O‘zbekiston Qirg‘izistonga meva va sabzavotlar eksportini to‘xtatmaydi

© Sputnik / Asatur YesayansGranat
Granat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi "Do‘stlik" chegara nazorati punktidan o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti davom ettirilayotgani va hech qanday yukning orqaga qaytarilish holatlari qayd etilmaganligini ma’lum qilmoqda

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. O‘zbekiston Qirg‘izistonga meva va sabzavotlarni eksport qilishda davom etadi, deb xabar qildi "O‘zdavkarantin" inspeksiyasi axborot xizmati.

Frukti i ovoshi na sentralnom kolxoznom rinke v Krasnodare - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston O‘zbekistondan meva olib kirishni cheklashi mumkin

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini olib kirilishiga ta’qiq qo‘yishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi. Bunga sabab sifatida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga olib kirilayotgan anor mahsulotida Sharq mevaxo‘ri – "Grapholita Molesta" hasharoti aniqlanganligi ta’kidlangan. Ayrim axborot manbalarida mazkur hasharot "virus" sifatida nomlanib, noto‘g‘ri ma’lumotlar keltirilgan.

Shu bilan birga, “Do‘stlik” chegara nazorat punktida joriy yilning 12-noyabr kuni O‘zbekistondan 35 tonna nok, behi, no‘xat va ziravor mahsulotlar fitosanitar sertifikatsiz va maxsus etiketkalarsiz yuklanganligi bois to‘xtatib qolinganligi ma’lum qilingan.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi "Do‘stlik" chegara nazorati punktidan o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinishi davom ettirilayotganligi va hech qanday yukning orqaga qaytarilish holatlari qayd etilmaganligini alohida ta’kidlagan.

Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po voprosam dalneyshego razvitiya plodoovoshevodstva i uvelicheniya eksporta otrasli, obespecheniya effektivnogo ispolzovaniya priusadebnix zemel naseleniya. - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: olingan meva nobud bo‘lib, tuproqqa qorilmoqda

Hozirgi kunda, O‘zbekiston va Qirg‘iziston karantin xizmatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlari 2019-yil 1-avgustda imzolangan "O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iziston Respublikasi hukumati o‘rtasida o‘simliklar karantini sohasida hamkorlik Bitimi" asosida amalga oshiriladi, deyilgan xabarda.

Xalqaro amaliyotga ko‘ra, mahsulotda zararli karantin organizmlar aniqlanganda, Xalqaro sanitariya va fitosanitariya choralari talablaridan kelib chiqib, import qiluvchi davlatning karantin xizmati fitosanitariya talablari buzilganligi yuzasidan mahsulotni eksport qilgan davlatga notifikatsiya (bildirishnoma) yuborishi lozim.

Biroq, shu kunga qadar hech bir holat yuzasidan Qirg‘iziston karantin xizmati tomonidan asoslantirilgan rasmiy notifikatsiyalar (bildirishnomalar) kelib tushmagan.

"Ta’kidlash joizki, joriy yilning 15-noyabr kuni "O‘zdavkarantin" inspeksiyasiga Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligidan O‘zbekistondan eksport qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 356 ta holatda fitosanitar sertifikatlarsiz olib kirishga urinish sodir etilganligi, bunday xatti-harakatlarning 10 foizida mahsulotlarda zararli organizmlar aniqlanganligi haqida xat kelib tushgan.

Mejdunrodnaya yarmarka ovoshey i fruktov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Prezident meva-sabzavot eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi

Xatda, shuningdek, bu kabi holatlarga qarshi birgalikda kurashilishiga va ikki davlat karantin xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlik yanada kuchaytirilishiga umid bildirilgan", - deyilgan xabarda.

O‘z navbatida "O‘zdavkarantin" inspeksiyasi mazkur masala yuzasidan javob xati yo‘llagan bo‘lib, unda Inspeksiya yuqoridagi kabi holatlarga qarshi hamkorlikda kurashishga tayyor ekanligi qayd etilgan hamda qirg‘iz tomonidan ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan asoslangan dalillar va ma’lumotlar tezkorlikda yuborilishi so‘ralgan.

Qirg‘iz tomonidan javob xatlari olinishi bilanoq, Inspeksiya bu haqda jamoatchilikni xabardor qiladi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0