Abdusalomov saylovlardagi kamchiliklar haqida gapirdi

© Mejdunarodniy press-sentrMirzo-Ulugbek Abdusalomov, predsedatel Sentralnoy izbiratelnoy komissii
Mirzo-Ulugbek Abdusalomov, predsedatel Sentralnoy izbiratelnoy komissii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov komissiyasi raisi matbuot anjumanida o‘tkazilgan saylovlar kamchiliklariga to‘xtalib o‘tdi.

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov matbuot anjumanida o‘tkazilgan saylovlar kamchiliklariga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Izbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
MSK saylovlardagi qonun buzilishi haqidagi barcha xabarlarni tekshirishga va’da bermoqda

Uning ma’lum qilishicha, Toshkent shahrida ovoz berishda saylovchilarning boshqa viloyatlardagi saylovchilar soniga nisbatan pastligi kuzatildi. Bu esa ko‘pchilik yirik shaharlar aholisiga xos tendensiyadir.

Ba’zi saylov uchastkalarida “oilaviy ovoz berish” holatlari aniqlangan. Saylov bulletenlariga saylovchilar tomonidan qo‘yilgan imzolarning o‘xshashligi, ovoz berish kuni elektr energiyasidagi uzilishlar sababli Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tizimidani foydalanishning imkoni cheklangani kabi kamchiliklar kuzatilgan.

Abdusalomov bo‘lib o‘tgan saylov kampaniyasini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar tizimli o‘rganib, uning xulosalari yuzasidan 2020-yilning ikkinchi choragida saylovda ishtirok etgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning kuzatuvchilari hamda ekspertlari ishtirokida xalqaro konferensiya o‘tkazish rejalashtirilganini qayd edi.

Generalniy prokuror Uzbekistana Nigmatulla Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuror saylovga oid prokuraturaga nechta murojaat kelib tushganini ma’lum qildi

Qayd etilishicha, unda  barcha kamchilik va muammolarni atroflicha tahlil qilinadi. Saylov qonunchiligi va amaliyotini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilab olinadi.

Eslatib o‘tamiz, 22-dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda chet el bilan birga hisoblaganda 13,9 mln nafar saylovchi ishtirok etdi va bu saylovchilar umumiy sonining 67,8 foizidan iboratdir. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zLiDePdan – 43 nafar, “Milliy tiklanish”dan – 35 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – 21 nafar, XDPdan – 18 nafar,  Ekologik partiyasidan – 11 nafar deputat saylandi. 

Yangiliklar lentasi
0