Markaziy razvedka boshqarmasi 50-yillik maxfiy hujjatlarni oshkor qildi

© AFP 2023 / SAUL LOEBMRB
MRB - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur hujjatlarda MRBning "sovuq urush", Vyetnam va Koreyadagi harbiy mojarolar vaqtidagi faoliyati hamda NUJlar va maxfiy Stargate loyihasi haqida so‘z boradi

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. MRB o‘zining 13 million sahifadan iborat 50-yillik arxiv hujjatlarini e’lon qildi, deb xabar beradi RIA Novosti CNN telekanaliga asoslanib.

"Bu yerda hech narsa tanlab olinmagan. Bu ijobiy va salbiy ma’lumotlar mavjud batafsil tarix", — dedi MRB vakili Xezer Fris Xorniak.

Xususan, MRBning "sovuq urush", Vyetnam va Koreyadagi harbiy mojarolar vaqtidagi faoliyatiga oydinlik kirituvchi hujjatlar chop etilgan. Shuningdek, noma’lum uchar jismlar hamda insonlarning turli qobiliyatlari, jumladan, "bashoratchilik" va masofadan turib axborot yig‘ish imkoniyatini o‘rganuvchi maxfiy Stargate harbiy loyihasi haqida ham ma’lumotlar berilgan.

Ilgari ushbu hujjatlarni faqatgina Merilend shtatidagi milliy arxivning to‘rtta kompyuteri orqali ko‘rish imkoni mavjud bo‘lgan.

MRB maxfiy hujjatlarni 2017-yilning oxirida oshkor etishni rejalashtirgandi, biroq yangi texnologiyalar bois hujjatlarni taqdim etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari muddatidan avval yakunlandi, dedi boshqarma vakili.

"Mazkur hujjatlarni ko‘rish geografiyasi cheklanmagan", — dedi MRBning axborot boshqarmasi boshlig‘i Jozef Lambert.

Yangiliklar lentasi
0