Qabriston yonida giyohvand moddasini tayyorlagan ikki yigit qo‘lga tushdi

© Sledstvenniy departament pri MVD RUzDvoe zaderjani pri prigotovlenii narkotichesko sredstva
Dvoe zaderjani pri prigotovlenii narkotichesko sredstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki yigit Yuqori Chirchiq tumanidagi qabriston yonida nasha o‘simligiga o‘xshash giyohvandlik moddasini qozonda qovurayotgan vaqtda ushlandi.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatida giyohvand moddasini tayyorlagan ikki yigit qo‘lga tushdi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 27-iyun kuni Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari “Qora dori-2020” tadbirini o‘tkazgan. Unda 22 yoshli B.Sh. va S.I.lar Yuqori Chirchiq tumani Baliqchi mahallasidagi qabriston yonida joylashgan dala maydonida nasha o‘simligiga o‘xshash giyohvandlik moddasini qozonda qovurayotgani aniqlangan.

Meropriyatie po unichtojeniyu narkoticheskix sredstv  - Sputnik O‘zbekiston
DXX 620 kilodan ortiq narkotikni yoqib yubordi

Sudga oid kimoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, olingan  modda giyohvandlik vositasi. U vazni 1506 gramm bo‘lgan marixuana. 

Tergov harakatlari davomida B.Sh. va S.I.lar ushbu  giyohvandlik vositasini o‘zlari bir hafta davomida iste’mol qilishlari uchun tayyorlayotganliklari aniqlangan.

Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0