TOShKENT, 1 avg - Sputnik. AQSh prezidenti moliyaviy ishlar bo‘yicha etika idorasi Donald Trampning 2019-yil uchun yillik moliyaviy hisobotini e’lon qildi.
Yetmish sakkiz sahifadan iborat hujjatda aytilishicha, amerika rahbari o‘tgan yilda 21,4 mln $ daromadga Floridadagi Mar-a-lago kurorti tufayli va 40,5 mln $ daromadga Vashingtondagi Oq uy yaqinidagi oteli tufayli ega bo‘lgan.
Hujjatda 2019-yil uchun ma’lumotlar keltirilgan, shu bois, koronavirusning prezident biznesiga ta’siri aks etmagan. Ba’zi hollarda biznesni koronavirus fonida kiritilgan cheklovlar tufayli yopishga to‘g‘ri kelgan.
AQSh yetakchisi, shuningdek, Beverli-Xillzdagi dang‘illama turar-joyni sotib, 13,5 million dollar daromad olgani haqida xabar bergan. Bundan tashqari, Tramp daromadining kattagina qismi uning dunyo bo‘ylab ko‘chmas mulkdan olgan daromadidan iborat, shuningdek, u "Bitimlar tuzish san’ati" kitobi uchun yiliga 100 ming dollardan ko‘proq qalam haqi oladi.
O‘tgan yili u Kinoaktorlar gildiyalari mukofotidan 77,8 ming dollar va Amerika televidenie va radio artistlari federatsiyasidan 8,7 ming dollar pensiya olgan.
Trampning 14 krediti bor, ularning beshtasining umumiy summasi - 50 million dollardan ziyod.
Wall Street Journal gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti biznesi 2019-yilda jami 446 million dollar daromad keltirgan, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 2,6%ga ko‘pdir.