Birinchi yanvardan O‘zbekiston aholisini nimalar kutmoqda

© SputnikKalendar
Kalendar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
28 turdagi hujjatlarni talab qilishning bekor qilinishi, hokimliklarning bir qator funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanishi, tajriba-sinov tariqasida OTMlarning o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi – batafsil maqolada.

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi haqida ma’lumot tayyorladi.

1. Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish uchun javobgarlik borshqaruv organlariga yuklanadi. Davlat xaridlari bo‘yicha topshiriqlar va import kontraktlari “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi”da ekspertizadan o‘tkazilmaydi.

Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi davlat qo‘mitasi tashkil etildi

2. 100 boshli chorva va 100 ming parranda bo‘lgan xo‘jaliklarda veterinariya vrachi va zootexnik shtati joriy etiladi.

Qoramolchilik yo‘nalishidagi xo‘jaliklardagi hamda aholi qaramog‘idagi sigirlar seleksiya rejasiga asosan naslli buqalar urug‘i bilan sun’iy urug‘lantiriladi.

3. Respublikaning barcha hududlaridagi ko‘chmas mulkka nisbatan huquqlar haqidagi ma’lumotlar Reyestrga faqat elektron shakldagi kadastr pasporti tayyorlanganidan keyin notariuslar tomonidan elektron kiritiladi va mulkdorga Reyestrdan ko‘chirma beriladi.

4. Quyidagilar kadastr organlariga elektron yuboriladi:

Goroda mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida qarorni imzoladi

banklar tomonidan uy-joyga nisbatan mulk huquqini hamda ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda uy-joyni qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektini “E-IJRO AUKSION”da sotish va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish orqali vujudga kelgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlar.

5. Tut daraxtlarini g‘ayriqonuniy kesganlik, shikastlaganlik yoki yo‘q qilganlik uchun undirilgan jarimaning 50 foizi huquqbuzarlik sodir bo‘lgan hududda yangi tut ko‘chatlari ekish uchun yo‘naltiriladi.

6. Qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan induksion pechlar va kameralarga nisbatan tegishli bojxona imtiyozlari tatbiq etilmaydi.

7. Og‘ir va yirik gabaritli avtomobillarning vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish, ularning avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi uchun yig‘im undirish va harakatlanishiga ruxsatnoma berish Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (Qo‘mita) tomonidan amalga oshiriladi.

Avtomobili v tonnele - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi pullik tonnellar va avtomobil yo‘llari qurilishi rejalashtirilmoqda

Yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalari va ularning konstruksiyalari, shu jumladan foto- va videoqayd etish texnik vositalari Qo‘mita bilan kelishilgan holda o‘rnatiladi.

8. Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, yo‘l-qurilish ishlarini texnik nazorat qilish uchun yangidan boshlanadigan obyektlar bo‘yicha shartnomalar faqat davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladigan tanlov (tender) yakunlari bo‘yicha tuziladi.

Toshkent shahri ko‘chalarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalarini sinov tarzida Toshkent shahar hokimligi amalga oshiradi.

9. 2020-yil 1-yanvardan boshlab, neft bitumining yo‘llarga mo‘ljallangan markalarini sotish sohasida faoliyat olib borish huquqi uchun litsenziya olish talab etilmaydi.

Snos domov  - Sputnik O‘zbekiston
Hokimliklar yer uchastkasini olib qo‘yish vakolatidan mahrum qilindi - yangi tartib

10. Hokimliklarning alohida funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkaziladi.

Hokimliklarning bir qator funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanadi.

Davlat organlari va tashkilotlari jami 28 turdagi hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan esa ularning berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Prezident va Hukumat hujjatlari bilan tuzilgan idoralararo kollegial organlari tugatiladi.

TGEU (Narxoz) - glavnoe zdanie  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tadigan OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

11. Ayrim xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatli korxonalar xaridlarni amalga oshirishdan oldin davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida e’lon joylashtiradi.

12. Tajriba-sinov tariqasida 10 ta oliy ta’lim muassasalari o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

13. Aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘riladigan zararlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan qoplanadi.

Yangiliklar lentasi
0