorchilar aniqlanganda, ularni zararsizlantirish bo‘yicha nazariy mashg‘ulot o‘tkazilib, mashg‘ulotning ikkinchi yarmida amaliy harakatlar namoyish etildi. Ko‘rgazmali mashg‘ulotlarning ikkinchi o‘quv nuqtasida Hindiston armiyasi kapitan Shishir Shukla tomonidan o‘rmon ichida joylashgan qishloq hududida joylashib olgan terrorchilarni qidirib topish, ularni qurshab olish va zararsizlantirish bo‘yicha dastlab nazariy, so‘ngra amaliy ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkillashtirildi.O‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatishdi. Jumladan, O‘zbekiston harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘shimcha taklif va mulohazalar bildirildi. Shu tariqa hamkorlikda o‘tkazilayotgan mazkur o‘quvlarda harbiy san’at borasida o‘zaro tajriba almashishdek ustuvor maqsadga erishilmoqda. O‘quv dasturidan dam olish soatlarida madaniy sport tadbirlari tashkil etilishi ham o‘rin olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210311/hind-ozbek-harbiy-17688053.html
https://oz.sputniknews.uz/20190505/Titanlar-zhangi-vertoltlar-sayli-va-minglab-askarlar-Chirchi-poligonidan-reportazh-11419078.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0d/17733699_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_77b7faab016b5518174247d288a9fad8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, armiya
"Do‘stlik – II": o‘zbek-hind o‘quv mashg‘ulotlari qizg‘in pallaga kirdi
Hamkorlikda o‘tkazilayotgan mazkur o‘quvlarda harbiy san’at borasida o‘zaro tajriba almashishdek ustuvor maqsadga erishilmoqda
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. "Do‘stlik – II” hind-o‘zbek hamkorlikdagi o‘quvining mashg‘ulot jarayonlari qizg‘in pallaga kirdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati.
12 mart kun Hindiston armiyasi kapitan Shishir Shukla tomonidan avtomagistrallar va aholi yashash punktlariga kirish yo‘llariga qo‘yiladigan mobil blokpostlarda xizmatni tashkillashtirish, avto mashinalar va fuqarolarni tekshiruvdan o‘tkazish, shuningdek shubhali buyumlar va terrorchilar aniqlanganda, ularni zararsizlantirish bo‘yicha nazariy mashg‘ulot o‘tkazilib, mashg‘ulotning ikkinchi yarmida amaliy harakatlar namoyish etildi.
Ko‘rgazmali mashg‘ulotlarning ikkinchi o‘quv nuqtasida Hindiston armiyasi kapitan Shishir Shukla tomonidan o‘rmon ichida joylashgan qishloq hududida joylashib olgan terrorchilarni qidirib topish, ularni qurshab olish va zararsizlantirish bo‘yicha dastlab nazariy, so‘ngra amaliy ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkillashtirildi.
O‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatishdi. Jumladan, O‘zbekiston harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘shimcha taklif va mulohazalar bildirildi. Shu tariqa hamkorlikda o‘tkazilayotgan mazkur o‘quvlarda harbiy san’at borasida o‘zaro tajriba almashishdek ustuvor maqsadga erishilmoqda. O‘quv dasturidan dam olish soatlarida madaniy sport tadbirlari tashkil etilishi ham o‘rin olgan.