RFda tahsil olish uchun kvota: o‘rinlar ko‘proq bo‘ladi, tizimning o‘zi esa isloh etildi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMolodoy chelovek na leksii v Diplomaticheskoy akademii Ministerstva inostrannix del Rossiyskoy Federatsii
Molodoy chelovek na leksii v Diplomaticheskoy akademii Ministerstva inostrannix del Rossiyskoy Federatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya universitetlarida qo‘shni davlatlar va Boltiqbo‘yi davlatlari abituriyentlariga bepul joylarni taqdim etish formati isloh qilinishi zarur, deb hisoblaydi Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov.

RF Davlat dumasi deputati Yevgeniy Primakov shu yilning iyun oyi oxirida Rossotrudnichestvo rahbari etib tayinlandi. U darhol Rossiya agentligi faoliyatida katta o‘zgarishlarni va’da qildi. Rossotrudnichestvoning yangi rahbari og‘riqli mavzulardan biri sifatida Rossiya universitetlarida chet el fuqarolari uchun ta’lim olish uchun kvotalar ajratish tizimini belgiladi.

“Kvotalar soni ko‘payadi - prezident (RF yetakchisi Vladimir Putin - tahr.) ularning soni oshishini aytgandi. 2023-yilga kelib kvotalar soni ikki baravar ko‘payishi kerak. Ammo Duma va Ta’lim va fan vazirligidagi hamkasblar bilan muhokama qilmoqdamiz, kvotalar bilan bog‘liq holat juda ham samarali emas”, - dedi Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov Sputnik muxbiriga.

U misol tariqasida Belarusni keltirdi, respublika uchun universitetlarda ko‘p budjet o‘rinlari ajratilgan, ammo Rossiyaga "Polsha bilan raqobatlashish mushkul".

“Polshaliklar nafaqat o‘qishga imkoniyat beradi, balki talabalar uchun stipendiyalar, grantlar ajratiladi. Agar biz o‘smirlarga faqat kelib, o‘qishni taklif qilsak, raqobatlashish qiyin. Biz bu kvotalarning hech bo‘lmaganda bir qismida grand va stipendiyalar paydo bo‘lishi uchun tizimni takomillashtirishimiz kerak. Kelinglar va o‘qinglar emas, balki - mana uchish uchun chipta, bu uy yoki yotoqxona uchun to‘lash imkoniyati", - dedi Primakov.

Inostranniy grajdanin razgovarivayet s sotrudnikom sentra, poluchaya trudovoy patent - Sputnik O‘zbekiston
Duma hududlardagi vaziyatga qarab migrantlarga kvota ajratish mexanizmini qo‘llab-quvvatladi

Rossotrudnichestvo Rossiyaga kelganda chet ellik talabalar, ular o‘qiyotgan sohada yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishidan manfaatdor. Tahsil olgandan so‘ng, ular uylariga qaytib, o‘zlari uchun muhim bo‘lgan lavozimlarni egallaydilar, yaxshi ish topadilar, deb ta’kidladi agentlik rahbari. Biroq, amaldagi tizimga binoan ko‘p holarda bu rejalar ro‘yobga chiqmay qoladi.

"Rossiyaga kelgan yigitlar, og‘ir ahvolga tushib qolishadi, ular dvornik, taksi haydovchisi sifatida ishlash uchun chiqishadi. Bu budjet mablag‘larimiz bu yigitlarning o‘qitishga sarflanishi nuqtayi nazaridan ham noto‘g‘ri", - deb tushuntirdi Rossotrudnichestvo rahbari.

Hozircha kvotalarni ajratish tizimini isloh qilish bo‘yicha aniq rejalar yo‘q, deb qo‘shimcha qildi, “rejalar - aniq yoki ravshanroq tuzilgan”, muammo faqat muhokama qilinmoqda. Biroq, islohotsiz ilojisi yo‘q, deb ishonadi Yevgeniy Primakov.

2020 yil boshida Davlat Dumasida xorijlik talabalar uchun kvotalarni 15 mingdan 30 minggacha budjet joylarini oshirish masalasi keng muhokama qilingandi. O‘shanda Dumaning MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisi Leonid Kalashnikov 15 ming Rossiyaning xalqaro roli va gumanitar kuchiga mos emas, deb aytdi. Shuningdek, u Polsha va Ruminiyani misol sifatida ko‘rsatdi, Polsha Belarus fuqarolari uchun 10 ming budjet joyini ajratadi, Ruminiya esa har yili Moldovaning 5 ming fuqarosini bepul o‘qitadi. Shu bilan birga, Rossiyada o‘qish uchun chet elliklarning murojaatlari soni 100 mingga yaqinlashdi. Natijada, Ta’lim va fan vazirligi chet ellik talabalar uchun kvotalar sonini 30 ming kishiga etkazishni rejalashtirmoqda. Shu vaqtda Rossiyada o‘qish uchun chet elliklarning murojaatlarining soni 100 mingga yaqinlashdi. Natijada Ta’lim va fan vazirligi kvotalar sonini 30 ming kishiga yetkazish rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0