Moskvada migrantlar uchun kasb-hunar kurslari boshlandi

© Foto : Jaxongir XayitovV Moskve startovali profkursi dlya migrantov iz Uzbekistana
V Moskve startovali profkursi dlya migrantov iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu tashabbus prezident farmonida ko‘zda tutilgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Worldskills Russia va Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti o‘rtasidagi qo‘shma bitimi bilan mustahkamlangan.

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Endi Rossiyaga ishlash uchun kelgan o‘zbekistonlik migrantlar Moskva va Rossiyaning boshqa 4ta shaharida bepul tashkil etilgan kurslarda o‘zlarining kasb-hunar mahoratlari va rus tilidagi bilimlarini oshirishlari mumkin.

Molodoy chelovek na leksii v Diplomaticheskoy akademii Ministerstva inostrannix del Rossiyskoy Federatsii - Sputnik O‘zbekiston
RFda tahsil olish uchun kvota: o‘rinlar ko‘proq bo‘ladi, tizimning o‘zi esa isloh etildi

Yaqinda bunday kurslar Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg va Novosibirskda boshlanadi.

Mashg‘ulotlar har kuni, migrantlar uchun qulay vaqtda, ya’ni ertalab, kechqurun, ish kunlari yoki dam olish kunlari o‘tkaziladi. O‘quv dasturlar har bir guruh uchun alohida tuziladi – kimdir elektrotexnika bo‘yicha kursdan o‘tishi mumkin, kimdir qurilish sohasini o‘rganadi, kimdir avval rus tilini o‘rganishi kerak.

Ta’kidlash joizki, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi zarur bo‘lsa o‘quv kursi tinglovchilariga turar joy, ovqatlanish va kurslar o‘tkaziladigan joyga yetib kelishni bilan ta’minlaydi. Bu haqda kursning ochiq eshiklar kunlarida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan o‘zbekistonliklar uchun kasblar va rus tilini o‘qitish ularning mehnat bozorida mutaxassis sifatida o‘z o‘rnini sezilarli darajada mustahkamlaydi, bu ularning daromadlari va hayot sifatini oshiradi. WorldSkills Russia va Rossiya Xalqlar Do‘stligi universitetidan hamkorlar bilan birgalikdagi faoliyat, vazirning o‘rinbosari, Rossiyada ishlayotgan minglab o‘zbekistonlik migrantlarning kasbiy malakasi va rus tilini bilish darajasini oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan maqsadlarga erishishga imkon beradi, deb hisoblaydi.

Tadbirda ishtirok etish uchun birinchi bosqichda O‘zbekistondan 100 nafardan ziyod migrant taklif qilindi. O‘quv-guruhlarga qabul qilish davom etmoqda. Tashkilotchilarning fikriga ko‘ra, o‘qitishga talab juda katta - migrantlar Rossiya bozori talablariga javob berish uchun kasbiy mahoratga ega bo‘lish zarurligini tushunmoqdalar.

V Moskve startovali profkursi dlya migrantov iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mehnat migrantlariga 10 million so‘mgacha mikroqarzlar beriladi

O‘quv kurslar nafaqat nazariy, balki amaliy tarzda o‘tkaziladi. Potensial ish beruvchilar migrantlarning malakasini oshirish uchun qurilish maydonlarini taqdim etishga tayyor.

Masalan, Moskvada 40 dan ortiq qurilish loyihalariga ega bo‘lgan "Mospromstroy" kompaniyalar guruhi o‘z xodimlari uchun treninglar tashkil qildi va kurs bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.

"Kurs tinglovchilari professional terminologiyani o‘zlashtirishi va keyinchalik mehnat bozorida samarali muloqot qilishi mumkin bo‘ladi", - dedi Alina Doskanova, WorldSkills Russia xalqaro direktori bosh direktorining o‘rinbosari, Rossiyadan WorldSkills International, WorldSkills Europe va WorldSkills Asiadagi texnik delegati. Biz respublikada WorldSkills harakatini rivojlanishning birinchi bosqichini yakunladik va WorldSkills standartlari bo‘yicha mustaqil baholashni ishlab chiqishga, shuningdek WorldSkills usullaridan foydalangan holda intensiv dasturlarda o‘qitishni tashkil etishga qaratilgan ikkinchi bosqichga o‘tmoqdamiz".

O‘quv-kursni tugatgandan so‘ng, ishtirokchilar Worldskills Russia tomonidan Skills-pasportini olishadi va ular o‘ziga mos bo‘lgan va yuqori maoshli ish topishlari mumkin.

Loyihaning axborot sherigi - Migrant.mobi portali.

Yangiliklar lentasi
0