BSST koronavirus vaqtida sayohatga chiqishni tavsiya etmayapti

© Sputnik / Migel Kandela / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Gonkonge v svazi s koronavirusom
Situatsiya v Gonkonge v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotda, poyezdda yoki avtobusda bo‘lgan vaqtlarida masofani saqlashga harakat qilish lozim.

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Koronavirus pandemiyasi paytida sayohat qilish tavsiya etilmaydi, ammo bu zarur bo‘lgan taqdirda, masofa saqlash hamda poyezd, avtomobillar va avtobuslarda iloji boricha oynalarni ochish kerak, deb bayonot qildi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan.

3d model koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tarkibida pandemiyaga sabab bo‘lgan yashirin gen topildi

"Inson birinchi bo‘lib: "u yerga borishimga rostdan zarurat bormi?" degan savolni o‘ziga berishi kerak. Shartmi bu? Agar, ha, shart, bo‘lsa, demak xatarlarni kamaytirish chorasini ko‘rishi lozim. Biz bilamizki, birorta sayohat xavf-xatarsiz bo‘lmaydi, ammo biz bu xatarni kamaytirish uchun ko‘p narsa qilishimiz mumkin", - deyiladi Svaminatanning videoizohida. Izoh BSSTning Instagramdagi rasmiy akkauntida e’lon qilingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotda, poyezdda yoki avtobusda bo‘lgan vaqtlarida masofani saqlashga harakat qilish lozim.

"Agar siz avtobusda yoki mashinada va hatto poyezdda bo‘lsangiz, ventilyatsiya bo‘lishi uchun oynalarni ochishingiz mumkin. Har doim niqob taqing", - deydi ekspert.

Stroiteli vo vremya otdelochnix rabot - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya davrida o‘zbekistonliklarni Rossiyaga ishga yuborish jarayoni soddalashtirilmoqda

Svaminatan shuningdek, dezinfeksiya vositalarini o‘zi bilan olib yurishni, qo‘lni sovun bilan tez-tez yuvishni maslahat berdi. O‘zini bexos sezayotgan, yo‘talayotgan yoki temperaturasi bo‘lgan insonlarga, ekspert, sayohatni ortga qoldirishni maslahat beradi.

"Agar siz odamlar bilan uchrashishingiz rejalashtirilgan belgilangan manzilga kelsangiz va uchrashadigan odamlar xatar guruhida bo‘lsa, u holda 14 kunlik karantinni o‘tganingiz ma’qul", - deya qo‘shimcha qildi ayol.

Bayramlar yaqinlashayotgani munosabati bilan Svaminatan ularni oila davrasida nishonlashga chaqirdi. Ob-havo sharoiti qulay bo‘lgan mamlakatlarda oilaviy tadbirlarni toza havoda nishonlagan ma’qul, deb qo‘shimcha qiladi ayol.

Yangiliklar lentasi
0