Tojikiston tomondan uloqtirilgan gashish: DXX narkotikka qarshi qator reydlar o‘tkazdi

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tishStrani mira. Tadjikistan
Strani mira. Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bekobod shahridan o‘tuvchi "o‘zbek-tojik" davlat chegarasidan O‘zbekistonga olib kirish uchun Tojikiston tomonidan uloqtirilgan 892,5 g "gashish" giyohvandlik moddasi topildi.

TOShKENT, 11 avg - Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Toshkent viloyati Bekobod shahridan o‘tuvchi "o‘zbek-tojik" davlat chegarasidan O‘zbekistonga olib kirish uchun Tojikiston tomonidan uloqtirilgan 892,5 g "gashish" giyohvandlik moddasi topildi. Hozirda, mazkur giyohvand moddaning kimga tegishli ekanligini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Dvoe zaderjani pri prigotovlenii narkotichesko sredstva - Sputnik O‘zbekiston
Qabriston yonida giyohvand moddasini tayyorlagan ikki yigit qo‘lga tushdi

DXX Xorazm viloyati boshqarmasi viloyat huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda Tuproqqal’a tumani "Sarimoy"» YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida "Samarqand-Urganch" yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan 42 yashar S.S. boshqaruvidagi "Malibu" avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashinaning tepa oyna qismida 3 dona sellofan paketlarda alohida skotchlangan jami 336 gramm opiy giyohvandlik vositasi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, S.S. ushbu og‘uni Samarqand viloyatida A. ismli shaxsdan kelgusida sotish maqsadida 2 300 AQSh dollari hamda 35 500 000 so‘mga sotib olgan.

Kpp na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda "Veteran" birlashmasi raisi chegaradan narkotik olib o‘tayotganda qo‘lga tushdi

Shuningdek, Toshkent-Urganch yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan "Isuzu" rusumli yuk avtomashinasi ham "Sarimoy" YPX maskanida to‘xtatilib tekshirilganida, avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan R.Yo. yonidan 185,49 g opiy topilgan. Ushbu shaxs tanishi Q. bilan o‘zaro til biriktirib, uchinchi shaxsdan taxminan 600 g opiy giyohvandlik vositasini 6 800 AQSh dollariga sotib olgan. Undan taxminan 400 g Q.da qoldirib, qolgan qismini sotish maqsadida Xorazmga olib ketayotgan bo‘lgan.

Yana bir holat. DXX Buxoro viloyati boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshkarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Andijonlik 40 yashar A.F. Toshkent shahridan Buxoro shahrida joylashgan temirchilik sexlaridan biriga kelgan vaqtida, unga tegishli bo‘lgan charm sumkaning ichida 173,15 g gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Rabota ekspertno-kriminalisticheskogo sentra  - Sputnik O‘zbekiston
O‘rikdagi nasha: xatirchilik otaxon narkotik yashirish bo‘yicha antiqa usulni qo‘lladi

Bundan tashqari, olingan tezkor ma’lumotlar asosida, A.Fning Toshkent shahrida vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, unga tegishli bo‘lgan kurtka cho‘ntagida ham 220 g gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan va xolislar ishtirokida protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, Toshkentda DXX va shahar Bojxona boshkarmasi xodimlari tomonodan 1980-yilda tug‘ilgan R.S. Chilonzor tumanida 1974-yilda tug‘ilgan I.Sh.ga 100 g gashish giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Shuningdek, ularda mavjud bulgan 1 550 AKSh dollari va 2 million so‘m ham ashyoviy dalil sifatida olib ko‘yilgan.

R.Sning Chilonzor tumanidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u yerda I.O. hamda R.A. tegishli bo‘lgan 195 g gashish moddasi topilgan.

Xozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan JK tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

Yangiliklar lentasi
0