Jizzaxda mudhish YTH: ikki kishi tiriklayin yonib ketdi

CC0 / Unsplash / Flavio Gasperini / Gorashiy avtomobil. Illyustrativnoe foto
Gorashiy avtomobil. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Obuna bo‘lish
“Cobalt” haydovchisi va uning yo‘lovchisi kuyish jarohatidan vafot etgan. “GAZ-31” haydovchisi esa tuman tibbiyot birlashmasida hayotdan ko‘z yumgan.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Jizzax viloyati Forish tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
YTH “Jizzax - Forish - Qizilcha” 4R-36 yo‘lining 85- kilometrida ro‘y bergan. Navoiy viloyati Nurota tumani Sintop qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi J.S. boshqaruvidagi “Cobalt” Z.D. boshqaruvidagi “GAZ-31” bilan to‘qnashgan.
Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida “Cobalt”da yong‘in kelib chiqqan. Natijada ushbu avtomashina haydovchisi J.S. va uning yo‘lovchisi X.G. kuyish jarohatidan vafot etgan.
“GAZ-31” haydovchisi B.T. ham tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan.
Strashnoe DTP v Namangane uneslo jizni 6-ti chelovek, vklyuchaya troix detey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2020
Namanganda ayanchli YTH: olti kishi tiriklayin yonib ketdi
Mazkur avtomashinada bo‘lgan haydovchining hamqishlog‘i yo‘lovchi I.E. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yangiliklar lentasi
0