O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqi va prezidentini dunyo mamlakatlari yetakchilari qutlamoqda

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishMoskva v preddverii Novogo goda
Moskva v preddverii Novogo goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tabriklarda joriy yilgi xatar va qiyinchiliklarga qaramay, mamlakatimiz bilan hamkorlik izchil rivojlangani ta’kidlanib, kelgusida o‘zaro munosabatlar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirilgan.

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Yangi yil bayrami munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.

Novogodnee obrashenie prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston
"Birgalikda normal hayotni qayta tiklaymiz": Putin rossiyaliklarni Yangi yil bilan tabrikladi

Ularda joriy yilgi xatar va qiyinchiliklarga qaramay, mamlakatimiz bilan hamkorlik izchil rivojlangani ta’kidlanib, kelgusida o‘zaro munosabatlar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirilgan.

Davlat rahbariga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, ezgu niyatlar izhor etilgan.

Jumladan, o‘z tabriklarini quyidagilar yubordilar:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;

Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel;

Xolodnaya kaurma i gorachiy gruzinskiy tost: kak gotovatsya k Novomu godu v blijnem zarubejye - Sputnik O‘zbekiston
Yaxna qovurdoq va gruzincha issiq tost: MDHda Yangi yilga qanday tayyorgarlik ko‘rishmoqda

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev;

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Talant Mamitov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani;

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad  al-Jobir as-Saboh;

Daniya Qirolichasi Margrete II;

Norvegiya Qiroli Xarald V;

Vengriya Prezidenti Yanosh Ader;

Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda;

Latviya Respublikasi Prezidenti Egils Levits;

Irlandiya Respublikasi Prezidenti Maykl Xiggins;

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub;

Mo‘g‘uliston Prezidenti Xaltmaagiyn Battulg‘a;

Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddi;

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko;

Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin;

Xitoy Xalq Respublikasi Raisining o‘rinbosari Van Sishan;

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsan;

Yaponiya parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Akiko Santo;

Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li San Lun;

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban;

Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov;

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;

Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) Bosh kotibi Yens Stoltenberg;

Yevropa Markaziy banki prezidenti Kristin Lagard;

Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuriya;

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bag‘dat Amreyev.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0