Pensiya ta’minotiga doir qonun loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moliya vazirligi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritishga doir hujjat tayyorladi.

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Moliya vazirligi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlab, umumiy muhokamaga qo‘ydi.

Pensiya va nafaqa - Sputnik O‘zbekiston
Pensiya qanday hisoblanadi?

Loyihaning asosiy maqsadi - “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida” 2020-yil 15-oktabrdagi qonuniga asosan, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan “nogiron” degan atamani “nogironligi bo‘lgan shaxs” atamasiga almashtirish.

- mehnat qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxsga mehnat qobiliyati tiklanganligi yoki uzrsiz sabablarga ko‘ra qayta ko‘rikdan o‘tishga kelmaganligi oqibatida pensiyasi to‘xtatib qo‘yilib, besh yildan muddatdan so‘ng shaxsni takroran nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etilganida, amalda bo‘lgan qonunchilik talablaridan kelib chiqib nogironlik pensiyasini tayinlash.

- pensionerning vafoti munosabati bilan uning vafot etgan oydagi pensiya pulini oila a’zolariga to‘liq miqdorda to‘lash.

Ta’kidlanishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi Davlat budjetidan hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan yiliga 4,4 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0