Omar Nessar: Shox Ma’sudning o‘g‘li Shimoliy Alyansni qayta tashkil etishi mumkin

Obuna bo‘lish
Agar AQSh toliblar bilan bitim imzolasa, shimoliy provinsiyalar qo‘liga qurol oladi, deb hisoblaydi zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi direktori Omar Nessar

Vashington "Tolibon" bilan muzokaralarga tayyorlanayotgan bir vaqtda Afg‘onistonning shimoliy provinsiyalari jangarilar bilan murosa islomiylarning qo‘l kelishi va ularni yangidan-yangi qon to‘kilishlarga olib kelishi mumkinligi haqida gapirmoqda.

Gossekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Pompeo “Tolibon” bilan tinchlik shartnomasini imzolashdan bosh tortdi

Bugungi kunda Pandjsherda afsonaviy qo‘mondon mojaxed Shoh Ma’sudning o‘g‘li rahbarligi ostida katta kengash chaqirilib, uning ishtirokchilari - AQSh "Tolibon" bilan bitimga boradigan bo‘lsa, shimol qanday yo‘l tutmog‘i lozimligini hal etishmoqda.

Zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi direktori Omar Nessar Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida shimol qo‘mondonlari qurolni qo‘lga olishga jazm etishlari ehtimoli haqida fikr bildirdi.

"Afg‘oniston shimolidagi vaziyatni uzoq istiqbolga prognoz qilish juda murakkab ish. Chunki AQSh va Toliblar o‘rtasidagi kelishuv tafsilotlari noma’lum. Lekin toliblar o‘z qoidalarini tana qilaversa, u holda bu shimol uchun birlashishga asos bo‘la oladi. Ish ular qo‘lga qurol olishlarigacha borib taqalishi mumkin. Shoh Ma’sudning o‘g‘li yosh bo‘lgani bilan, u katta obro‘ga ega, xalq unga ishonadi. Va u "Shimoliy Alyansni" qayta tarkib toptirishi ehtimolga ancha yaqin", - deb ta’kidlaydi Omar Nessar.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda “Tolibon” harakati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

1996 yilda shakllangan shimoliy Afg‘onistonning qator dala komandirlari uyushmasi Shimoliy Alyans deb atalgan. Unga etnik tojik, mojaxedlarning Panjsherlik sher laqabli eng mashhur yetakchilaridan biri rahbarlik qilgan.

Ehtimolga yaqinki, u mamlakatni birlashtirgan va unga rahbarlik qilgan bo‘lardi ham, ammo u 2001-yilda, 11-sentabr voqealaridan bir kun oldin shoxid-terrorchi tomonidan portlatib yuborilgan.

Ma’sudni, taxminlarga ko‘ra, "Al-Qoida" a’zolari yo‘q qilgan, ular xuddi bugun toliblar singari mamlakat tepasida pushtun bo‘lmagan shaxsni ko‘rishni istashmas edi.

Shimoliy provinsiyalar va "Tolibon" yuzidagi islomchilar qarama-qarshiligi zamonaviy Afg‘onistonda eng asosiy siyosiy mojarolardan biri hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0