https://oz.sputniknews.uz/20210119/Rossiyadan-boshacha-zish-ylini-topdik-Pentagon-nimani-rezhalashtirmoda-15816918.html
"Rossiyadan boshqacha o‘zish yo‘lini topdik". Pentagon nimani rejalashtirmoqda
"Rossiyadan boshqacha o‘zish yo‘lini topdik". Pentagon nimani rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ellik yil deganda birinchi marta AQSh atom energiyasidan faqatgina HDKda foydalanishdan chetlanadi. Yangi ixcham reaktorlar Vashingtonga nima uchun kerakligi haqida ... 19.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-19T15:16+0500
2021-01-19T15:16+0500
2021-01-19T15:23+0500
analitika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1444/16/14441662_0:12:1000:575_1920x0_80_0_0_14eb66bc495e16b0edb034cbcfdef461.jpg
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik, Andrey Kos. Amerikaliklar atom energiyasining harbiy yo‘nalishini rivojlantirishga qaror qilishdi. Hozircha amaldagi prezident sanalgan Donald Tramp qurolli kuchlar kosmosdagi tadqiqotlar uchun kam quvvatli yadroviy reaktorlarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ellik yil deganda birinchi marta AQSh atom energiyasidan faqatgina HDKda foydalanishdan chetlanadi. Yangi ixcham reaktorlar Vashingtonga nima uchun kerakligi haqida - RIA Novosti materialida o‘qing.Zaxira manbaAQSh Qurolli kuchlarida suvosti kemalari va avianoseslar atom reaktorlari bilan jihozlangan. Shu tufayli, amerika flotining eng yirik harbiy kemalari dengizda deyarli chegaralanmagan muddat bo‘ladi oladi.Boshqa mamlakatlar HDKlarida ham yadroviy energiyadan foydalaniladi. Misol uchun, fransuzlarda "Sharl de Goll" avianosetsi atom tagasida bo‘lsa, Rossiyada — "Petr Velikiy" og‘ir raketa kreyseri atomga ega. Ammo AQShda atomoxodlar soni ancha ko‘p. Va amerikaliklar erishilgan natijalarda to‘xtashni o‘ylagani ham yo‘q."Prezident Trampning ko‘rsatmasiga binoan Mudofaa vazirligi mamlakat ichidagi harbiy obyektda kam quvvatli yadro reaktorlari nuqtayi nazaridan energetik egiluvchanlik va iqtisodiy samaradorlikni namoyon etish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda ko‘chma kam quvvatli reaktorni sinovdan o‘tkazadi. Bunday energiya manbalari quyosh energiyasidan foydalanish imkonsiz bo‘lgan, shuningdek, mudofaa sohasida ham kosmosni chuqur o‘rganish uchun o‘ta muhim va o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan hisoblanadi ", - deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.Hukumat kompakt (ixcham) yadro reaktorlari aynan uchun nima kerak bo‘lib qolganligiga aniqlik kiritmayapti. Defensenews.com portali ekspertlari fikricha, gap armiya bazalarida bo‘ladigan zaxira quvvat manbalari haqida bormoqda. Agar harbiy obyektda elektr energiyasi o‘chib qolsa, reaktor o‘ta muhim uskunalarni energiya bilan ta’minlaydi. Farmon matniga ko‘ra, birinchi prototip sinovlari olti oy ichida boshlanishi kerak - ekspertlar fikricha, bu AQShdagi eng yirik poligonlardan biri bo‘lgan Nevadada yuz beradi.Kosmosni zabt etishSecure World Foundation notijorat tashkilotining kosmik xavfsizlik bo‘yicha eksperti Brayan Uidenning eslatishicha, uzoq parvozlarda, jumladan, Oyga, Marsga va boshqa