MRBning sobiq tahlilchisi: Putin Bushni 11-sentabrdagi teraktlardan ogohlantirgan

© AFP 2023 / STAN HONDATerrakt 11-sentabrya 2001 v SShA
Terrakt 11-sentabrya 2001 v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining (SRU) sobiq tahlilchisi Jorj Bibining kitobi sotuvga chiqdi.

TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Vladimir Putin 2001-yilda AQSh Jorj Bushni AQSh hududida teraktlar tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan. Bu haqda  RIA Novosti AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Jorj Bibining kitobiga tayangan holda xabar qildi.

MRB - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy razvedka boshqarmasi 50-yillik maxfiy hujjatlarni oshkor qildi

Bibi “Rossiya tuzog‘i: Rossiya bilan xufiyona urushimiz qanday qilib yadro falokatiga aylanishi mumkin” deb nomlangan kitobida ta’kidlashicha,  Putin 11-sentabrdagi teraktlardan 2 kun ilgari amerikalik hamkasbiga qo‘ng‘iroq qilib, “rus razvedkasi Afg‘onistondan taralayotgan, “anchadan beri tayyorgarlik ko‘rilgan” terrorchilik kampaniyasi alomatlarini qayd qilganini ma’lum qilgan.

Sobiq tahlilchi Putin 11-sentabrdagi teraktlardan keyin AQShni qo‘llab-quvvatlash uchun Bushga qo‘ng‘iroq qilgan birinchi xorijiy yetakchi bo‘lganini eslatib o‘tgan. 

Nyu Yorkda egizak binolar o‘rnida qurilish - Sputnik O‘zbekiston
AQSh sudi 11-sentabr teraktlari uchun Erondan 10 mlrd $ talab qilmoqda

Bibining kitobi AQShda joriy haftada dunyo yuzini ko‘rdi. Uning muallifi MRBning Rossiya bilan shug‘ullangan tahliliy bo‘linmasiga rahbarlik qilgan, hozirda esa Vashingtondagi Milliy manfaatlar markazi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi.

Kreml saytining yangiliklar arxivida 2001-yil 10-sentabrda Putin va Bush o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgani haqidagi xabar mavjud. Ta’kidlanishicha, qo‘ng‘iroq AQSh tashabbusi bilan amalga oshirilgan, unda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitiga hamda ikki davlat o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralarga tayyorgarlik ishlari muhokama qilingan. Shu bilan birga, ikki prezident  harbiy-siyosiy, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi aloqalar jadallashib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgani ma’lum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0