Tramp qay tarzda Merkelning adabini berdi

Obuna bo‘lish
Vashingtonda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Pentagon rahbari Mark Esper AQSh Germaniyadagi qo‘shinlar sonini qisqartirishini ma’lum qildi.

Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqtlarda Germaniyadan 12 ming harbiy xizmatchi chiqib ketadi. Ulardan 6 ming nafari uyga qaytadi, qolgani Yevropaning boshqa davlatlariga, xususan Italiya va Belgiyaga o‘tadi. Shu yil iyun oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniyadan qo‘shinlar olib chiqish rejalari haqida aytgandi.

U o‘z qarorini NATOning ko‘rsatmalariga qaramay Berlin mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishni istamasligi bilan izohladi. Bu qadam Yevropa va Rossiya uchun nimani anglatadi – bu haqda videomizda.

Yangiliklar lentasi
0