TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus tufayli pochta orqali ovoz berishga to‘g‘ri kelmasligi uchun 2020-yil noyabr oyida rejalashtirilgan prezidentlik saylovlarini boshqa kunga qoldirish yaxshiroq bo‘lishini taxmin qildi. Bu haqda u Twitterʼdagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pochta orqali ovoz berish “eng noaniq natijalarni” berishi mumkin.
“Odamlar to‘g‘ri, ishonchli va xavfsiz ovoz bera olishmas ekan, saylovlar boshqa kunga ko‘chirilsinmi???”, - deya savol bilan yuzlagan Amerika yetakchisi.
With Universal Mail-In Voting (not Absentee Voting, which is good), 2020 will be the most INACCURATE & FRAUDULENT Election in history. It will be a great embarrassment to the USA. Delay the Election until people can properly, securely and safely vote???
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) July 30, 2020
Tramp bir necha marta pochta orqali ovoz berishni tanqid qilgan edi. Shu tufayli Twitter uning ikkita postini yolg‘on ma’lumot sifatida belgilagan edi.
AQSh prezidenti saylovlari 2020-yil 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Amerikada 4,3 milliondan ziyod koronavirus bilan kasallanish qayd etilgan. Qurbonlar soni 150 mingdan oshgan.