Arab koalitsiyasi Yamanning shimoliy qismini bombardimon qildi - OAV

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPosledstviya aviaudarov VVS koalitsii po Yemenu
Posledstviya aviaudarov VVS koalitsii po Yemenu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, 4-noyabr kuni husiylar Saudiya Arabistoni tomon ballistik raketani uchirgan edi. Saudiya Arabistoni harbiylari raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan, raketa qoldiqlari Ar-Riyod aeroporti hududiga kelib tushgan edi.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yamanning shimoliy qismi bo‘ylab qator zarbalarni amalga oshirdi. Bombardimonlar natijasida "Ansar Alloh" (husiylar) harakati isonchilarining o‘ndan ziyod dala komandirlari yo‘q qilindi, deb xabar qildi chorshanba kuni RIA Novosti Sky News Arabia sputnik telekanaliga tayangan holda.

Pentagon - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Yamanga zarba berdi
Xabarlarga ko‘ra, Yaman poytaxti — Sananing Naxm tumaniga berilgan zarba natijasida raketa va boshqa qurol-aslahalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan 11 nafar isonchi halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, koalitsiya samolyotlari, mamlakatning shimoli-g‘arbida joylashgan Hajja provinsiyasidagi qo‘zg‘olonchilar harbiy lageriga hujum qilganlar. Buning oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, husiylar tayanch punkti hisoblangan Saada shahri ham bombardimon qilingan.

Ayni vaqta, Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi Yamandagi husiy jangarilarning 40 yetakchisi haqidagi axborot uchun 400 mln dollar berishini e’lon qilgan. Mukofot puli husiylar yetakchilarining hibsga olinishi yoki ularning joylashgan o‘rni haqida axborot berganlarga to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, 4-noyabr kuni husiylar Saudiya Arabistoni tomon ballistik raketani uchirgan edi. Saudiya Arabistoni harbiylari raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan, raketa qoldiqlari Ar-Riyod aeroporti hududiga kelib tushgan edi.

Raketa urib tushirilishi natijasida hech kimga zarar yetmagan, aeroport faoliyatida ham to‘xtashlar ro‘y bermagan.

Hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan husiylar ushbu zarba Arab koalitsiyasi tomonidan Sana va Yamanning shimoliy qismiga berilgan yopirilgan zarbalarga javob ekanligini ma’lum qilishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0