TOShKENT, 15-may — Sputnik. Yaman poytaxti Sana shahrida favqulodda holat e’lon qilindi. Shaharda vabo kasalligi avj olib, o‘nlab odamlar halok bo‘lgach mamlakat ushbu qarorni qabul qilgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti Reyterga tayangan holda.
Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vakili Dominik Stillxart, mamlakatda vaboga chalinganlar soni 8,5 mingga yaqin ekanligini aytib o‘tgan.
Yaman Sog‘liqni saqlash vazirligi insonparvarlik tashkilotlarini ushbu epidemiyaga qarshi kurashda yordam berishga chaqirgan.
Vazirlikning ta’kidlashicha, harbiy harakatlarlardan qattiq zaiflashib qolgan Yamanning sog‘liqni saqlash tizimi epidemiyaga qarshi kurashishga qodir emas.
Yamanda 2014-yildan buyon isonchi xusiylar va hukumat kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv davom etib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, vabo — o‘tkir, o‘ta xafvli ichak gruppasi kasalligi xisoblanadi, faqat odam og‘riydi. O‘ta xafvli deyilishiga sabab: klinikasi og‘ir o‘tadi; 40%-50% holatlarda o‘lishga olib keladi.
Juda tez tarqaladi, qisqa vaqt ichida juda ko‘p yerlarga tarqalib ketadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.