Andijonda "Veteran" birlashmasi raisi chegaradan narkotik olib o‘tayotganda qo‘lga tushdi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevKpp na granitse
Kpp na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Narkotik moddalarni noqonuniy yo‘llar bilan O‘zbekistonga olib kirgan shaxslarning aksariyati "tovar"ni respublika poytaxtida pullashni rejalashtirgan

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. O‘zbekiston DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 10 kilogrammdan ziyod opiy va 22,5 kiloga yaqin gashish giyohvand moddalari musodara qilindi , deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Rabota ekspertno-kriminalisticheskogo sentra  - Sputnik O‘zbekiston
O‘rikdagi nasha: xatirchilik otaxon narkotik yashirish bo‘yicha antiqa usulni qo‘lladi

Xususan, "Veteran" jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasining Andijon viloyati Xo‘jaobod tuman bo‘limi raisi va yana bir shaxs mazkur tumanning Manak qishlog‘ining Qirg‘izistonning O‘sh shahri Suratosh qishlog‘i bilan chegaradosh hududidagi chegara simto‘siqlari orqali qirg‘izistonlik shaxsdan 971 gr. gashish giyohvand moddasini qabul qilib olib, chegaraoldi hududda harakatlanayotgan vaqtlarida DXX ChQ harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Shuningdek, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Toshkent viloyati Bekobod tumanida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbiri davomida 1988 y.t. Sh.A. 10 kg 130 gr. opiy va 19 kg 74 gr. gashish moddasi bilan qo‘lga tushgan.

Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik moddasini unga tojikistonlik tanishi O‘zbekiston - Tojikiston o‘rtasidagi chegara sim to‘siqlari ostidan o‘tkazib bergan.

Ministerstvo inostrannix del Rossii - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi narkotiklar savdosi ishtirokchisi - Rossiya TIV

Muqaddam sudlangan Sh.A. og‘uni Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan.

DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bo‘ston tumani hududidagi YPX maskanida "Andijon-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan "Cobalt" rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilgan. atijada, mashina yo‘lovchisi - 1983-yilda Paxtaobod tumanida tug‘ilgan S.Yu.ga tegishli bo‘lgan sellofan paket ichidan 1 kg 446 gr. gashish moddasi topilgan.

S.Yu. giyohvand moddani Qirg‘izistonning Qora-suu shahrida yashovchi shaxsdan olib, aylanma yo‘llar orqali Andijon viloyati hududiga olib o‘tgan va sotish maqsadida Toshkent shahriga ketayotgan bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0