sayyoralarga uchiladiganlarida ham, yadroviy energiya albatta kerak. Istiqbolda esa - reaktorlar birinchi Yer sayyorasidan tashqarida tashkil etiladigan koloniyalarda kerak bo‘ladi. Ayrim mutaxassislarning fikricha esa, yangi texnologiyalarni orbita qurol platformalarida ishga solish mumkin. Umuman olganda, ushbu ssenariy fazoga potensial jang maydoni sifatida qarayotgan AQSh Kosmik qo‘shinlarining yetarli darajada agressiv doktrinasiga juda mos."Meni fikrimcha, bu amerikaliklarga birinchi navbatda kosmik maqsadlar uchun zarur, — deydi RIA Novostiga "Arsenal Otechestva" bosh muharriri Viktor Muraxovskiy. — Bizda "atom reaktori" so‘z birikmasida turli mazmun tushuniladi. Birinchidan, bu sekinlashtiruvchi-sterjenlar va quvvat-regulirovkasiga ega bo‘lgan uranning bo‘linish zanjiri reaksiyasiga asosida ishlaydigan qurilmadir. Rossiyada bunga o‘xshash qurilmalar "Burevestnik" va "Poseydon" buyumlari uchun allaqachon yaratilgan. Ikkinchidan — bu sputniklar, radiobuy va meteostansiyalarda qo‘llaniladigan izotop yadroviy energiya manbalaridir. Ular garchi ancha samarasiz bo‘lsada, ammo harholda radioaktiv zarar unchalik kuchli emas".Ekspert 1950-60-yy AQSh singari, SSSRda ham samoletlar uchun kompakt yadroviy reaktor yaratishga urinishlar bo‘lganini eslatib o‘tdi. Ammo bu loyihalardan voz kechilgan — hech bir, hatto eng yirik samolyot ham ekipaj biologik himoyasi tizimini torta olmagan. Shu bois, reaktorlar faqatgina yirik kemalarda qo‘llanilish bilan cheklangan, xolos.Ekspert Muraxovskiyning so‘zlariga ko‘ra, shu vaqtgacha, dunyoning birorta mamlakatida pilot bilan boshqariluvchi samolyotlar, suv sig‘imi kichikroq bo‘lgan kemalar va yoki yer usti transport vositalarida foydalanish mumkin bo‘lgan ixcham reaktorlarni yaratishga muvaffaq bo‘linmagan.Shu bilan birga, ekspert amerikaliklar Rossiya "Burevestnik" va "Poseydon"larini takrorlashni istayotganliklariga ham ishonmadi."Bu tizimlar anchayin o‘ziga xos, — deya tushuntiradi u. — Ular tajovuzkor yadro urushi boshlagan har qanday sharoitda kafolatli javob zarbasini amalga oshirish va g‘arb raketaga qarshi mudofaa tizimini yo‘q qilish uchun yaratilgan. Amerikaliklarda ular ko‘zlagan maqsadni amalga oshirish uchun ko‘proq mos bo‘lgan qurollar yetarlicha".Radiatsiya muammosiYadroviy kuch qurilmasi o‘z vaqtida 1949-yildan 1959-yilgacha AQSh HHK qurollari safida bo‘lgan mintaqalararo strategik bombardimonlar - Convair B-36 uchun ishlab chiqilgan. NB-36H uchar laboratoriyasining burun qismida 12-tonnalik himoya kapsulasi o‘rnatilgan. Diametri 1,2 metr va og‘irligi 16 tonna bo‘lgan bir megavatt quvvatga ega tezkor neytronlar asosidagi reaktor esa - bomba uchun mo‘ljallangan bo‘limga joylashtirilgan. U parvoz vaqtida ishga tushishi va samolet bortidagi havo qabul qiluvchi uskunalar orqali keladigan atmosfera havosi yordamida sovitilishi kerak edi. Sinov mashinasi 47ta parvozni amalga oshirgan, ammo yadroviy dvigatel faqatgina qisqa vaqt oraliqlarida yoqilgan.Ammo g‘oya juda maftunkor edi. Bunday uchar apparat havoda bir necha sutka yordamida jangovar navbatchilik olib borishga qodir bo‘lgan strategik bombardimonchi