TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Juda ko‘pchilik insonlar o‘z telefoniga ularga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni ochiq bazaga chiqarib yuboradigan, suhbatlarni eshitadigan va harakatlarni kuzatadigan ilovalarni yuklab oladilar. Bu haqda "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida Group-IB kompyuter kriminalistikasi laboratoriyasi rahbari o‘rinbosari Sergey Nikitin aytib o‘tgan. RIA Novosti xabari asosida.
Uning aytishicha, smartfon uchun eng keng tarqalgan tahdid bu – telefonning e’tiborsiz egasidir. Brauzer orqali yuklab olingan ilovalar esa asosiy zararlanish manba sanaladi.
"Izlash tugmasi birinchi o‘rinda rasmiy sayt nomini emas, reklamani topadi. Bu ma’lumotlar firibgarlar tomonidan sotib olinadi va telefon yordamida havola orqali o‘tib, siz zarar yetkazuvchi APK fayllarni yuklab olgan bo‘lasiz", – deydi Nikitin.
"Kasperskiy laboratoriyasining" antiviruslar bo‘yicha eksperti Viktor Chebishev Nikitin fikrlariga qo‘shiladi. Chebishev yovuz niyatlilar zarar yetkazuvchi fayllarni ommabop ilovalar ko‘rinishiga keltirishlarini aytadi.
"2019 yilda troyan viruslari ko‘proq fotosuratlarni qayta ishlovchi dastur ko‘rinishida bo‘lgan", – deydi u.
Shuningdek, firibgarlarga uskuna ekranini ko‘ra oladigan, masofadan boshqarish ilovasi ham juda qo‘l kelmoqda.
"Yovuz niyatli shaxs avvaliga sizdan dasturni yuklashni so‘rab, so‘ngra sizning nomingizdan moliyaviy operatsiyani amalga oshirishi mumkin. Ko‘pgina banklar bir martalik push-ogohlantirishlarni ko‘rsatadi, shu bois, uni telefon ekranida ko‘rish katta muammo tug‘dirmaydi", - deb hikoya qiladi Group-IB vakili.
Nikitin antivirus tanlovida mashhur brendlarni tanlagan ma’qulligi, chunki "feyklar" juda ko‘pligini qo‘shimcha qildi.
Ekspert fikricha, agar ilova administratorlik funksiyalarini talab qilayotgan bo‘lsa, hushor bo‘lish lozim. Shuningdek, ogohlikka chaqiruvchi signallardan yana biri bu - "maxsus imkoniyatlar" (imkoniyati cheklangan odamlar uchun servis) funksiyasidir.
Nikitinning aytishicha, ishlab chiqaruvchilar tomonidan telefon ichiga o‘rnatilgan xavfsizlik texnologiyalari yildan-yilga takomillashmoqda. Smartfon tanlashda xavfsizlik patchlariga e’tibor berish kerak, deya maslahat berdi u.
Ekspertning aytishicha, 2019-yilning noyabridan keyin ishlab chiqarilgan patchlar xavfsiz hisoblanadi.