"Hammasi jiddiy": nima uchun NATO Rossiya chegara yaqinidagi suvlarda mashq o‘tkazmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishMejdunarodnie voyenno-morskie ucheniya "Frukus-2012"
Mejdunarodnie voyenno-morskie ucheniya Frukus-2012 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
NATOning 25-yil ichidagi eng katta mashqlari bahorga rejalashtirilgan edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli iyunga qoldirildi.

TOShKENT, 15-iyun — RIA Novosti, Nikolay Protopopov. Minglab qo‘shinlar, yuzlab tanklar, jangovar samolyotlar va Sharqdan hujumlar "tahdidi" - Defender Europe 2020 keng ko‘lamli mashqlari avjida. AQSh Yevropadagi ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini yana bir bor tasdiqlashi kerak. Manevrlarning asosiy vazifasi - yirik suv to‘siqlarini zabt etish. G‘arb nima uchun yana Rossiya chegaralarida "jang qilmoqda", - RIA Novosti materialida.

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda NATO aviabazasi raketalar bilan o‘qqa tutildi

Eng sodiq ittifoqchi

NATOning 25-yil ichidagi eng katta manevrlari bahorga rejalashtirilgan edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli iyunga qoldirildi. Rasmiy bayonotlarga ko‘ra, mashg‘ulotning strategik maqsadi AQShning Shimoliy Atlantika Ittifoqiga sodiqligini va ularning "Yevropa ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashdagi qat’iyatliligini" namoyish etishdir.

AQSh u yerda doylashgan qo‘shinlarni kuchaytirish uchun 20 mingga yaqin askarni Germaniya orqali Yevropaga yuboradi, deb taxmin qilingan edi. Pentagon, hammasi bo‘lib, ushbu mashg‘ulotlarga qariyb 37 ming askar va zobitlarni ajratgan edi. Endi rejalar biroz o‘zgartirildi. Mashqlarning asosiy ishtirokchisi, Vashingtonning eng sodiq ittifoqchilaridan biri – Polsha bo‘ldi.

Tankoviy biatlon-2019. Individualnaya gonka - Sputnik O‘zbekiston
The National Interest Rossiyaning T-95 tankini NATO uchun chinakam dahshat, deb atadi

Aynan shu yerga shu kunlarda amerikalik askarlar va jihozlar yuklangan transport samolyotlari qo‘nishni boshladi. Drava o‘quv poligonida olti ming harbiy xizmatchi, ulardan ikki mingi polyaklar, “AQSh qo‘shinlarining Yevropaga tezkor joylashishi orqali strategik tayyorgarlik va hamkorlikni kuchaytirishga "yordam beradi.

"Albatta, epidemiya rejalarimizni o‘zgartirdi, ammo asosiysi, biz tezda vaziyatga moslashdik, - dedi Polsha milliy mudofaa vaziri Mariush Blashak. - Polsha armiyasi bir daqiqaga ham jangovar tayyorgarligini yo‘qotmadi".

Yuzdan ortiq tanklar va ikki yuzdar ortiq zirhli mashinalari, artilleriya, havo mudofaasi tizimlari, samolyotlar va vertolotlar - jami ikki mingga yaqin texnika. Polsha va Amerika qo‘shinlari bir nechta qo‘shma harbiy amaliyotlar o‘tkazadilar.

Polskiy voyennoslujashiy na fone flaga NATO - Sputnik O‘zbekiston
AQSh birovni himoya qilmoqchi yoki o‘zini: Polshadagi mitti mashqlar va Balt-oops

Asosiy taktik epizod - tank va havo-desant kuchlari ishtirokida suv to‘siqlarini ishg‘ol etish va qarshi hujumga o‘tish. “Valday” analitik klubining harbiy eksperti Artem Kureyev buni Defender Europe 2020 mashqlarida asosiy narsa deb hisoblaydi.