yoki razvedkachi sifatida qo‘llanilishi mumkin edi. Ammo muammolar juda ko‘p edi.Birinchidan, har bir atomolot — umuman olganda, o‘zimiznikilar ustiga tushishi mumkin bo‘lgan "iflos" bomba. Ikkinchidan, tajriba borti havoda ham o‘z ortidan radioaktiv moddalar "shleyfini" olib yurgan. Nihoyat, ekipaj har qanday holatda ham kuchli nurlangan. Mintaqalararo ballistik raketalarni yadroviy qurolni yetakzuvchi asosiy vosita sifatida rivojlantirish atomoletlar murakkab va xavfli dasturini barcha istiqbollardan mahrum etdi.AQShda yadroviy reaktorni yer ustida harakatlanadigan texnikaga ham o‘rnatishga harakat qilishgan edi. Yigirma besh tonnalik Chrysler TV-8 tanki ommaviy ishlab chiqarilmagan — u faqatgina ish tizimining bir qismi bilan jihozlangan to‘liq o‘lchamdagi maket ko‘rinishida bo‘lgan. Mashina kichik atom reaktori tomonidan yetkazib beriladigan issiqlik tufayli harakatga keladigan bug‘ dvigateli yordamida harakatga kelishi kerak edi. Umuman olganda, amerikalik harbiylar Chrysler korporatsiyasining qurolsozlarining innovatsion kayfiyatiga baho bera olmadilar. Tank o‘ta murakkab deb tan olindi, uning jangovar imkoniyatlari an’anaviy mashinalardan voz kechish uchun yetarlicha emas, degan xulosaga kelindi. Shu bilan 1956-yilning 23-aprelida TV-8 loyihasi yopildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210118/Dun-okeanida-ustuvorlik-ilish-ASh-dengiz-flotining-10-yillik-rezhasi-15812798.html
https://oz.sputniknews.uz/20201201/Eron-yadroshunos-fizik-olimi-kosmosdan-bosharilgan-qurol-yordamida-ldirildi-Al-Alam-15511259.html
https://oz.sputniknews.uz/20200703/S-500-kosmosdagi-gipertovush-qurollarni-yoq-qilishga-qodir-VKS-14464958.html
https://oz.sputniknews.uz/20200408/Tramp-Amerika-kosmosda-nazhot-topishiga-ishonadi-13881669.html
https://oz.sputniknews.uz/20201222/Bunaasi-dunda-ech-kimda-y---Putin-yangi-urol-aida-15655411.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1444/16/14441662_0:0:889:667_1920x0_80_0_0_a301f0726bcafab8968c073dc2409495.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika
"Rossiyadan boshqacha o‘zish yo‘lini topdik". Pentagon nimani rejalashtirmoqda
15:16 19.01.2021 (yangilandi: 15:23 19.01.2021) Ellik yil deganda birinchi marta AQSh atom energiyasidan faqatgina HDKda foydalanishdan chetlanadi. Yangi ixcham reaktorlar Vashingtonga nima uchun kerakligi haqida - RIA Novosti materialida o‘qing.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik, Andrey Kos. Amerikaliklar atom energiyasining harbiy yo‘nalishini rivojlantirishga qaror qilishdi. Hozircha amaldagi prezident sanalgan Donald Tramp qurolli kuchlar kosmosdagi tadqiqotlar uchun kam quvvatli yadroviy reaktorlarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ellik yil deganda birinchi marta AQSh atom energiyasidan faqatgina HDKda foydalanishdan chetlanadi. Yangi ixcham reaktorlar Vashingtonga nima uchun kerakligi haqida -
RIA Novosti materialida o‘qing.
AQSh Qurolli kuchlarida suvosti kemalari va avianoseslar atom reaktorlari bilan jihozlangan. Shu tufayli, amerika flotining eng yirik harbiy kemalari dengizda deyarli chegaralanmagan muddat bo‘ladi oladi.
