Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan qutladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari o‘tib borayotgan yil jamiyat ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim voqealarga boy bo‘lganini qayd etdi.

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi — 2021-yil kirib kelayotgani bilan tabrikladi.

Novogodnyaya yolka v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
"V lesu rodilas yolochka" xit taronasi o‘zbek tilida yangradi — video

"Siz azizlarni, mo‘’tabar nuroniylarimiz, mehribon opa-singillarimiz, navqiron yoshlarimizni – ko‘pmillatli butun xalqimizni ushbu go‘zal ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman", - dedi prezident o‘z tabrigi avvalida.

Mirziyoyev 2020-yil butun dunyo qatori O‘zbekiston uchun ham og‘ir va murakkab kelganini, koronavirus pandemiyasi, global inqiroz insoniyatni jiddiy sinovdan o‘tkazayotganini ta’kidladi.

"Mana shunday murakkab vaziyatga qaramasdan, mard va olijanob xalqimizning matonati, fidokorona mehnati bilan barcha sohalarda katta o‘zgarishlarni amalga oshirdik.

Iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishga erishdik. Yuqori texnologiyalarga asoslangan o‘nlab yangi korxonalar, transport tizimlari ishga tushirildi. Zamonaviy uy-joylar, yo‘l va ko‘priklar, bog‘cha va maktablar, shifoxonalar, madaniyat va san’at, sport maskanlarini barpo etdik.

Moskva v preddverii Novogo goda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqi va prezidentini dunyo mamlakatlari yetakchilari qutlamoqda

Mirishkor dehqon va fermerlarimiz barcha qiyinchiliklarni mardona yengib, mo‘l hosil yetishtirdilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun yanada keng imkoniyatlar ochildi. Yil davomida aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar uchun minglab yangi ish o‘rinlari yaratildi", - dedi prezident.

O‘zbekiston rahbari o‘tib borayotgan yil jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy hayotida ham muhim voqealarga boy bo‘lganini ta’kidladi.

Xorijiy davlatlar, avvalo, yaqin qo‘shnilarimiz bilan do‘stlik va hamkorlikni yanada kuchaytirdik. O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

"Biz kirib kelayotgan 2021-yilga yaxshi niyat va katta rejalar bilan «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berdik. Yangi yilda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda boshlagan keng ko‘lamli islohotlarimizni izchil davom ettiramiz. Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va elatlar o‘rtasidagi totuvlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi.

Novogodnee obrashenie prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston
"Birgalikda normal hayotni qayta tiklaymiz": Putin rossiyaliklarni Yangi yil bilan tabrikladi

Xalqimizning turmush farovonligini oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida ahamiyat beramiz", - deb va’da qildi davlat rahbari.

Yoshlar, mehnatkash va oqila opa-singillar, muhtaram keksalarning hayotiy manfaatlarini ta’minlash e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Sog‘liqni saqlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish masalalari yangi bosqichga ko‘tariladi.

2021 yilda davlat mustaqilligiga 30-yil to‘ladi. "Ushbu shonli sanani, inshoolloh, barchamiz birgalikda munosib nishonlaymiz", - deb qayd etdi Mirziyoyev.

"Yangi O‘zbekistonni barpo etish, milliy yuksalish poydevorini yaratishga qaratilgan ulkan ishlarimizni qat’iy davom ettiramiz.

Shu go‘zal oqshomda barchamizning niyatimiz, tilagimiz bitta: yurtimizda yashayotgan har bir oila, har bir inson murod-maqsadiga yetsin! Jonajon O‘zbekistonimiz gullab-yashnasin, dunyomiz tinch bo‘lsin! Kirib kelayotgan 2021-yil ona diyorimizga fayzu baraka, yangi yutuq va zafarlar olib kelsin! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!"

Yangiliklar lentasi
0