Tank biatloni "Chirchiq" umumqo‘shin dala o‘quv maydoni bazasidagi maxsus maydonda o‘tkazildi.
Tantanali marosimni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib berdi va mazkur bellashuv harbiy xizmatchilar o‘rtasida musobaqadoshlik, o‘zaro jipslik va hamjihatlik muhitini shakllantirish, ularning kasbiy malaka va mahoratini yuksaltirishga xizmat qilishini aytib o‘tdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi tadbir bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini O‘zbekistonning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlar muqaddas xotirasini yod etish kunlari arafasida, mamlakatda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik qadr-qimmati, osudalikni saqlash, mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va hayr-sahovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida kamol toptirish tadbirlari doirasida o‘tkazilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlandi. Tank biatloni ishtirokchilariga ulkan zafarlar tilandi.
Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra quyidagi jamolar g‘oliblar qatoridan o‘rin oldi.
T-62 tank ekipajlari orasida: 1-o‘rin — Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug; 2-o‘rin — Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug; · 3-o‘rin — Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug.
T-64 (takomillashtirilgan) tank ekipajlari orasida: 1-o‘rin — Sharqiy-harbiy okrug ekipaji; 2-o‘rin — Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti; 3-o‘rin — Sharqiy-harbiy okrug.
T-72 tank ekipajlari orasida: 1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi ekipaji; 2-o‘rin — Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug; 3-o‘rin — Markaziy harbiy okrug.
G‘olib va sovrindor jamoalar mudofaa vaziri tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar, navbatdagi harbiy unvonlar hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan budjet yengil avtotransport vositalariga imtiyozli ravishda kredit olish huquqini qo‘lga kiritishdi.