Boshqa mamlakatlar HDKlarida ham yadroviy energiyadan foydalaniladi. Misol uchun, fransuzlarda "Sharl de Goll" avianosetsi atom tagasida bo‘lsa, Rossiyada — "Petr Velikiy" og‘ir raketa kreyseri atomga ega. Ammo AQShda atomoxodlar soni ancha ko‘p. Va amerikaliklar erishilgan natijalarda to‘xtashni o‘ylagani ham yo‘q.
"Prezident Trampning ko‘rsatmasiga binoan Mudofaa vazirligi mamlakat ichidagi harbiy obyektda kam quvvatli yadro reaktorlari nuqtayi nazaridan energetik egiluvchanlik va iqtisodiy samaradorlikni namoyon etish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda ko‘chma kam quvvatli reaktorni sinovdan o‘tkazadi. Bunday energiya manbalari quyosh energiyasidan foydalanish imkonsiz bo‘lgan, shuningdek, mudofaa sohasida ham kosmosni chuqur o‘rganish uchun o‘ta muhim va o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan hisoblanadi ", - deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.
Hukumat kompakt (ixcham) yadro reaktorlari aynan uchun nima kerak bo‘lib qolganligiga aniqlik kiritmayapti. Defensenews.com portali ekspertlari fikricha, gap armiya bazalarida bo‘ladigan zaxira quvvat manbalari haqida bormoqda. Agar harbiy obyektda elektr energiyasi o‘chib qolsa, reaktor o‘ta muhim uskunalarni energiya bilan ta’minlaydi. Farmon matniga ko‘ra, birinchi prototip sinovlari olti oy ichida boshlanishi kerak - ekspertlar fikricha, bu AQShdagi eng yirik poligonlardan biri bo‘lgan Nevadada yuz beradi.
Secure World Foundation notijorat tashkilotining kosmik xavfsizlik bo‘yicha eksperti Brayan Uidenning eslatishicha, uzoq parvozlarda, jumladan, Oyga, Marsga va boshqa sayyoralarga uchiladiganlarida ham, yadroviy energiya albatta kerak. Istiqbolda esa - reaktorlar birinchi Yer sayyorasidan tashqarida tashkil etiladigan koloniyalarda kerak bo‘ladi. Ayrim mutaxassislarning fikricha esa, yangi texnologiyalarni orbita qurol platformalarida ishga solish mumkin. Umuman olganda, ushbu ssenariy fazoga potensial jang maydoni sifatida qarayotgan AQSh Kosmik qo‘shinlarining yetarli darajada agressiv doktrinasiga juda mos.
"Meni fikrimcha, bu amerikaliklarga birinchi navbatda kosmik maqsadlar uchun zarur, — deydi RIA Novostiga "Arsenal Otechestva" bosh muharriri Viktor Muraxovskiy. — Bizda "atom reaktori" so‘z birikmasida turli mazmun tushuniladi. Birinchidan, bu sekinlashtiruvchi-sterjenlar va quvvat-regulirovkasiga ega bo‘lgan uranning bo‘linish zanjiri reaksiyasiga asosida ishlaydigan qurilmadir. Rossiyada bunga o‘xshash qurilmalar "Burevestnik" va "Poseydon" buyumlari uchun allaqachon yaratilgan. Ikkinchidan — bu sputniklar, radiobuy va meteostansiyalarda qo‘llaniladigan izotop yadroviy energiya manbalaridir. Ular garchi ancha samarasiz bo‘lsada, ammo harholda radioaktiv zarar unchalik kuchli emas".
Ekspert 1950-60-yy AQSh singari, SSSRda ham samoletlar uchun kompakt yadroviy reaktor yaratishga urinishlar bo‘lganini eslatib o‘tdi. Ammo bu loyihalardan voz kechilgan — hech bir, hatto eng yirik samolyot ham ekipaj biologik himoyasi tizimini torta olmagan. Shu bois, reaktorlar faqatgina yirik kemalarda qo‘llanilish bilan cheklangan, xolos.