"Harbiy nuqtayi nazardan, Chexiya, Polsha va Litva harbiylariga yana bir bor sotib olinishi kerak bo‘lgan Amerika harbiy texnikasidan foydalanish bo‘yicha "master-klass" o‘tkaziladi, - deb tushuntiradi RIA Novostiga mutahassis. - Ammo siyosiy jihatdan bu NATOning dushman kuchlarinining hujumi vaziyatida Neman va Daugavani ishg‘ol etib ittifoq hududidan olib chiqishga tayyorligini namoyish etish".

Notinch Baltika

Baltika dengizida deyarli bir vaqtning o‘zida Baltops 2020 keng ko‘lamli harbiy-dengiz mashqlari boshlandi. Unda o‘n sakkiz mamlakat, o‘ttizta harbiy kemalar va taxminan shuncha samolyotlar ishtirok etmoqda. Bunday manevrlar bu yerda 49-yildan beri har yili o‘tkazilib kelinmoqda.

" Baltops afsonasi mudofaaga qaratilgan - kemalarga va havo hujumiga qarshi mudofaani tashkil etish, minalardan himoya qilish, shuningdek, dengiz blokadasi, - deya ta’kidlaydi ekspert. – bu mashqlarga e’tibor berish qiziq, chunki NATO manevrlarining mantig‘iga ko‘ra Estoniya, Latviya va Litva elektoratiga ittifoq Rossiya dengiz piyodalarining Saaremaa, Yurmala va Palanga plyajlariga qo‘nishiga yo‘l qo‘ymaysligi ko‘rsatish kerak".

Amerikanskie voyennie, otpravlyayushiyesya v rayon operatsiy Sentralnogo komandovaniya SShA iz Fort-Bregg, Severnaya Karolina - Sputnik O‘zbekiston
"Botqoqqa tortib ketadi". AQSh Yaqin Sharqdagi ruslardan xavotirda

Adolat uchun shuni ta’kidlash kerakki, barcha chegaradosh davlatlarda mintaqada harbiy mashqlar o‘tkazish huquqi bor. Biroq, so‘nggi yillarda AQSh va NATOning manevrlari Rossiya chegaralariga yaqinlashib kelmoqda, G‘arb siyosatchilari esa ulardan Moskva bilan munosabatlarni yomonlashtirish uchun bahona sifatida foydalanmoqdalar.

"Albatta, yirik xalqaro harbiy blok milliy qurolli kuchlar o‘rtasidagi hamjihatlikni kuchaytirishi kerak, deydi Kureyev. - Ammo aksariyat mashqlarning afsonasi shundaki, bu Rossiya harbiy potensiali bilan taqqoslanadigan allaqanday Sharqiy Yevropalik qo‘shnisining hujumidir. Bu, albatta  Rossiya va NATO o‘rtasidagi juda yaxshi bo‘lmagan konstruktiv munosabatlar dalilidir, faqat ushbu afsona harbiylar uchun emas, balki oddiy kuzatuvchilarga mo‘ljallangan. Boltiqbo‘yi davlatlari, Polsha va Chexiya konservativ, millatparast elektoratlari ittifoqchilar ularni rus ayiqlaridan himoya qilishiga amin bo‘lishlari kerak – bu potensial dushman hisobiga ko‘p ichki siyosiy va iqtisodiy muammolarni osonlikcha yo‘yish mumkin bo‘ladi".

Tashqi ishlar vazirligi ham, Rossiya Mudofaa vazirligi ham g‘arbiy hamkasblarining harakatlariga munosabat bildirmoqda, ularni keskinlik darajasini pasaytirishga va hech bo‘lmaganda fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 75-yilligini nishonlash paytida o‘z qo‘shinlarini chegaralardan olib chiqishga chaqirmoqda.

Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Yaqin Sharqda Rossiyaning roli haqida AQSh bayonoti – Zaxarova javobi

“Sir emaski, NATOning mashqlari, masalan, so‘nggi yillarda eng katta bo‘lgan “Yevropaning himoyachisi” Sovuq Urush qoliplari bo‘yicha tashkillashtirilgani va shunday rejalashtirilganki, uning faolligi cho‘qqisi, ya’ni jihozlar va harbiylarning eng katta ishtiroki 9-may atrofidagi davrga to‘g‘ri keldi", - deydi Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Grushko.

