Tizim buzildi: Amerika ushbu inqirozdan ikkala partiyasini ham yo‘qotib chiqadi

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishFragment Kapitoliya Vashingtona
Fragment Kapitoliya Vashingtona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika jamiyatining bugungi rivojlanish darajasiga ikki partiyali tizim mos kelmay qolgan bo‘lsachi? Balkim ularga KPSSga o‘xshagan bir partiyali tizim kerakdir? Yoki Rossiyaga o‘xshash ko‘p partiyali tizim ko‘proq mos kelar?

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Bu allaqachon sodir bo‘lishi kerak edi: amerikalik siyosatchi aytganiday – bugungi krizisdan Amerika ikkala partiyasini ham yo‘qotib chiqadi degan edi. Demokratik va Respublikachilar partiyalaridan iborat tizim ta’mirlashni emas, to‘liq almashtirishni talab qiladi.

Kandidat v prezidenti SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
AQSh maxsus xizmati: Baydenni navbatdagi ahmoqona nutqini tinglang, — bunga Putin aybdor

Foreign Policy jurnalining yozishiga ko‘ra, bugungi kunda AQSh jamiyatidagi bo‘linish shu darajaga yetgan-ki, har bir partiya birligini faqat boshqa partiyaga bo‘lgan nafrat yordamida ushlab turibdi. Respublikachilar Tramp atrofida jamlangan, aks holra mamlakatla “Marks revolyutsiyasi"  bo‘ladi. Demokratlar ham qolishmaydi – ular faqatgina Tramp ikkinchi marotaba saylovda g‘olib chiqishi qo‘rquvga solgani uchun birga bo‘lib turishibdi, aks holda mafkuraviy sabablarga ko‘ra bir birlarini g‘ajib tashalagan bo‘lardi.  

Maqola muallifi Li Dratman ushbu vaziyatdan chiqish uchun har bir saylov uchastkasida nomzodlarning uzun ro‘yxati bo‘yicha ovoz berishni taklif qilmoqda. Xuddi Irlandiya, Avstraliya va ... (nahotki?) Rossiyada bo‘lganidek. Ushbu uslub ko‘p partiyali tizim yaratishda va vaztatdan chiqishda yordam berishi mumkin.

Ko‘rib turibmizki, Amerikadagi inqiroz yana bir marta hamma uchun muhim bo‘lgan savolni qo‘ymoqda – qanday siyosiy tizim yaxshi? Bir, ikki yoki ko‘p partiyalimi?

Bir partiyali tizim – nafaqat sobiq SSSRda bo‘lgan. Ko‘plab  davlatlar ushbu tizimdan o‘tgan. Unda yagona partiyaga o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lgan har qanday fuqarolar qo‘shilgan. Bunga yaqqol misol – Singapur. U yerda ushbu tizim 60-yillardan buyon ishlab kelmoqda va endi endi o‘z “charchog‘ini” ko‘rsatmoqda. Shunday tizimlar Hindiston, Xitoy, Tayvanda va deyarli butun Afrikada ham  ishlamoqda. Bunday tizim nimasi bilan xavfliligini ham barcha yaxshi biladi – dastlabki muvaffaqiyatlardan so‘ng u turib qolishi mumkin. Unda dastlabki g‘oyalar o‘rniga yuqoridan buyruqni kutadigan ijrochilarga aylanib qolishi mumkin. Shuningdek boshliqlar fikriga qo‘shilmaganlarni “tozalash” xavfi ham bor.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Bayden Trampni AQSh tarixidagi eng yomon prezident deb atadi

Ikki partiyali tizim – AQSh misolida ko‘rganimizdek, jamiyat asta sekin har biri o‘z qadriyatlariga ega bo‘lgan, lekin bir-biriga nafrat bilan qaraydigan 2ta teng guruhga bo‘linib qolishi mumkin. Bunda qarama qarshilik fuqaro urushi darajasigacha kuchayishi mumkin. Kimga kerak bunaqa tizim?

Ko‘p partiyali tizimning ham o‘z muammolari bor: masalan, dastlab mustaqil bo‘lgan partiyalarning bir-biriga qo‘shilishi, turli blok va alyanslar paydo bo‘lishi xavfi. Oqibatda ikki partiyali yoki bir partiyali hukumat monopoliya tizim ham kelib chiqishi mumkin.  

O‘sha maqolada AQSh ichki siyosiy tizimi to‘g‘risida Li Dratman yana bir qimmatli fikrni bildirgan. Bugungi voqealar odatiy hol, chunki har 24-36 yilda AQSh siyosiy tizimida sikl  almashadi, keyin hammasi iziga tushib ketadi, - dedi siyosatshunos.

Rukovoditel Sentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnix dvijeniy RF Vasiliy Koltashov  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh siyosat kuchi bilan iqtisodiy g‘alabaga erishmoqchi - ekspert

Bugungi AQSh tizimi asosan 1980-yillarda paydo bo‘lgan edi. AQSh 70-yillarda – Vyetnam urushida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng jamiyat shartli ikki guruhga bo‘lingan edi. Biri – urushda ishtirok etganlar bo‘lsa, ikkinchisi – unga qarshi bo‘lganlar. Birinchi guruh faol tashqi siyosat tarafdori bo‘lsa ikkinchisi ko‘proq ijtimoiy muammolarga e’tibor berish tarafdori bo‘lganlar edi. Lekin aksariyat masalalar bo‘yicha ularning ikkalasi ham hamfikr edi. Shu sababli ham tizim yashuncha yil yaxshi ishlab keldi.

Endi bo‘lsa, balkim Amerika jamiyati uchun ikki partiyali tizim mos kelmay qolgandir? Balkim ularning bugungi rivojlanish darajasiga bir partiyali yoki ko‘p partiyali tizim ko‘proq mos kelar?

Yangiliklar lentasi
0