"V lesu rodilas yolochka" xit taronasi o‘zbek tilida yangradi — video

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov respublikaning jamiki aholisini, shuningdek, Sputnik mushtariylarini Yangi yil bilan qutladi. San’atkor har bir bolakayga yaxshi tanish bo‘lgan xit tarona - "V lesu rodilas yolochka" qo‘shig‘ini o‘zbek tilida kuyladi.

Yangi yil turli davlatlarda turlicha nishonlanadi. Har bir davlatning o‘z an’analari, taomlari, yangi yil taronalari bor. Ammo sobiq SSSRning barcha aholisi sodda va ayniqsa, bolalar orasida mashhur bo‘lgan "V lesu rodilas yolochka" qo‘shig‘ini yaxshi eslashsa kerak. Axir bu tarona Yangi yilning norasmiy madhiyasi sanaladi.

Ushbu tarona o‘zbek tilida kuylanmagani tufayli, O‘zbekiston Xalq artisti Mansur Toshmatov o‘z variantini taklif etib, qo‘shiqni kuyga soldi.

Ajoyib musiqiy tabriknomani bizning videoda tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0