Chet davlatda ishlayotgan o‘zbekistonliklarga pensiya tayinlash tartibi e’lon qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash, pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish hukumatning 2016-yil 22-fevraldagi qaroriga ko‘ra tasdiqlangan nizom bilan tartibga solinadi.

TOShKENT, 25 dek - Sputnik. Pensiya jamg‘armasi xorijda mehnat faoliyati olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun qay tarzda pensiya hisoblanishi haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda "Daryo".

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Pensiya ta’minotiga doir qonun loyihasi tayyorlandi

Qayd etilishicha, xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash, shuningdek, to‘langan yagona ijtimoiy to‘lovini, pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish hukumatning 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qaroriga ko‘ra tasdiqlangan nizom bilan tartibga solinadi.

Nizomga muvofiq, chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs boshqa davlatda ishlagan har bir oyi uchun Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lovni ixtiyoriy ravishda to‘laydi.

Xorijda bo‘lish davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, pasportdagi O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) hamda O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning boshqa davlatda bo‘lgan vaqti hamda konsullik hisobiga qo‘yilganligi ma’lumoti ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadi.

Pensiya va nafaqa - Sputnik O‘zbekiston
Pensiya qanday hisoblanadi?

Bugungi kunda chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan bir yil uchun to‘lanadigan ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori 2020-yil 1-dekabr holatiga 1 181 115 so‘mni tashkil etadi.

Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:

har oyda yoki har chorakda;

biryo‘la — O‘zbekistonga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.

Rublevie kupuri raznogo dostoinstva - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada mehnat migrantlariga pensiya to‘lanadi

Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda, yagona ijtimoiy to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan kun hisoblanadi. To‘lov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.

Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashni to‘xtatib turganda pensiya tayinlash uchun olinadigan ish staji hisobi Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan so‘nggi sanadan boshlab to‘xtatib turiladi.

Pensiya jamg‘armasiga to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdori yagona ijtimoiy to‘lovning belgilangan miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda, pensiya tayinlash uchun olinadigan tegishli davr uchun ish staji zarur mablag‘larni qo‘shimcha ravishda kiritish sharti bilan hisobga olinadi.

Yangiliklar lentasi
0