Yaman aeroportidagi terakt: 25 kishi qurbon bo‘lgan, 110 kishi jarohatlangan

© AP PhotoObstrel aeroporta v Yemene: chislo jertv viroslo do 13
Obstrel aeroporta v Yemene: chislo jertv viroslo do 13 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aeroportga yangi hukumat a’zolari Po prilete chlenov novogo pravitelstva aeroport obstrelyali raketami. Vlasti strani zayavili, chto pered vzrivami bili slishni bespilotniki.

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Yaman janubida Aden aeroportida yuz bergan terakt oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi, 110 nafari jarohatlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Samolet - Sputnik O‘zbekiston
Yamandagi aeroportda kuchli portlash sodir bo‘ldi - video

Fojia kecha yuz bergan. Kelish zalida bir nechta kuchli portlashlar yuz bergan. Xuddi shu vaqtda samolyot trapidan Saudiya Arabistonidan qaytgan yangi hukumat a’zolari tushib kelishlari kerak edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida aloqa vaziri o‘rinbosari, Aden gubernatori vakili va mahalliy qamoqxona direktori bor. yavazirlar jabr ko‘rishmagan, ularni hukumat saroyiga o‘tkazishgan.

RIA Novosti manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, aeroport Yaman janubi-g‘arbidagi Taiz provinsiyasida joylashgan "Ansar-Alla" (xusiylar) harakati qo‘zg‘olonchilari nazoratida bo‘lgan hududlardan raketa hujumiga uchragan.

Sky News Arabia telekanali o‘z navbatida, portlashlar oldidan aeroport ustida dronlar ovozlarini eshitilgani haqida xabar bergan. Telekanal shuningdek, raketa kelib tushishi lahzalari aks etgan videoni joylagan.

Posledstviya aviaudarov VVS koalitsii po Yemenu - Sputnik O‘zbekiston
Arab koalitsiyasi Yamanning shimoliy qismini bombardimon qildi - OAV

Yaman hukumati teraktda qo‘zg‘olonchilarni ayblamoqda, ammo xusiylar siyosiy burosi a’zosi Muhammad al-Baxitiy ularning harakati "Aden aeroportidagi hujumga hech qanday aloqador joyi yo‘qligi, portlashlar esa hukumat kuchlaridagi turli guruhlar o‘rtasida hisob-kitob natijasi" ekanini ma’lum qilgan.

Yuz bergan hodisaga xalqaro hamjamiyat tezkorlik bilan munosabat bildirdi.

Rossiya teraktni keskin qoraladi, sinchkovlik bilan surishtiruv ishlarini o‘tkazish tarafdori ekanini ma’lum qilib, halok bo‘lganlarning yaqinlariga ta’ziya bildirdi.

Moskva ta’kidiga ko‘ra, ichkiyaman mojarosining barcha tomonlari murosaga kelmas ekan, ushbu muammoni hal etib bo‘lmaydi.

AQSh o‘z bayonotida Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlagan.

Yaman, Sana shahri - Sputnik O‘zbekiston
Yamanda vabo epidemiyasi tufayli favqulodda holat e’lon qilindi

Ma’lumot uchun: Yamanda 2015-yildan buyon prezident Abdu Rabbu Mansur Xadi (Saudiya Arabistoni harbiy ko‘magi bilan) va xusiy-qo‘zg‘olonchilar (Eron ko‘magi ostidaligi taxmin qilinadi) tarafdorlari o‘rtasida fuqarolik urushi davom etib kelmoqda.

Sal oldin, Saudiya Arabistonida bo‘lgan prezident Xadi Abdul Malik boshchiligida 24 vazirdan iborat yangi hukumatni tayinlagan edi.

Hukumat tarkibiga respublika janubiy qismi ajralib chiqishi tarafdori bo‘lgan Janubiy Yaman Muvaqqat kengashining besh nafar a’zosi kirgan.

Mamlakatning shimoli, shu jumladan, Sana shahri, xusiylar nazoratida qolmoqda. Shu bois, respublikaning xalqaro darajada tan olingan vaqtinchalik poytaxti Aden shahri bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0