Diplomatning ta’kidlashicha, NATO mashqlari ketma-ket o‘tkazilmoqda. Borgan sari, razvedka samolyotlari deyarli Rossiyaning chegaralarida, ayniqsa Baltika va Qora dengizda uchib yurmoqda. Shuningdek, u AQSh harbiy-dengiz kuchlarining yaqinda Barensev dengiziga bostirib kirishini esga oldi va bunday holat 1980-yillarning o‘rtalaridan beri kuzatilmagan.

Shartnomalarni chetlab o‘tib

Rossiyalik diplomatlar va harbiylar chegaralar yaqinida keng ko‘lamli mashg‘ulotlardan voz kechishni, samolyotlar va kemalarga yaqinlashish uchun minimal masofani belgilashni, shuningdek, Boltiqbo‘yida jangovar samolyotlarni uchayotganda transponderlardan foydalanishni taklif qilmoqdalar. Biroq, bu takliflarga quloq solinmayapti.

Amerikanskaya voyennaya texnika pered perebroskoy v Yevropu dlya uchastiya v ucheniyax DEFENDER-Europe 20 - Sputnik O‘zbekiston
“Virus qayda qoldi?”: Polshada AQSh qo‘shinlari ishtirokida harbiy mashq boshlandi

Bundan tashqari, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi pandemiyadan so‘ng NATOning harbiy faolligi yanada kuchayishiga ishonch bildirmoqda. Kureyevning so‘zlariga ko‘ra, flot alyansning quruqlikdagi kuchlarini qo‘llab-quvvatlashda jiddiy rol o‘ynaydi.

Shunga qaramay, Baltops 2020 va Defender Europe 2020 mashqlarini Varshava shartnomasi tashkiloti va Shimoliy Atlantika alyansining sovuq urushi paytidagi yuz mingdan ortiq qo‘shinlari ishtirokidagi mashqlari bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Masalan, 1967-yildagi “Dnepr” mashqlarida bir yarim milliondan ortiq harbiylar qatnashgan, “G‘arb-1981” mashqlarida esa 100 mingdan ortiq harbiy qatnashgan. 1982-yilda esa Sovet “Qalqon-82” mashqlari o‘tkazildi, afsonaga ko‘ra, Sovet Ittifoqi NATOga qarshi oldini oluvchi yadroviy zarbani amalga oshirdi.

“Unda dushmanga o‘z harbiy potensialini va hujumni samarali ravishda qaytarish qobiliyatini namoyish qilish kerak edi, - deb eslaydi Kureyev. - Amerikaning javobi – “Tajribali kamonchi-1983” mashqlari, yangi kodlarni, aloqa tizimlarini sinab ko‘rish va yuqori martabali mansabdor shaxslarni yadro mojarosi paytida evakuatsiya qilish uchun qumondonlik-shtab o‘yini Varshava shartnomasi mamlakatlari va NATOni batamom urush yoqasiga keltirdi. Moskva mashqlarga tayyorgarlikni va London, Bonn va Vashington o‘rtasidagi qizg‘in muzokaralarni Sovet Ittifoqiga zarbani muhokama qilish sifatida qabul qildi".

Mashqlarni rejalashtirayotganda, NATO ko‘pincha xalqaro shartnomalarni buzadi. Xususan, 2011-yilda imzolangan "Ishonch va xavfsizlikni o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Vena hujjatining 8-moddasi oldindan ogohlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan keng ko‘lamli harakatlarga ko‘p cheklovlarni nazarda tutadi. Biroq, NATO o‘z mashqlarini turli mamlakatlardagi bir qator mustaqil mashqlar sifatida taqdim etishni yaxshi ko‘radi.

G‘arb kelishuvlarni shunchaki inkor qilmoqda, Rossiya esa mashqlar haqida oldindan xabar beradi yoki ularni chegaradan uzoqroq joyda amalga oshiradi. Bu yil rejalashtirilgan Kavkaz-2020 mashg‘ulotlari Povoljyeda va Shimoliy Kavkazda bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0