MSK saylovlardagi qonun buzilishi haqidagi barcha xabarlarni tekshirishga va’da bermoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane
Izbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ovoz berish 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, unda 13,3 milliondan ziyod kishi ovoz bergan.

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majliy Qonunchilik palatasiga saylovlar vaqtidagi ehtimoliy qonun buzilishlarini tekshiradi. Bu haqda MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Kak golosovali uzbekistansi v Moskve na parlamentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Olmazor, Yashnobod va Koson tumanlarida o‘tgan saylov bo‘yicha tekshiruv boshladi

“Ijtimoiy tarmoqlarda kimdir qo‘shimcha bulletenlarni tashlagani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Bir oilaning a’zosi barcha uchun “oilaviy ovoz berish” kabi holati bo‘ldi. Ha, bunday holatlar bo‘ldi, hozir biz har bir holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazamiz”, - dedi Abdusalomov MSK matbuot markazidagi anjumanda.

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovlarida chet el bilan birga hisoblaganda 13 963 627 nafar saylovchi ishtirok etdi va bu saylovchilar umumiy sonining 67,8 foizidan iboratdir.

Saylov yakunlari e’lon qilindi. Parlament saylovi o‘tkazilgan 150 ta saylov okrugidan 128 tasidan deputatlar saylangan. O‘zLiDepartiyasi Qonunchilik palatadagi ko‘pchilik o‘rinni (43 ta o‘rin) egalladi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 35 ta, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga 21 ta, Xalq demokratik partiyasi 18 ta, Ekologik partiyasi esa 11 ta o‘rinni egalladi.

Yangiliklar lentasi
0