Ekspert Muraxovskiyning so‘zlariga ko‘ra, shu vaqtgacha, dunyoning birorta mamlakatida pilot bilan boshqariluvchi samolyotlar, suv sig‘imi kichikroq bo‘lgan kemalar va yoki yer usti transport vositalarida foydalanish mumkin bo‘lgan ixcham reaktorlarni yaratishga muvaffaq bo‘linmagan.
Shu bilan birga, ekspert amerikaliklar Rossiya "Burevestnik" va "Poseydon"larini takrorlashni istayotganliklariga ham ishonmadi.
"Bu tizimlar anchayin o‘ziga xos, — deya tushuntiradi u. — Ular tajovuzkor yadro urushi boshlagan har qanday sharoitda kafolatli javob zarbasini amalga oshirish va g‘arb raketaga qarshi mudofaa tizimini yo‘q qilish uchun yaratilgan. Amerikaliklarda ular ko‘zlagan maqsadni amalga oshirish uchun ko‘proq mos bo‘lgan qurollar yetarlicha".
Yadroviy kuch qurilmasi o‘z vaqtida 1949-yildan 1959-yilgacha AQSh HHK qurollari safida bo‘lgan mintaqalararo strategik bombardimonlar - Convair B-36 uchun ishlab chiqilgan. NB-36H uchar laboratoriyasining burun qismida 12-tonnalik himoya kapsulasi o‘rnatilgan. Diametri 1,2 metr va og‘irligi 16 tonna bo‘lgan bir megavatt quvvatga ega tezkor neytronlar asosidagi reaktor esa - bomba uchun mo‘ljallangan bo‘limga joylashtirilgan. U parvoz vaqtida ishga tushishi va samolet bortidagi havo qabul qiluvchi uskunalar orqali keladigan atmosfera havosi yordamida sovitilishi kerak edi. Sinov mashinasi 47ta parvozni amalga oshirgan, ammo yadroviy dvigatel faqatgina qisqa vaqt oraliqlarida yoqilgan.
Ammo g‘oya juda maftunkor edi. Bunday uchar apparat havoda bir necha sutka yordamida jangovar navbatchilik olib borishga qodir bo‘lgan strategik bombardimonchi yoki razvedkachi sifatida qo‘llanilishi mumkin edi. Ammo muammolar juda ko‘p edi.
Birinchidan, har bir atomolot — umuman olganda, o‘zimiznikilar ustiga tushishi mumkin bo‘lgan "iflos" bomba. Ikkinchidan, tajriba borti havoda ham o‘z ortidan radioaktiv moddalar "shleyfini" olib yurgan. Nihoyat, ekipaj har qanday holatda ham kuchli nurlangan. Mintaqalararo ballistik raketalarni yadroviy qurolni yetakzuvchi asosiy vosita sifatida rivojlantirish atomoletlar murakkab va xavfli dasturini barcha istiqbollardan mahrum etdi.
AQShda yadroviy reaktorni yer ustida harakatlanadigan texnikaga ham o‘rnatishga harakat qilishgan edi. Yigirma besh tonnalik Chrysler TV-8 tanki ommaviy ishlab chiqarilmagan — u faqatgina ish tizimining bir qismi bilan jihozlangan to‘liq o‘lchamdagi maket ko‘rinishida bo‘lgan. Mashina kichik atom reaktori tomonidan yetkazib beriladigan issiqlik tufayli harakatga keladigan bug‘ dvigateli yordamida harakatga kelishi kerak edi. Umuman olganda, amerikalik harbiylar Chrysler korporatsiyasining qurolsozlarining innovatsion kayfiyatiga baho bera olmadilar. Tank o‘ta murakkab deb tan olindi, uning jangovar imkoniyatlari an’anaviy mashinalardan voz kechish uchun yetarlicha emas, degan xulosaga kelindi. Shu bilan 1956-yilning 23-aprelida TV-8 loyihasi yopildi.