Shifokor: emlash kunida spirtli ichimliklar iste’moli mumkin emas

Obuna bo‘lish
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 11-avgust kuni yangi koronavirus infeksiyasini oldini olish uchun dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan edi

TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Koronavirus infeksasiga qarshi emlanish kuni spirtli ichimliklarni iste’mol qilish mumkin emas, chunki bu immunitet va vaksina ta’siri zaiflashishi mumkin, dedi RIA Novostiga bergan intervyusida Sog‘liqni saqlash vazirligi shtatdan tashqari narkolog-mutaxassisi Yevgeniy Brun.

Allergolog-immunolog Vladimir Bolibok  - Sputnik O‘zbekiston
Immunolog Rossiya vaksinasi haqida: "u miltiq kabi, otishga shay"

"Menimcha, har qanday dori vositasi, shu jumladan, vaksina (koronavirusga qarshi) alkogolga mos emas, chunki birinchi navbatda toksik ta’sirga ega bo‘lib, immunitetni zaiflashtiradi va emlash ta’sirini pasaytiradi", - dedi u.

Seshanba kuni Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi koronavirus infeksiyasini (COVID-19) oldini olish uchun dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi, uni Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqdi.

Dori vositalarining davlat reyestriga ko‘ra, vaksina keng miqyosda muomalaga 2021-yil 1-yanvardan kiritiladi. U 1957-yilda uchirilgan Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi kabi - "Sputnik V" deb nomlandi.

Vaksina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom sentre vaksin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qaysi davlat vaksinasiga qiziqish bildirmoqda

Rossiyada epidemiyaning butun davrida 897599 kishi SARS-CoV-2 koronavirusini yuqtirdi, ularning 15,1 mingdan oshig‘i vafot etdi, 703 mingdan oshig‘i davolandi.

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallanganlar soni 20 millionga yaqinlashmoqda, ulardan kamida 728 mingtasi vafot etdi. Djons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 virusidan eng ko‘p jabr ko‘rgan davlatlar bu AQSh (besh milliondan ortiq yuqtirilganlar), Braziliya va Hindiston.

Rossiya to‘rtinchi o‘rinda qolmoqda, uning ortidan ro‘yxatda JAR, Meksika, Peru, Kolumbiya, Chili, Eron, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0